Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə18/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.
ON nazoratlardan saralash balidan kam baho to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o‘quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.


Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni
Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshiriladi. Yozma ishi uchun 5 baho oralig‘ida baholanadi. Talaba maksimal 5 baho to‘plashi mumkin.
Yozma ishi bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish bahoari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi.Yakuniy nazorati varianti beshta savoldan iborat bo‘lib, har bir savol max. baho.- 1 bahodan baholanadi


Dasturning informatsion-uslubiy ta'minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta'limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
- fan bo‘yicha ma'ruza darslari zamonaviy pedagogik texnologiyaning "Muammoli ma'ruza", "Klaster", "Aqliy hujum" singari metodlari, multimediyali elektron darslik namoyishlarini;
- psixologiya metodlari, psixik jarayonlar, shaxsning individual xususiyatlari, shaxs taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya mavzularida o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlarida guruhli fikrlash, kichik guruhlar musobaqalari pedagogik texnologiyalarini;
- shaxs, faoliyat, muloqot, yosh va pedagogik psixologiya metodlari, mavzularida o‘tkaziladgan seminar mashg‘ulotlarida "Charxpalak", "Bumerang", "Sinkveyn", "zinama " kabi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash nazarda tutiladi.



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə