Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 14,56 Mb.
səhifə17/39
tarix07.05.2023
ölçüsü14,56 Mb.
#108869
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Kitob 2996 uzsmart.uz

Umumiqtisodiy fanlar. Ular iqtisodiyotni unga xos bo’lgan iqtisodiy qonunlar, tamoyillar amal qilishini yaxlit holda o’rganadi. Bularga eng avvalo, iqtisodiyot nazariyasi fani kiradi. U barcha iqtisodiy fanlarga asos bo’lib xizmat qiladi.

O’rta maxsus o’quv yurtlarida “ Iqtisodiy bilim asoslari”, “Iqtisodiyot asoslari”, oily o’quv yurtlarida esa “Iqtisodiyot nazariya” o’rganiladi.

  1. Xususiy iqtisodiy fanlar. Bular mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, milliy iqtisod, ijtimoiy iqtisod, mehnat iqtisodiyoti va boshqalar bo’lib, ular iqtisodiyotning u yoki bu sohasini o’rganadi.

  2. Funksional iqtisodiyot. Bu fanlarga buxgalteriya hisobi, moliya, audit, moliyaviy tahlil, soliq, sug’urta, menejment, bank ishi va boshqalar kiradi.

Demak, biz o’quv jarayonida har bir iqtisodiy fanlarni talabalar ongiga yetkazishda ularni bilim olishga chorlash, qiziqtirish, o’z ustida ishlashga yo’naltirish, ko’p jihatdan ularni faollar, mehnatsevar, chaqqon bo’lishlarini, guruhda ishlash madaniyatini, bir-birini qo’llab-quvvatlashni o’rgatishimiz lozim. Buning hammasi o’quv jarayonida qo’llanilayotgan pedagogik texnologiyalarga va metodlarga bog’liq. Pedagogik texnologiylar ham turli xil bo’lib, bu texnologiyalarning hammasini ham qo’llash samara bermaydi. Bizning nazarimizda ta’lim berish jarayonida va malakaviy amaliyotlar davomida
quyidagi pedagogik texnologiyalarni iqtisodiy fanlarni o’qitishda qo’llash mumkin deb o’ylaymiz.

“Klaster” texnologiyasi


«Tarmoqlar» texnologiyasi – o’qituvchi – o’quvchini mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardagi foydalanishni o’rgatishga qaratilgan. Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarni biror bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, elementlardan belgilangan vaqt ichida (masalan, 3 minut) o’quvchi mavzuga oid fikrlarni yanada takomillashtirish, o’quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’langan holda tarmoqlanishiga o’rgatadi1.
Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
“Klaster” usuli erkin va ochiq fikr yuritishga imkon beradi, o’quvchining fikrlash qobiliyatini ustiradi.
“Klaster”ni tuzish qoidalari: (2.2-chizma)

      1. Hayolingizga kelgan fikrni yozing.

      2. Imloga e`tibor bermang.

      3. Vaqt tugamaguncha yozavering.

      4. Ko’proq bog’lanishlar tuzing.






1 “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” D.Tojiboyeva, A.Yo’ldoshev. Toshkent-2009 10-371 betlar

2.2-chizma. Klaster texnologiyasining chizmasi

Yüklə 14,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə