Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə26/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Matn bilan ishlash mashg‘ulotlari. Maktabgacha adabiy ta’lim amaliyotida tarbiyachining matnga tayangan holda munosabat bildirishga yo‘naltiruvchi savollariga javobni bolalar asar matni mazmuniga xayolan qayta-qayta murojaat qilgan holda topadilar. Javoblar tahlil qilinib, baholanadi. Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi mavzuni qisqacha umumlashtirib, yakunlaydi. Bu ish turi bolalarni badiiy matn mazmuni ustida ishlab, mustaqil bilim olishga o‘rgatadi.

  • Mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi mashg‘ulotlar. Bu kabi amaliy mashg‘ulotlarda bolalarga yangi materialning ayrim qismlari beriladi. Berilgan voqea, hodisaning kelib chiqish sabablarini izlab topish bolalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday mashg‘ulotlar tarbiyalanuvchilarni mustaqil tafakkur qilishga o‘rgatadi, tarbiyachi material tanlashda uni qiziqarli va bolalarning hissiy-intellektual ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan bo‘lishini ta’minlaydi. Savol va topshiriqlari bilan bolalarni bunga yo‘naltiradi.

  • Sinov mashg‘ulotlari. Maktabgacha adabiy ta’lim amaliyotida tashkil etiladigan bu tipdagi saboqlar ikki turli bo‘ladi. Sinov mashg‘ulotlarining birinchi shaklida tarbiyachi yirik mavzular bo‘yicha o‘quv materiali mazmunini umumiy tarzda qamrab oluvchi savollar beradi. Mashg‘ulot davomida shu savollariga javob oladi. Mashg‘ulotning bu turi hamma tarbiyalanuvchilarni barcha savollarga javob topish uchun izlanishga chorlaydi. YAxshi o‘zlashtiradigan bola bilan qo‘shimcha ishlash va past o‘zlashtirganlarga yordam berish uchun sharoit yaratiladi. Sinov mashg‘ulotlarining ikkinchi turi katta mavzu (rukn)lar yakunidan so‘ng o‘tilgan materiallar mazmunidan kelib chiqqan holda jamlovchi savol-topshiriqlar berish, birgalikda suratlar chizish singari umumlashtiruvchi ishlarni uyushtirish bilan farqlanadi. Sinov mashg‘ulotlari bolalarning o‘tilgan materialni imkon qadar to‘liq o‘zlashtirishiga qaratiladi.

  • Muloqot mashg‘ulotlari. Maktabgacha adabiy ta’limdagi muloqot mashg‘ulotlarida guruhdagi tarbiyalanuvchilarni ikkiga bo‘lib, yumaloq stol atrofida davra suhbati tashkil etiladi. Muloqot mashg‘ulotlarida oldindan hech qanday vazifa berilmaydi. Mashg‘ulot jarayonida tarbiyachi har ikkala guruh a’zolariga turli shakllarda vazifalar beradi va javoblarga qarab bilimlar baholanadi. Bunday mashg‘ulotlar bolalarni tashabbuskorlik, ijodkorlikka yo‘naltiradi.

  • Muammoli mashg‘ulotlar. Mashg‘ulotlar jarayonida bolalar oldida ularning intellektual imkoniyatlari darajasidagi muammoli vaziyatlar vujudga keltiriladi. Tarbiyalanuvchilar muammoning echimini yakka holda yoki guruh bo‘lib topishga harakat qiladilar. Mashg‘ulot davomida bir necha muammoli savol va topshiriqlar o‘rtaga tashlanadi hamda javoblar asosida bog‘cha opa umumiy xulosani chiqaradi. Muammoli vaziyat bolalarda aqliy izlanish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

  • Ko‘rgazma mashg‘ulotlari. Maktabgacha adabiy ta’limdagi ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda bolalar ilgaridan berilgan vazifalar bo‘yicha o‘rganilgan badiiy asarlarga chizilgan rasmlar albomi, o‘z qo‘llari bilan yasagan maketlari singari materiallaridan ko‘rgazmalar tayyorlaydilar. Ko‘rgazma materiallaridan foydalangan holda o‘tilgan mavzu mazmuni yoritiladi. Ko‘rgazma mashg‘ulotlari tarbiyalanuvchilarda o‘z mehnatini namoyish qilish, hikoya qila bilish, qarashlarini himoya qila olish va emotsional holatlarini boshqarish ko‘nikmasini shakllantiradi.

  • Multimedia mashg‘ulotlari. Adabiy ta’limning ilk bosqichida tashkil etiladigan bunday saboqlarni tarbiyachi, asosan, kompyuter yordamida har xil multfilmlar, tasviriy san’at namunalarini tomosha qilish asnosida amalga oshiradi. Hamkorlar ko‘rgan filmlari, tomosha qilgan suratlari syujeti asosida suhbatlashadilar, o‘tilgan mavzulardagi etakchi g‘oyalar haqida mulohaza yuritadilar. Multimedia mashg‘ulotlarida bolalarni ikki guruhga taqsimlab bitta mantiqiy mulohaza talab qiladigan o‘yinlarni kompyuter yordamida musobaqa shaklida o‘ynashini ham tashkil etish mumkin. Bunday musobaqalar amaldagi talablar asosida o‘tkiziladi. Lekin ularning natijasi juda yuqori bo‘lishi tabiiy.

    Bundan tashqari, multimedia shaklida o‘rganilgan o‘quv materiallarini ota-onalari, aka-opalari yordamida internet orqali topishlari, bunday faoliyat turlarini uyda davom ettirishlari ham ularning xohish-istaklari va qiziqishlari bilan monand keladi. YOki tarbiyachi bilan hamkorlikda kompyuterda ma’lum mavzu va timsollarning xarakteristikasi, asar qahramonlarining umumiy va farqli jihatlari bo‘yicha jadvallar chizishlari, sayohatnomalarning xaritalarini tuzishlari, ruknlar modullarini yaratishlari ham mumkin va hk. Bunday mashg‘ulotlar bolalarda AKTlardan to‘g‘ri, oqilona va maqsadga muvofiq tarzda foydalanish ko‘nikmasini shakllantiradi hamda rivojlantiradi. Ta’lim jarayonini multimediali tarzda tashkil etish tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari bilan hamohang bo‘lib, kutilganidan ko‘ra ko‘proq samara beradi, bolalar ham topshiriqlarni sidqidildan, zavq bilan bajaradilar.

    1. Sayohat mashg‘ulotlari. O‘lkashunoslik maqsadida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar sayohat mashg‘ulotlari sanaladi. Bunday mashg‘ulotlar mahalliy shoir yoki yozuvchilarning uy muzeylariga, adabiyot va tarix bilan bog‘liq tarixiy joylarga, muzeylarga, tabiat qo‘yniga sayohat asosida tashkil etiladi. Sayohatdan so‘ng taassurotlar asosida suhbatlar tashkil etiladi. Sayohat mashg‘ulotlari yilning to‘rt faslida tabiatni kuzatish asnosida ham tashkil etiladi. Sayohatdan so‘ng bolalar peyzaj tasvirining og‘zaki ifodasi bilan shug‘ullanadilar. Sayohatlari asosida kichik hikoyalar yaratadilar.

    2. Musobaqa mashg‘ulotlari. Maktabgacha adabiy ta’lim amaliyotida tashkil etiladigan musobaqa mashg‘ulotlari bolalar uchun eng qiziqarli va samarali faoliyat turi hisoblanadi. Bunday mashg‘ulotlarda har bir alohida shaxslar yoki tarbiyalanuvchilar guruhlari bir-biri bilan bellashadilar. Ma’lumki, har qanday bola bellashishni, bellashuvda g‘olib bo‘lib g‘alaba nashidasini tuyishni istaydi. Mazkur musobaqa mashg‘ulotlari bolalarni topqirlikka, tez fikrlashga yo‘naltiradi, musobaqa jarayonida ular o‘zlarini ixtiyoriy ravishda ham aqlan, ham ruhan zo‘riqtiradilar. Bu bolalarning ma’naviy kamolotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Musobaqa so‘ngida mag‘lub bo‘lingan taqdirda ham mag‘lubiyat alami o‘zining qilishi kerak bo‘lgan ishini bajaradi. Bolani hayotga tayyorlaydi.

    3. Nazm mashg‘ulotlari. Adabiy ta’limning dastlabki bosqichida she’riy asarlar ustida ishlashga qaratilgan bunday mashg‘ulotlar bolalarda nazmiy asarlarni tushunish, ularni ifodali yodlay bilish ko‘nikmalarini shakllantirish, badiiy so‘zga, she’riyatga muhabbat uyg‘otish maqsadida tashkil etiladi. Nazm mashg‘ulotlarida ham tarbiyalanuvchilar she’riy asarlar tahlili ustida u yoki bu darajada ish olib boradilar. SHe’riyatning sir-sinoatlari bilan tanishadilar. Badiiy so‘zga moyilligi bor bolalar, bunday holat juda kam bo‘lsada, uchrab turadi, o‘zlarining ish namunalaridan aytib berishlari ham mumkin.

    Muhimi shundaki, ushbu mashg‘ulot shakllarining barchasi zamirida matnlarning didaktik tahlili yotadi. Maktabgacha adabiy ta’limni samarali tashkil etishda o‘qitishning bu shakllaridan aralash holda foydalanish mashg‘ulotlarning turfaligini va tarbiyalanuvchilarning zerikmasligini, bilimlarni qiziqib o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi.

    Yüklə 480,47 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə