Samarqand davlat universiteti


-MAVZU: BOLANING IJTIMOIY VA SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIDA DIOLOGIK VA MONOLOGIK NUTQNING AHAMIYATI



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə23/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

3-MAVZU: BOLANING IJTIMOIY VA SHAXS SIFATIDA SHAKLLANISHIDA DIOLOGIK VA MONOLOGIK NUTQNING AHAMIYATI.

Dialog – ikki yoki bir necha kishining o’zaro suhbati. Suhbat maqsadi odatda biron narsa haqida so’rash va javob olish, biron-bir harakatga undashdan iborat.


Monolog – bir shaxsning ravon nutqi. Monologning maqsadi – biron-bir fakt haqida xabar berishdir.
Dialog o’z uslubiga ko’ra asosan, og’zaki nutq, monolog esa odatda, kitobiy uslubdagi nutq hisoblanadi.
Dialogik ravon nutqda ko’pincha noto’liq gaplardan foydalaniladi, tushirib qoldirilgan ran a’zolarini so’zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib tushunib oladi va og’zaki uslubdagi, standart tuzilishdagi (qolip) to’liq gaplardan ko’proq foydalaniladi: «u kelmay qo’ya olmaydi», ya’ni u albatta keladi.
Bunday tuzilishdagi gaplar monologik nutqda qo’llanilmaydi. Bolalar dialogik nutqni har kuni maishiy hayotda uchratishlari sababli uni ancha oson o’zlashtirib oladilar.


Bolalarga dialogik nutqni o’rgatish

Dialog – suhbat bolaning kattalar va o’z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.


Maktabgacha ta’lim muassasasida o’qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg’ulotlarda.
Dialog ko’proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo’ladi va u bolalar lug’atini boyitish, talaffuzga oid, grammatik ko’nikmalarni tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko’nikmalariga ega bo’lish bazasi hisoblanadi.
Dialog maxsus mashg’ulotlarda o’qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg’ulot); maktabgacha ta’lim muassasasida kun mobaynida bola pedagog va boshqa bolalar bilan erkin muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim.
Dialogik nutqni (yoki og’zaki nutqni) o’rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o’rtasida hamda bolalarning o’zlari o’rtasida fikr almashish shaklida ro’y beradi.
Agarda maktabda suhbat bilimlarni yetkazish vositasi sifatida o’rganilsa, suhbat jarayonida bolalar nutqini boyitishda qo’shimcha ijobiy hodisa ko’rinishida qabul qilinadi, maktabgacha ta’lim muassasasida ham suhbat aynan nutqni rivojlantirish uchun o’tkaziladi. Biroq nutq albatta borliq xodisasini aks ettirishi, kodlashtirishi bois maktabgacha ta’lim muassasasidagi suhbat xuddi maktabdagi kabi bilim beradi. Nutqiy muloqotga bo’lgan zarurat tufayli to’satdan yuzaga keladigan suhbatda tarbiyachi o’zining til sezgisiga ishongani holda o’z nutqining grammatik shaklini va uning jaranglashi (fonologiyasi)ni tayyorlamaydi, ammo u har bir suhbatning mavzusiga tayyorgarlik ko’rishi shart.
Tayyorlangan suhbat deb nomlanishining sababi shuki, bunda tarbiyachi mashg’ulotdan oldin (mashg’ulotdan bir necha kun oldin) bolalarni shunday vaziyatda qoldiradiki, bunda ularning diqqat-e’tibori bo’lajak suhbat mavzusi bo’ladigan atrof-olamdagi hodisalarga jalb qilinadi, chunki faktlarga oid materiallar bolalarga bungacha tanish bo’lishi lozim.
Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning yoshiga bog’liq bo’ladi. Har bir suhbatda nutqiy muloqotga bo’lgan zarurat tufayli to’satdan yuzaga keladigan suhbatda tarbiyachi o’zining til sezgisiga ishongani holda o’z nutqining grammatik shaklini va uning jaranglashi (fonologiyasi)ni tayyorlamaydi, ammo u har bir suhbatning mavzusiga tayyorgarlik ko’rishi shart.
Tayyorlangan suhbat deb nomlanishining sababi shuki, bunda tarbiyachi mashg’ulotdan oldin (mashg’ulotdan bir necha kun oldin) bolalarni shunday vaziyatda qoldiradiki, bunda ularning diqqat-e’tibori bo’lajak suhbat mavzusi bo’ladigan atrof-olamdagi hodisalarga jalb qilinadi, chunki faktlarga oid materiallar bolalarga bungacha tanish bo’lishi lozim.
Boshqa shaxslar nomidan qayta hikoya qilib berish uchun dialogik nutqni o’z ichiga olgan asarlardan foydalangan ma’qul. Ularni qayta hikoya qilib berish bolalarning og’zaki nutqini, xususan, murojaat, sanash, xayratlanish, hayron bo’lish intonasiyalarini takomillashtirish imkonini beradi; nutq, emosional jihatdan yanada boyiydi, u personajlarning ahvolidan kelib chiqqan holda goh xursand, goh qayg’uli va goh iltijonamo jaranglaydi.
Bolalarga og’zaki dialogik nutqni o’rgatish jarayonida teatrlashtirilgan tomosha, qo’g’irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolalar ham ijrochi, ham tomashabin sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir.
Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individualaro, ichki individual va umuminsoniy.
Dastlabki yetti yilda bolada kattalar bilan muloqotga ehtiyoj rivojlanishining 4 ta bosqichi ro‘y beradi.
1-bosqich – vaziyatli-shaxsli muloqot;
2-bosqich – vaziyatli amaliy muloqot;
3-bosqich – vaziyatsiz bilish muloqoti;
4-bosqich – vaziyatsiz-shaxs muloqoti.
Maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b)maxsus mashg‘ulotlarda.
Dialog ko‘proq erkin nutqiy mulkotda paydo bo‘ladi va maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi. Suhbat ta’lim metodikasi sifatida – bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan maqsadga yo‘naltirilgan, muayyan mavzuda oldindan tayyorlangan so‘zlashuvidir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida takrorlovchi, umumlashtiruvchi va nazorat-tekshiruv suhbatlaridan foydalaniladi. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
• tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
• teatrlashtirish usullari (imitatsiya).
Bolalarga monologik nutqni muntazam o‘rgatish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Monologik nutqni qiyinligi shundaki, u diqqat-e’tiborni o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan voqea yoki badiiy asarga qaratgan boladan bir vaqtning o‘zida nafaqat narsalar, hodisalarni payqash, balki ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham sezishni talab qiladi. Turli yosh bosqichlarida bolalarni monologik nutqga o‘rgatishning mazmuni va vazifalarini o‘zlashtirish darkor. Bolalarni monologik nutqga o‘rgatish davomida ularni qayta hikoya qilishga o‘rgatish metodikasi ham shakllanib boradi. Bu jarayonda bola hikoya qilib berishga o‘rgatiladi. Hikoyalarning turlari va uni o‘qitishning izchilligi ham kuzatilib boriladi. Bolalar hikoya to‘qishni o‘rganadilar. Turli yosh bosqichlarida monologik nutqga o‘rgatishning bir qancha vazifalari va uni o‘ziga xos mazmuni ham mavjud. Mashg‘ulot davomida yuqoridagilarning barchasi o‘rganib boriladi. O‘tkaziladigan mashg‘ulotlar nomlari va rejalari: masalan, hikoya qilishda tarbiyachi bolalarga mavzu va reja beradi.
Mavzu: «Qizcha mushukchani qanday topdi?»
1. Qizcha mushukchani qayerdan topdi?
2. Mushukcha qanday edi?
3. Qizcha u bilan nima qildi?



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə