Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə21/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Xulosalar:

  1. Til hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi.

  1. Ilmiy bayon qilish tili muayyan fan darajasida mezonlaridan biridir.

  1. Til fikrlash bilan bog’liq va uning quroli hisoblanadi.

  1. Til aqliy faoliyatni rejalashtirish imkonini yaratadi. Bu jarayonda tilning muhim vazifasi insonning xulq-atvorini boshqarish vazifasi paydo bo’ladi.



Nazorat savollari:
1. Tilni tabiiy fanlar taraqqiyotiga ta’sirini aniqlang.
2. «Til» va «nutq» tushunchalari o’rtasidagi farqni aytib bering.
3. Nutq o’stirish fanini o’rganishdan maqsad nima?
4. «Til va nutq o’stirish metodikasi» fanining fan sifatida shakllanishiga kimlar nazariy asos yaratganlar?


2-MAVZU: NUTQNING TOVUSH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH ORQALI BOLALARNING BOG‘LANISHLI NUTQINI O‘STIRISH
Reja:
1. Kichik yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari.
3. Katta yoshdagi bolalarda nutqiy muloqotni rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: psixolingvistik adabiyotlar, yarim tillilik, ijtimoiy kutish, kommunikativ yo‘naltirilganlik, ijtimoiy vaziyat, emotsional kechinmalar, ermak o‘yinlar, diksiya, emotsional ekspressiya, empatiya
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhim o‘rin eallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko‘pincha s-z, p-f, t-d, p-b, u-o‘, x-h, q-g‘ tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jarayonida ketappan - ketayapman, Hojaxon – Shohjahon, Yustam – Rustam, qalg‘a - qarg‘a kabi talaffuz etishda yo‘l qo‘yadigan xatoliklarning oldini olish, ya’ni to‘g‘ri talaffuz etishga yo‘llash,
ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba’zi bolalar o‘zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko‘tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e’tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me’yorda so‘zlab, muomala qilishga o‘rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muhrlanib qoladi.
Samimiy muomala me’yori, xatto muomalada ko‘z qarashlari, boshqalar oldida o‘zini tuta bilish – muomala madaniyatining oddiy talablaridir.
Yosh avlodning barkamol, yetuk, salohiyatli insonlar bo‘lib kamolga yetishi uchun ona tilining barcha boyliklaridan, uning imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim muassasasining eng muhim vazifalaridan biri milliy adabiy til asosida bolalarning bog‘lanishli nutqini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir.
Kuzatishlardan ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi tafakkurni rivojlantirish bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, javob qaytarish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, bolalarning to‘g‘ri muomalaga kirishtirish, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishishi muhim talab hisoblanadi.
Birinchi talab, dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi zarur. Bu uning boshqalar bilan muomalaga kirishishida yordam beradi. Bunda tarbiyachi asosiy diqqat - e’tiborini tabiiy holatda bolalarning lug‘at boyligini oshirib borishga qaratadi. Bolalarning so‘z boyligini oshirishda esa ularning kundalik faoliyatida tevarak-atrof bilan tanishib borishi muhim omil bo‘lib hisoblanadi.
Ikkinchi muhim talab, bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga e’tibor berish. Bunda bolalarni yo‘naltiruvchi savollar, mashqlar vositasida nutqdagi so‘zlarni to‘g‘ri ishlatish, gapni to‘g‘ri tuzishga o‘rgatish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Uchinchi muhim talab, bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir. Zero, bolalarni tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatish metodika ilmidagi murakkab masalalardan hisoblanadi.
To‘rtinchi muhim talab, dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirishdir.
Beshinchi talab, hikoya qilib berishga (monologik nutq) o‘rgatishdir. Bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda monologik nutq katta yordam berishi amaliyotda o‘z isbotini topgan. Tafakkurning rivojlanlanligi lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi, o‘z fikrini erkin va ravon bayon eta olish ko‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq.
Oltinchi talab, bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo‘lib, bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining eng yorqin namunalari kichkintoylarni yangi bir olamga olib kirishga xizmat qiladi. Adabiy asarlar bilan tanishtirish bolalarda faqat bog‘lanishli nutqni rivojlantiribgina qolmay, ularda badiiy adabiyotga mehr - muhabbat tuyg‘ularini ham paydo qiladi.
Yettinchi talab, bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlashdir.
Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi hisobga olinadi. To‘g‘ri, katta guruhda bolalar nutqi bir muncha shakllanib qoladi. Zero, bog‘cha yoshidagi katta bolalar faoliyatining mazmunan va shaklan xilma-xilligi ular nutqining takomillashib borishiga ham yordam beradi.
Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi: tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi. Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik jihatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va zarur hisoblanadi.
Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish, his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi.
Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqea-hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin.
Bog‘lanishli nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona-Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda, birinchi navbatda, bolalar so‘z boyligini kengaytirishda Respublikamiz tabiati,
kasb-hunarga oid, qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan mashinalar, narsalarning o‘ziga xos belgilari va ranglari, mehnatga munosabatni ifodalovchi tushunchalar, nom va so‘zlar bilan boyitish zarur. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganish: ona tilidagi antonim, sinonim, omonim so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga doir tushunchalar, so‘zlar bilan boyitishga erishish lozim. Bolalarni narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytishga, ularning o‘xshash va farqli tomonlarini tushunish, shakli, rangi, sifati, xossalarini, jinsi va turiga oid yo‘naltiruvchi lug‘atini faollashtirish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, nutq madaniyatini shakllantirish, dialogik va monologik nutqini takomillashtirish va nihoyat savod o‘rgatishga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə