Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Samarqand Iqtisodiyot kollejida mehnat xavfsizlik tadbirlarini tashkil etish va uning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligi… 69 Xulosa va takliflar



Yüklə 14,56 Mb.
səhifə2/39
tarix07.05.2023
ölçüsü14,56 Mb.
#108869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Kitob 2996 uzsmart.uz

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish
3.3 Samarqand Iqtisodiyot kollejida mehnat xavfsizlik tadbirlarini
tashkil etish va uning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligi… 69
Xulosa va takliflar 75
Foydalanilgan adabiyotlar 78
Ilovalar 80

“Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo’lgan, yuksak malakali mutaxassisni talab etadi ”.


(I.A.Karimov)

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimining tubdan isloh qilish, barkamol avlodni yetkazish to‘g‘risida»gi Farmoni (08.10.1997 yil), «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tadbiq etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu dasturiy hujjatlarda kadrlarning mamlakatimizni iqtisodiy ravnaq topishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynashi hisobga olingan.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishning qonun-qoidalariga amal qilgan holda turli yo’nalishlar bo’yicha pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: “ Biz oldimizga qanday vazifa qo’ymaylik, qanday muammoni yechish zaruriyati tug’ilmasin, gap oxir – oqibat baribir kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlaktimiz kelajagi o’rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashga bog’liq”1.
«Talabalarning kasbi bo‘yicha bilimlarni shakllantirish, rivojlantirish qatorida chuqur ilmiy asosli, keng hajmli ma’lumotlar manbaini berishda jahon tajribasiga tayangan holda hamda 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da belgilangan ustuvor vazifalardan biri hisoblangan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ayni paytda mamlakatimizda ta’lim tizimini yangilash, zamonaviylashtirishga oid islohotlar kechayotgan bir davrda ko‘zlangan maqsadlarning muqarrar ijobiy samarasi hisoblanadi»2.



1 Karimov I. A. “Barkamol avlod orzusi”. T.:”Sharq”. 1998, 83-bet
2 O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonun. Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to’plami.
Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar shuni ko’rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda ham to’g’ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars o’tish yetarli emas.
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, yangi metodlarni qo‘llashning o‘quvchi yoshlarda nafaqat bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdagi hissasi, balki ularning keyingi ish faoliyatlarida zarur bo‘lgan keng va teran fikrlash, tanqidiy mushohada, chuqur mulohaza, kuchli xotira, o‘z jamoasini yetaklay olish, jamoasi bilan hamkorlikda ish olib borishga o‘rganish, ularni himoya qila olish, ijodiy fikr yuritish, o‘z fikrlarini himoya qila olish, mantiqiy dunyoqarash, o‘z qarashlarini erkin va ochiq bayon eta olish, fikrlash faoliyatini jadallashtirish va uzoqni ko‘ra olish, yangiliklarga intiluvchanlik, izlanuvchanlik ruhi va boshqalarni ham undash kabi hislatlarni shakllantirishdagi hissasi beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga, iqtisodiyot sir-asrorlarini o’rganishga bo’lgan harakat, fanni chuqur o’rganishga bo’lgan talablarni ham kuchaytiradi. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiy qonunlarni yaxshi bilganlar, turli vaziyatlarni taqqoslash, iqtisodiy resurslar cheklanganligi sharoitida samarali xo’jalik yuritish uchun muqobil variantlarni to’g’ri tanlash va qaror qabul qilish malakasiga ega bo’lgan iqtisodchilar tayyorlashnigina emas, balki ularni o’qitadigan iqtisodchi- pedagoglar tayyorlashni talab qilmoqda.

Yüklə 14,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə