Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə20/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. S.G`oziyeva, D.Ochilova, L.Dolimova. Badiiy terma kitob. -Toshkent, “O`qituvchi”, 1994.-B.222.

  2. M.R.Qodirova, F.R.Qodirova. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -Toshkent, 2006.

  3. Jo‘raqulov R., To‘xtayeva Sh. Bog‘chalarning kichik guruhlarida bolalar nutqini o‘stirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar.-Samarqand, 1991.

Elektron ta’lim resurslari
1. www.ziyonet.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.tdpu.uz


1-mavzu: Nutq o`stirishning psixolingvistik va ta`limiy asoslari. MTTda bolalarga nutq o`stirish jarayonini tashkil etish. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid nazariy, tashkiliy, pedagogik va metodik ishlar
Reja:

    1. Nutq o`stirishning psixolingvistik va ta`limiy asoslari.

    2. MTTda bolalarga nutq o`stirish jarayonini tashkil etish.

    3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid nazariy, tashkiliy, pedagogik va metodik ishlar

Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachisining bolalarga ularning o’z ona tilini o’rgata olish qobiliyati uning kasbiy tayyorgarligini muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Bolaga tabiat ato etgan barcha aqliy qobiliyatlar ona tilini o’zlashtirish, ayniqsa uni maktabgacha yoshda o’rganib olish tufayli yuzaga chiqadi hamda rivojlanadi.


Bolalarning ona tilida avloddan avlodga o’tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyachilarining kelgusida o’z davrining ilmiy yutuqlarini o’zlatira olishlari, ularning insoniyatning ilg’or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O’zbekistonda demokratik jamiyatning to’laqonli quruvchilari bo’la olishlari tarbiyachiga bog’liqdir.
Bolalarga ona tilini o’rgatish uchun bo’lajak tarbiyachi nutqi rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o’rganishi va ushbu sohaning fanga ma’lum bo’lgan metodlarni o’zlashtirishi bolaning ona tilini o’zlashtirish qonuniyatlarini tushinib yetishi lozim.
Ona tilini o’qitish metodikasi pedagogik fanning bir tarmog’i hisoblanadi. Unda maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirish metodikasi hamda boshlang’ich va o’rta maktabda o’zbek (rus) tilini o’qitish metodikasi ajratilgan. Ularning har biri o’z maqsadi, vazifalari va mazmuniga ega.
Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy pedagogik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko’nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun bolalar bog’chalari tarbiyachilarini ular bilan qurollantirishdan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni bolalarda og’zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti, ko’nikmalarini shakllantirishdir. Nutqiy rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o’qitish (bolalarda qanday nutqiy ko’nikmani tarbiyalash), qanday o’qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega aynan shunday o’qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmokda).
Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasida bolalarga ona tilini o’rgatishning obyektiv xususiyatlari aks ettirilgan nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O’zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan va hozirda mavjud bo’lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.
Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasida metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmokda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amaliyotida tekshirib ko’rilmokda, amaliyotning o’zi fan oldiga hali o’z yechimini topmagan muhim maqsadlarni qo’ymoqda.
Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o’z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko’chirgan holda bolalarni ko’r-ko’rona tarbiyalaydi. U ko’p narsani nazardan qochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi.
Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoidalari asosida quriladi Uning til inson faoliyatining barcha sohalarida muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi, degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo’lib hisoblanadi. Shu bois nutqni rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyatlar bilan qurollantirishga qaratilgandir.
Nutqni rivojlantirish – bolaning yakka tartibdagi psixologik rivojlanishida markaziy o’rin tutadigan ijtimoiy tarixiy tajribani o’zlashtirishdagi o’ta murakkab, ko’p omilli jarayondir. Bu ijtimoiy jarayon emas. Bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlarni o’zida bolalarga nisbatan qadriyatli munosabatlarni shakllantirgan yaxshi nazariy hamda amaliy tajribaga ega bo’lgan mutaxassis tashkil qilishi va amalga oshirishi lozim.
«Nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi» kursining maqsadi bitiruvchilarni maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda og’zaki nutqini shakllantirishga doir faoliyatga tayyorlash hamda kasbiy ta’limni ikkinchi bosqich magistraturada davom ettirish uchun zamin yaratidan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni ko’zda tutadi:

  1. turli yosh bosqichlarida bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish xususiyatlarini ko’ra olish va tushunish qobiliyatini shakllantirish;

  1. nafaqat bola yoshini, balki uning o’ziga xos xususiyatlarini ham hisobga olgan holda uning nutqiga ta’sir ko’rsatish va u bilan hamkorlik qilishning eng samarali yo’lini to’g’ri tanlashii o’rgatish hamda olingan natijalarni tahlil qilish;

  1. bolalar nutqinig turli qirralarini rivojlantirishning aniq metodlari va usullariga doir bilimlar hamda ularni didaktik nutqiy muloqot vaziyatlarida qo’llash, o’zlashtirishini ta’minlash;

  1. o’quv metodik qo’llanmalarni tanqidiy tahlil qilishga tayangan holda maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar nutqiga ta’sir ko’rsatish borasida o’zining original usullari va yo’llarini yaratishga intilishni rag’batlantirish;

  1. kursni o’rganish jarayonida talabalar nutqini rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari va bolalarga ona tilini o’qitishning psixolingvistik asoslari kabi tushunchalarni o’zlashtirishlari darkor;

  1. zamonaviy o’zbek tilini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish xususiyatlari, ona tilini o’qitishning psixolingvistik, lingvodidaktik asoslarini bilish asosida ularni amaliyotda qo’llash metodikasi asoslarini o’zlashtirish;

  1. o’qishda va nutqda mantiqiy hamda emosional obrazli ifodalilikni o’rganish qobiliyati va ko’nikmalarini egallash, badiiy asarni tahlil qila olish va uni ijro etishni bilish bolalarda lug’at boyligini rivojlantirish, talaffuz ko’nikmalarini grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirish maqsadida ularning nutqiy faoliyatini yo’lga qo’yish hamda bolalarning bir-birlari bilan hamda boshqa shaxslar bilan muloqotlarini tashkil etish ko’nikmalarini o’zlashtirish.

Kursning maqsad va vazifalarini quyidagi tarzda to’zgan holda amalga oshiriladi: birinchidan, to’rt jildda metodikaning nazariy asoslari ko’rib chiqilgan uning ilmiy fan sifatidagi o’ziga xosligi ko’rsatilgan, oliy o’quv yurti kursi vazifalari maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga oid ishlarga kasbiy tayyorgarlik tushunchasi mohiyati nutq nutqiy faoliyat ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlar, shuningdek, hozirgi bosqichida metodikaning fan va uning dolzarb muammolari sifatidagi qisqacha tarixi, maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlarning maqsadi, vazifalari, mazmuni va shakli xususiyatlari ochib berilgan.
Til hayotimizning ajralmas qismi bo’lib, biz unga o’z-o’zidan bo’lishi shart bo’lgan narsa sifatida qaraymiz Tilning o’zi nima, biz unda qanday so’zlayapmiz, biz qanday qilib so’zlashii o’rganishimiz haqida esa unchalik ko’p o’ylab ham o’tirmaymiz. Hammaga yaxshi ma’lumki, tilni o’rganuvchi maxsus fan mavjud bo’lib, uning nomi lingvistikadir. Ushbu fan jadal rivojlanayotgani va shak-shubhasiz bu borada sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramasdan hozirgi paytda shu ravshanki, biz insoniy xususiyatlarning eng insoniysi bo’lgan va ustoz insonning jamiyat a’zosi sifatida mavjud bo’lishi mumkin bo’lmagan til haqida juda kam bilar ekanmiz.
Savol tug’iladi. Hozirda insoniyat oldida zudlik bilan hal etilishi lozim bo’lgan ko’plab vazifalar turgan bir paytda tilni tadqiq qilish shunchaklik zarurmi? Til sir-asrorlarini o’rganish uchun kuch-g’ayrat va mablag’ sarflash o’rinlimi? Ko’pincha lingvistika ikkinchi darajali fandir va hozir insoniyat uchun boshqa fanlarni, ya’ni fizika, kimyo, astranomiya, tibbiyot kabi fanlarni rivojlantirish muhimroqdir degan fikrlarni eshitish mumkin.
Garchi biz boshqa fanlarni rivojlantirishning muhimligi haqida so’z boshlagan ekanmiz til tabiiy fanlar rivojiga biron bir ta’sir ko’rsata oladimi degan savolga javob beraylik. Hozirda til va nazariya zamonaviy fanlarga oid metodologiya markazidan joy olgan, chunki umumlashtirilgan bilimlar tizimidan iborat bo’lgan va bilimni uyushtiruvchi boshlang’ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga alohida o’rin beradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufuqlarni ochadi, uni o’zining gumanitar mohiyati haqida orzu- xayollarga berilgan holda doimo tinch osuda va jimgina o’tiradigan burchagida chiqishga majbur qiladi. Biz «til» so’zini qo’llaganimizda ikki narsani til va nutqni nazarda tutamiz.
Inson butun hayoti mobaynida borliqni anglash jarayonida ishtirok etadi. Bilishga bo’lgan ehtiyoj ko’p jihatdan til orqali qondiriladi. Bundan tashqari, hal etilishi til muammolarini tadqiq qilish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa amaliy vazifalar ham mavjud. Psixologiya boshqaruv nazariyasi ijtimoiy fanlar sohasida ish olib borayotgan olimlar qator lingvistik vazifalarga duch keladilar.
Nutqdagi buzilishlar inson ahvolini baholashda til parametrlari yordam berishi mumkin bo’lgan yagona holat emas. Ayrim vaziyatlarda yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan odamlarda fiziologik parametrlar bo’yicha ayrim nuqsonlar sezilmaydi. Ammo ularning nutqi mutaxassis bo’lmagan tushunishi qiyin bo’lgan darajada o’zgaradi. Ko’pincha faqat til mezonlarigina bunday holat yuz berishidan dalolat berishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bu murakkab psixologik jarayon bo’lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishdan iborat emas. Bu jarayon bolalarda umuman muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog’liqdir.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə