Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə24/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Savol va topshiriqlar:
1. Nutq inson faoliyatida qanday vazifalarni bajaradi? Ularni har birini tavsiflang.
2. Kommunikativ tusdagi omillar deganda nimani tushunish lozim?
3. Bolalarga dialogik nutqni o‘qtishning asosiy metodini tavsiflab bering.
4. Suhbatdan qaysi tarkibiy komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin?
5. So‘zlashning hikoya qilishdan farqi nima?
6. Qaysi mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarni so‘zlashuv tiliga o‘rgatadi?
7. Suhbatga tayyorlanish va uni o‘tkazish uchun nimalar qilish kerak?
8. Monologning bola uchun qiyinligining sababi nimada?
9. Monologik matnni qayta hikoya qilishda yordam beradigan savollar toifalarini tavsiflang.


4-mavzu: TURLI YOSH GURUHDA SUHBAT UCHUN MAVZU TANLASH VA UNGA QO`YILGAN TALABLAR
Reja:

  1. Maktabgacha ta’lim amaliyotida suhbat tuzish usullari.

  2. Tarbiyalanuvchilarni mustaqil faoliyatga yo‘naltiruvchi usullar.

  3. Savollar tuzish, savol bilan bolalarga murojaat qilish usuli.

  4. Maktabgacha ta’lim amaliyotida mashg‘ulot shakllari.

  5. Badiiy matnning didaktik tahlili namunasi.



Tayanch so‘zlar: mantiqiy metodlar, o‘zlashtiriladigan axborotni mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish, taqqoslash, materialni saralash, tayanch so‘z va tushunchalarni topish, asosiy fikrni aniqlash, o‘quv materialini guruhlarga ajratish, asosiy fikr haqida xulosa berish.

Ta’lim amaliyotida usul, ko‘pincha, metod bilan almashtirib yuboriladi. Usullar farqlanib-farqlanmay metod deb ketilaveriladi. Aslida usullar metodlarni yuzaga keltiruvchi, uni tashkil qiluvchi unsurlardir. Masalan, ta’limning muammoli metodi: muammoli savol-topshiriq tuzish, muammoli vaziyat yaratish, o‘quv farazlarini shakllantirish, muammoning echimini topish, fikrlarni isbotlash, xulosa chiqarish, xulosalarni umumlashtirish singari usullarni qamrab oladi. Tarbiyalanuvchilarni mustaqil faoliyatga yo‘naltiruvchi muammoli, suhbat, evristik, tadqiqot, taqqoslash, induktiv, deduktiv singari ta’limning mantiqiy metodlarida ham o‘rganilayotgan o‘quv materialidan muhimni ajratish, o‘rganilayotgan hodisaning umumiy yoki xususiy jihatlarini topib tasnif qilish, tizimga solish, aniqliklar kiritish, didaktik tahlilga tortish, isbotlash, singari bir qator umumiy usullardan foydalaniladi. Mantiqiy metodlar qo‘llanilganda o‘zlashtiriladigan axborotni mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish, ularni taqqoslash, materialni saralash, tayanch so‘z va tushunchalarni topish, asosiy fikrni aniqlash, o‘quv materialini guruhlarga ajratish, asosiy fikr haqida xulosa berish singari ishlar ham usullar hisoblanadi. Faoliyat usullarni, usullar metodlarni, metodlar esa texnologiyalarni tashkil etadi.


Maktabgacha ta’lim tizimi nutq o‘stirish va badiiy adabiyot bilan tanishish mashg‘ulotlarida yuqoridagi metod va usullardan xoslarini tanlab amalda foydalani mumkin. Bu bosqichda badiiy matnning didaktik tahlilini ongli ravishda amalga oshirish, timsollardagi muhim jihatlarni ajratishda matnni qismlarga bo‘lish yoki undagi muhim tizimli belgilarni topish, sintez aloqalarni anglash va tushuntirib berish ishlari ham samarali usullardan hisoblanadi. Masalan: “Aniqlik kiritish” usuliga umumnazariy fikrdan xususiysiga o‘tish, uni qo‘llash yoki mavhumlikdan aniqlikka, ko‘pshakllilikka o‘tish ishlari kiradi. “Isbotlash” usuliga esa tezislarni aniqlab olish, isbotlashning yo‘llarini belgilash, zarur dalillarni to‘plash, xulosalarni bir tizimga solish, sababiy aloqalarni aniqlash ishlari kiradi. Mashg‘ulot jarayonida ta’lim usullari qo‘llanilganda bolalar tomonidan bajariladigan ishlarning ma’lum qismi takrorlanadi. Bu hol, o‘z navbatida, bilimlarning mustahkam o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Bo‘lajak tarbiyachilar bu nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini mustahkam egallab olishlari taqozo etiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi so‘z bilan ishlash mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil faoliyatga yo‘naltirishda yuqorida sanalgan mantiqiy metodlarning barchasidan samarali foydalanish mumkin. Ularda u yoki bu darajada ishtirok etuvchi usullar mazmunini belgilovchi didaktik ashyo savollar hisoblanadi.
Ta’limning har qanday bosqichida o‘quv materiallari o‘zlashtirilishini ta’minlovchi matndan tashqari materiallardan biri uning mazmun-mohiyatini ochishga qaratilgan savol va topshiriqlar tizimidir. Professor A. Zunnunov bu didaktik ashyolarni uch guruhga bo‘ladi:

  • bilimlarni mustahkamlash vazifasini bajaruvchi;

  • mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini egallashga imkoniyat beruvchi;

  • o‘zlashtirilgan bilimlarni amalda qo‘llash imkonini beruvchi1.

Bunga qo‘shimcha qilib maktabgacha ta’lim muassasalari mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishda va “Ilk qadam” dasturidagi kommunikativ kompetensiya talablarini amalga oshirishda qo‘l keladigan:

  • o‘rganilajak asar mazmunining mohiyatini ochishga;

  • uning badiiy jozibasi, qimmati, ta’sirchanlik jihatlarini topishga;

  • matnda aks etgan milliy ruhni ilg‘ashga;

  • mustaqil va mantiqli fikrlashga hamda mustaqil faoliyatga;

  • shaxsiy munosabat bildirishga yo‘naltiruvchi mazmundagi savol va topshiriqlar tizimini ham kiritish maqsadga muvofqdir.

Savollar tuzish, savol bilan tarbiyalanuvchilarga murojaat qilish usullari bolalarni mustaqil faoliyatga yo‘naltiruvchi evristik, taqqoslash-qiyoslash, tadqiqot, induktiv, deduktiv metodlarning asosini tashkil etadi. Murabbiy-pedagogning o‘rtaga tashlagan har qanday savoli, u ritorik bo‘ladimi yoki bolalardan bevosita javob talab qiladimi yoxud biror muammoning echimiga yo‘naltiriladimi, tarbiyalanuvchi aqliy faolligini oshirishga xizmat qilishi lozim. Savollar ritorik tarzda qo‘llanilganda ular ko‘magida o‘rganilayotgan ob’ektning muhim jihatlariga urg‘u berish, bolalarning diqqatini shunga qaratish nazarda tutiladi. Ritorik savollar bolalarni mana shu muhimni yaxshiroq ko‘rishga va xayolan avval o‘rganilganlari bilan yangi o‘zlashtirilayotgan bilimlar orasidagi aloqani tiklashga yo‘naltiradi va shu tarzda keyingi ma’lumotlarni diqqat bilan chuqurroq egallashga e’tibor qaratiladi.
Mashg‘uloltlar davomida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilar ishtirokini talab qiladigan savollar o‘rtaga tashlanmasa, ularning mavzuga ijodiy yondashishlariga erishib bo‘lmaydi. Tarbiyachi tomonidan qo‘yilgan ritorik savollar bolalarning aqlini zo‘riqtirib, e’tiborini kuchaytira borib, ularni nisbatan kuchliroq aqliy faoliyat – mustaqil fikrlash asosida umumlashmalar qilishga, xulosalar chiqarishga tayyorlaydi. Javob talab qilinadigan savollar esa bolada zaruriy faktlarni aniqlab, isbotlab berish bilan birga o‘z mulohazalarini mustaqil ravishda bayon etish ko‘nikmasini ham tarbiyalab boradi.
Tarbiyalanuvchilar ularning oldiga mustaqil ravishda mulohaza yuritish va baholash talab qilinadigan savollar qo‘yilganda faollashadilar. Masalaning bunday echimiga izchil va uncha murakkab bo‘lmagan muhokamalar bilan erishiladi. Demak, asosiy masala muhokamasida bolalarga ma’lum talablar qo‘yadigan har qanday qo‘shimcha savollar ham ularning aqliy faoliyatini tezlashtiradi. Diqqatini ma’lum nuqtaga yo‘naltiradi. Tarbiyalanuvchilarni u yoki bu dalilni to‘ldirishga yoki tuzatishga undaydigan savollar, albatta, ularning mustaqil fikrlashi va mustaqil faoliyatini ta’minlamaydi. Bu masala bola o‘zlashtirayotgan yangi bilimlarning o‘ziga xos jihatlarini ochishga yo‘naltirilgan, aqliy zo‘riqishlar talab qilinadigan qo‘shimcha savollar berish orqali hal etiladi.
Maktabgacha yoshidagi bolalar, odatda, biror hodisani xotirlashga qaratilgan savollarga engil va erkin javob beradilar, chunki bu xotiraning hisobidan bajariladi. Bolalarda esa xotira juda kuchli. Ularning oldiga nisbatan murakkab, mustaqil munosabat talab qilinadigan savollar qo‘yilganda esa ma’lum qiyinchilikni his qilishadi. Bu qiyinchilik masalani hal etishning dastlabki bosqichida kuzatiladi. Keyinchalik, tarbiyachining ko‘magida bunday vaziyatlarni o‘zlaricha hal etadigan bo‘lishadi. Demak, murakkab topshiriqlarni qo‘yish bolani aqliy va ruhiy muvozanatdan chiqaradi. Tafakkur va xotirani faol ishlashga undaydi. Murakkab mantiqli savollardan ular bilan bolani murakkab vaziyatga solib qo‘yishda, u yoki bu yangilikni kashf etish yoxud topish nazarda tutilganda foydalaniladi. Tarbiyachining savoliga mustaqil ravishda javob izlab topish jarayonida bolalar ma’lum murakkabliklarni boshdan kechirishadi, bir qadar qiynalishadi.
Savollar ko‘magida murakkab vaziyatlarni tashkil etish bilan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarining bilimi, fikriy faolligini oshiradi, hodisaning chuqur o‘zlashtirilishiga ko‘maklashadi, ularning tajribasini boyitadi, murakkab masalalar echimiga mustaqil ravishda erishishlariga yordamlashadi. Bunday favqulodda ta’limiy vaziyat yaratish, savol bilan bolani hayratga solish usuli unda mavjud avvalgi tasavvurlarga qarama-qarshi bo‘lganidan kuchli hissiyot uyg‘otadi. Hayrat tushunishning boshlanishi va bilishga olib boradigan yo‘ldir. Savollarga javob berishda bolalar ko‘pincha umumiy qonuniyatni to‘g‘ri topadilar, biroq buni o‘zlari asoslab berolmaydilar. Ulardan nega shundayligini tushuntirish yoki aytganlarini isbotlash talab qilinganda, mazkur holatga tegishli ko‘pgina faktlarni bilsalar ham, o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Bola o‘zi bilgan dalillarni, bilimlarni yangi tizimga, bog‘cha opasining savoli talab qilayotgan yangi yo‘nalishga solishi kerak bo‘ladi. Dastlab uni ayni shu narsa qiynaydi, keyinchalik, faktlar aniqlangach va berilgan topshiriq uning aqliy imkoniyatlari darajasidan uncha uzoq emasligi ma’lum bo‘lgach, tafakkuri faollashadi, qiyinchiliklarni o‘zi bartaraf etib, masalaning echimini mustaqil topishga urinadi.
Maktabgacha adabiy ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilarini mustaqil faoliyatga yo‘naltirishga intilgan tarbiyachi savollarni mavzuga mos tarzda shakllantiradi. SHuning o‘zi bola aqliy faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. Bu bilan tarbiyachi tarbiyalanuvchini kichik yoshidan tayyor qoliplardan qochishga, materialni shunchaki qayta bayon qilmay, qarashlarini ma’lum tayanch fikr atrofiga umumlashtirishga, undan javob uchun zarurini ajratib olishga, fikrini qolipdagi siyqa iboralar orqali emas, o‘z so‘zlari bilan bayon qilishga o‘rgatib boradi. Bunday faoliyat tarbiyalanuvchilardan ma’lum hodisaning sabablarini tushuntirish, fikrlarini qat’iy asoslarga qurish, voqea-hodisalarni xolis baholash, kuzatganlarini umumlashtirishni talab qiladi. Bunday vaziyatlarda tarbiyachining qo‘shimcha savollari juda qo‘l keladi.
Qo‘shimcha savollarning kuchi shundaki, ular avval o‘rganilgan bilimlarga tayanadi, bolalarning aqliy faoliyatini ma’lum darajada engillashtiradi va ish faoliyatining yo‘nalishini eslatib turadi. Qo‘shimcha savollar avval o‘zlashtirilganlarni takrorlash emas, balki o‘rganilgan bilimdan yangi vaziyatda, o‘zgacha yo‘nalishda foydalanishni talab etadi. Bu bolalarni yangilik qidirishga, noma’lumni aniqlashga yo‘naltiradi. O‘z bilganlaridan unumli foydalana olish va umumlashmalar talab qiluvchi savollarga javob berish tarbiyalanuvchilarni aqlini ishlatishga majbur qiladi.
Milliy tarbiyashunoslikda savolga aqliy faoliyat ko‘rinishi tarzida yondashuv S. Matjonov, Q. Husanboeva va H. Suyunovlarning tadqiqotlarida bo‘y ko‘rsatgan. S. Matjonov o‘z tadqiqot ishida g‘oyalarini maktab darsliklaridagi savol-topshiriqlar misolida ochib berishga harakat qilgan. Unda savollar ma’lum guruhlarga ajratilgan, savollarning o‘quvchi faoliyatini tashkil etishdagi, ijodiy tafakkurini o‘stirishdagi o‘rni va ahamiyati xususida so‘z yuritilgan2. Q. Husanboeva va H. Suyunovlar savollar tafakkurning mantiqiy shakliga daxldorligi, ularning bilimlarni o‘zlashtirish jarayonidagi o‘rni va roli, bu borada savollarning vazifalari tadqiq qilingan. Savollarning bilimlarni orttirish borasidagi vazifalari nimalardan iborat ekanini ochib berishga harakat qilingan3.
Savollar tuzish va ulardan o‘rni bilan foydalanishning ta’lim usullaridan biri sifatidagi vazifasini ularning aqliy hodisa sifatidagi talqinisiz belgilab bo‘lmaydi. SHu narsa ayonki, savol individual tafakkur bilganlari bilan bilmaganlari orasida turgan, ayni vaqtda, yangi tushuncha hamda bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘llaydigan maxsus shaklidir. Pedagogning savol berishdan maqsadi uning o‘zi uchun noma’lum bo‘lgan narsani aniqlash emas. Muallim yoki tarbiyachi o‘z savoli bilan tarbiyalanuvchining tafakkurini qitiqlaydi, uni yangi bilimlarni o‘zlashtirishga undaydi. Savol tafakkurning bilmaslikdan bilishga, bilishning chalaligi yoki noaniqligidan to‘liq va mukammal shakliga o‘tkazadigan samarali vositasi hisoblanadi.
Bola tafakkuri mustaqilligi darajasi uning bilim olishga qiziqishi, bilimlarning mohiyatiga kirishga intilishi, biror hodisa bo‘yicha hosil qilingan yuzaki bilimdan qoniqmaganidan bergan savollarida ham namoyon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining bilmaganlari yuzasidan o‘ylari, savollari qancha ko‘p bo‘lsa, mazkur masalaga bo‘lgan qiziqishi shuncha baland ekanidan dalolat beradi. SHunday qilib, savollar qiziqishning chuqurligi o‘lchovi hamdir.
Har qanday yoshdagi bolaning bilmaganini bilishga, yangi ma’lumot olishga qaratilgan savollari uning dunyoqarashini kengaytiradi, bilimlarini boyitadi. Bunday savollar, ko‘pincha, o‘z ortidan faol harakatlarni etaklab keladi. YAngi axborot olgan bola faol amaliy ishga o‘tadi, javobda ko‘rsatilganlarga o‘zicha murojaat qiladi. Bolalarni bir-biriga o‘xshamagan savollar tuzishga, o‘z fikrlarini savol shaklida to‘g‘ri shakllantirishga yo‘naltirish ham ularni mustaqil faoliyatga undashning bir ko‘rinishidir. Bolalarning savollari o‘quv materialidagi asosiy g‘oyalar, yangi bilimlar va muammolar qay darajada o‘zlashtirilganligini ham ko‘rsatadi.
Maktabgacha ta’lim tizimi mashg‘ulotlarida rasmlar asosida o‘ziga xos, yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlar tuzish ham bolalarga materialni ko‘z bilan ko‘rish orqali chuqurroq o‘zlashtirish imkonini beradi. Bunday topshiriqlar hamisha muvaffaqiyatli bajariladi, muvaffaqiyat esa, o‘z navbatida, keyingi bilimlarni egallash omili bo‘ladi.
Tarbiyachi savollarining o‘rganilgan shakllardan boshqacha, o‘zgargan holda qo‘yilishi ham tafakkur va faoliyat mustaqilligining shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Bunday vaziyatlarda bolaning tafakkuri mustaqil tarzda ishlay boshlaydi. Negaki, uning oldiga javob berishni talab qiladigan vazifa qo‘yilgan. O‘z navbatida, bu usul fikrlarni o‘z so‘zlari bilan ifodalashni ham talab qiladi. Bu holat nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy ahamiyat ham kasb etadi. Asosiy savollarga berilgan javoblar hamisha ham etarli darajada to‘liq va o‘zlashtirilayotgan hodisani har tomonlama aniq, tizimli, umumlashgan tarzda qamrab olmasligi mumkin. SHunda qo‘shimcha savollar kerak bo‘ladi. Ular eslashga qaratilgan, o‘ylashga undaydigan savollar bo‘lib, ma’lum maqsad uchun xizmat qiladi va shuning uchun aniq qo‘yiladi.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə