Samarqand davlat universiteti


Eslashga qaratilgan savollar



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə25/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Eslashga qaratilgan savollar bolaning javobini ma’lum izchillikda, o‘rganilgan materialni to‘liq va aniq ifodalash maqsadida bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday qo‘shimcha savollarning qo‘yilishi har qanday holatda aqliy faollikni oshiradi. Bu faollik bolalarning qo‘yilgan savolga javob berishga intilishida ko‘rinadi. Qo‘shimcha savollar tarbiyalanuvchilarni materialning unutib qoldirilgan jihatlarini tiklashga yoki xatoliklarni to‘g‘rilashga yo‘naltirilganda ham ahamiyat kasb etadi. Ammo bu kabi qo‘shimcha savollarning bola tafakkuri va faoliyati mustaqilligini ta’minlashdagi roli cheklangan bo‘ladi.
Qiyin vaziyatlarni vujudga keltiradigan savollar nafaqat tarbiyalanuvchilar tomonidan ularga to‘g‘ri echim topilganida, balki echim topilmagan taqdirda ham foydali bo‘ladi. Murakkab masala echimini bolalarning o‘zlari topishlari hodisaning qonuniy aloqalari ular tomonidan anglashilganidan dalolat beradi. Mashg‘ulotlar davomida istalgan natijaga erishilmagan taqdirda ham, bu masala o‘rganilgan bilimlar doirasida ekanligi anglansa, bolalar o‘rganilayotgan material ustida ongli va faol ishlay boshlaydilar. Eng muhimi, bu jarayonda mustaqil va tanqidiy fikrlash, erkin faoliyat ko‘nikmalari shakllana boradi. Agar uzoq muddat davomida tarbiyalanuvchilarga tafakkur va faoliyati tezkorligini talab qiluvchi pedagogik ta’sir ko‘rsatib borilsa, unda mustaqillik shakllanishiga erishiladi.
Maktabgacha adabiy ta’lim amaliyolida tarbiyalanuvchilar faoliyatida o‘zgarish qilishga erishish etarli darajada uzoq muddatni va bu xususiyatlarni o‘zgartirishga qaratilgan qator maxsus pedagogik ishlar, zarur shart-sharoitlarni talab qiladi, albatta. Bu jarayonda bolaga yordam berish ta’limning har qanday bosqichida pedagogning muhim vazifasi. Bu vazifa tarbiyachidan katta kuzatuvchanlik, ziyraklik va bolaning tafakkuri darajasini bilishni talab qiladi. SHu bilan birga, tarbiyalanuvchining qobiliyatiga, mustaqilligiga daxl qilmaydigan yordam darajasini aniqlay olish, unga qiyinchiliklarni mustaqil ravishda bartaraf qilishni o‘rgatadigan yo‘llarni bilish taqozo etiladi. Tarbiyachi bolalarga yordam berar ekan, ular ta’lim jarayonining har bir bosqichida mustaqil ishlash tajribasini o‘rganib borishlari lozimligini nazardan qochirmagani ma’qul. Agar bu talab nomiga bajarilsa, bola o‘zi hal etish tajribasiga ega bo‘lmagan holda qiyin muammo bilan uzoq vaqt yolg‘iz qolsa, uning qobiliyati va tafakkurining mustaqilligi taraqqiyotiga putur etadi. SHuningdek, tarbiyachining qiyinchilikni tamomila bartaraf qiladigan yordami ham tarbiyalanuvchining faoliyat mustaqilligi rivojiga halaqit berishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha adabiy ta’limda bolalarni mustaqil faoliyatga yo‘naltirishda o‘qitishning mantiqiy metodlari zamirida aks etgan: savollar berish, namoyish etish, ko‘rgazmali, tajriba, amaliy, aqliy harakatlar, masalani o‘rganish, topshiriq berish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, xulosa chiqarish singari bir qator usullaridan o‘rni bilan foydalanish, bu jarayonda samaradorlikka erishish garovidir.
Maktabgacha adabiy ta’limni maqsadga muvofiq tarzda to‘g‘ri tashkil eta bilishda tarbiyachining mashg‘ulot shakllari (turlari)dan to‘liq xabardor bo‘lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy adabiy saboqlarga tegishli mashg‘ulot turlari haqida fikrlashishdan oldin mashg‘ulotning o‘zi nima ekanini aniqlab olish va bu tushunchani yana bir marta mustahkamlab olish zarar qilmaydi. Mashg‘ulot – ta’limning tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘zlashtrilishi lozim bo‘lgan bilim, shakllantirilishi zarur bo‘lgan ko‘nikma, malaka, dunyoqarash va axloqiy-estetik sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan shakli. Ta’limning bunday shakli doimiy shug‘ullanadigan tarbiyalanuvchilar jamoasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib guruhiy mashg‘ulotlar tizimida qo‘llaniladi4. Mashg‘ulotlar maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakli bo‘lib, bir xil guruhdagi bolalar bilan qat’iy jadval asosida o‘tkaziladi. Unda ta’limiy-tarbiyaviy maqsadlar amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlar tizimi jamoaviy o‘qitish shakli sifatida alohida ijtimoiy ahamiyatga ega. CHunki u bog‘cha yoshidagi bolalarga ommaviy ta’lim berishga, ularni jamoaviy va ijtimoiy faollik, milliy qarashlarga uyg‘un, vatansevarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlardan maqsad tarbiyalanuvchilarga bilim berish va ular olgan bilimni amalda qo‘llay oladigan darajaga etkazishga erishish, har bir bolada komil shaxsga xos fazilatlarni shakllantirishdir.
Mashg‘ulotning maqsadiga ko‘ra turlari quyidagicha:
1) mavzuni o‘rganish, umumiy ma’lumotlar bilan tanishish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va ularni amaliyotda qo‘llash;
2) o‘tilgan mavzuni mustahkamlash;
3) tarbiyalanuvchilar bilim va ko‘nikmalarini tekshirish;
4) ikki yoki undan ortiq mashg‘ulot turlarining birga qo‘llanilishidan yuzaga kelgan aralash mashg‘ulotlar.
Mashg‘ulotlar tuzilmasini uning maqsadi va mazmuni belgilaydi. Har bir mashg‘ulot ma’lum dasturga mos tarzda o‘tiladi. Mashg‘ulotlar maktabgacha bosqichda davlat ta’lim standarti va dasturi talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim amaliyotida badiiy asarlar bilan tanishish va nutq o‘stirish mashg‘ulotlarining shakliga ko‘ra quyidagi turlari mavjud:


  1. Yüklə 480,47 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə