Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 14,56 Mb.
səhifə6/39
tarix07.05.2023
ölçüsü14,56 Mb.
#108869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Kitob 2996 uzsmart.uz

«Pedagogik texnologiya psixologik va pedagogik o‘gitlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi»-deb ta’rif bergan B.Lixachev.

V.M. Monaxov: «PT- avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir»,-degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. «PT-o’quv jarayonini

1 “Yangi pedagogic texnologiyalar” ma’ruza matni. Toshkent kimyo-Texnologiya institute.”Kasb ta’lim” kafedrasi. Toshkent – 2010


2 “Pedagogik texnologiya” (o’quv uslubiy majmuasi) Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
3 www ref.uz. .Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Davlat universiteti. Pedagogika fakultetidan
texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi», -deydi. 1
V.P. Bespalko esa quyidagicha ta’rif bergan: « Pedagogik texnologiya- o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir»2.
Lekin, haqqoniylik nuqtai nazardan shuni ta’kidlash lozimki, buyuk pedagog A.S.Makarenko o’tgan asrning 30-yillarida bunday degan edi: «Bizning pedagogik ishlab chiqarishimiz hech qachon texnologik mantiq asosida qurilmagan, balki u axloqiy vazxonlikka asoslangan. Aynan shuning uchun ham: texnologik jarayon, mehnat operasiyalarini hisobga olish,... yordamchi uskunalar, me’yorlash, qo’yimlar, yaroqsiz mahsulotlar bo’limi kabi, ishlab chiqarishga xos bo’lgan muhim bo’g’inlar unda o’zidan-o’zi ishtiroksiz qolmoqda»3.
Demak, pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bu - o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat ekan.
Rossiya psixologi N.F.Talizina ta’kidlaganidek, ta’lim tizimida pedagogik texnologiya iborasini paydo bo’lishiga quyidagilar sabab bo’lgan: (1.3-chizma)4





1 “Yangi pedagogic texnologiyalar” ma’ruza matni. Toshkent kimyo-Texnologiya institute.”Kasb ta’lim” kafedrasi. Toshkent – 2010 6-bet,
2 “Pedagogik texnologiyalar va pedagogic mahorat” H.T.Omonov, N.X.Xo’jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov Toshkent.”Iqtisod-moliya” 2009y. 36-bet
3 www ref.uz. .Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Davlat universiteti. Pedagogika fakultetidan
4 “Yangi pedagogic texnologiyalar” ma’ruza matni. Toshkent kimyo-Texnologiya institute.”Kasb ta’lim” kafedrasi. Toshkent – 2010



1.3-chizma. Ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyalarning kirib kelish sabablari.


Mustaqillikka erishgan O’zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o’rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg’or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatori jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini cho’lg’ab oldi.
Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O’zbekistonda pedagogik texnologiyani o’rganish yo’lida ancha ishlar qilindi. Shu jumladan, O’zbekiston olimlari bilan MDH davlatlari o’rtasida ham pedagogik texnologiyalar loyihalarini tuzishda ancha ishlar qilindi.
Pedagogik texnologiyaga O’zbekistonlik olimlarimiz B.L.Fabermen, U.Nishonlayev, N.Saidahmedov, R.Jo’rayev, J.Yo’ldoshev, N.Azizxo’jayev, M.Ochilov, B.Ziyomuhammedov, O’.Tolipov va boshqalar o’z ham fikrlarini bildirib, ilmiy izlanishlar olib borganlar1.



1“Yangi pedagogik texnologiyalar” ma’ruza matni. Toshkent kimyo-Texnologiya institute.”Kasb ta’lim” kafedrasi. Toshkent – 2010 5-bet,
J.G‘.Yo‘ldoshev quyidagicha ta’rif bergan: “Pedagogik texnologiyalar - ta’limning yangi, samarali usullari bo‘lib, o‘tilayotgan mavzularning qiziqarli, ta’sirchan bo‘lishiga yordam beradi va ular doimo yangilanib turish xususiyatiga- ega”1.
“Pedagogik texnologiyalar zamonaviy ilm-fan va texnika vositalaridan unumli foydalangan holda talabalarga rejadagi mavzularni aniq va mukammal singdirish yo‘li bo‘lib, mavzu mazmuni va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda ulardan unumli foydalanish samarali natijalarni kafolatlaydi. (T.Enazarov).
Pedagog olimalardan N.Azizxo’jaev: «Pedagogik texnologiya – bu o‘qituvchi va talaba hamkorligiga tayanuvchi pedagogik jarayonning loyihasidir», degan munosabatni bildiradi.
“Pedagogik texnologiya – pedagogik jarayonni boshqarish omili sifatida quyidagi mazmunga ega: Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayonini loyihalash asosida tashkillashtirish, uning samarali natijasini kafolatlovchi xususiyatlarga, pedagog faoliyatining innovatsion hususiyatlariga tayangan holda ta’limning yangi shakl va usullarini yaratish va amaliyotga joriy etishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriyadir”-deb ta’rif beradi S.Yo‘ldosheva2.
B.Ziyomuhammedov esa, “Pedagogik texnologiyaga – pedagogning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy – sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa”. – deb ta’rif beradi.3

Mening nazarimda, pеdagogik tеxnologiyalar dars maqsadini belgilashda ham aniqlik bo’lishini talab etadi.Aniq maqsadlarni bеlgilash nazorat va baholash ishini yеngillashtiradi va bu jarayonga oydinlik kiritadi. Shuning uchun ham biz pеdagogik tеxnologiyalarni qo’llashdagi birinchi qadam bu aniqlashtirilgan

1 “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” H.T.Omonov, N.X.Xo’jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov Toshkent.”Iqtisod-moliya” 2009y


2 www ref.uz. .Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Davlat universiteti. Pedagogika fakultetidan 8-13 betlar
3 “Pedagogik texnologik va pedagogik mahorat” Toshkent moliya instituti. Toshkent-2009
maqsadlarni ishlab chiqishdir dеgan xulosaga kеldik. Pеdagogik tеxnologiyalarning ishlanishida asosiy e'tibor oxirgi natijaga qaratilgan bo’ladi va quyidagi izchillikda ishlab chiqiladi: (1.4-chizma)

  1. Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini ishlab chiqish va ularni guruhlarga ajratish .

  2. O’quv maqsadlarini nazorat ishi va tеst vazifalariga o’tkazish.

  3. Maqsadga erishish yo’lini va usullarni tanlash.

  4. Natijani baholash va o’zlashtirish darajasini aniqlash.

  5. Programmali ta'lim.


1.4-chizma. Pedagogik texnologiyaning izchillikda olib borilishi.


Dеmak, pеdagogik tеxnologiyalar an'anaviy ta'limdan tubdan farq qilgan holda tuziladi. U o’zaro yopiq siklni va o’zaro izchil bog’liqlikni taqozo etadi. Aniqlashtirilgan maqsadlar pеdagogga nazorat ishini bеlgilashda, baholashda va usullarni aniqlashda katta imkoniyatlar yaratadi. Barcha etaplar bir maqsadga bo’ysunadi va yuqori natijani kafolatlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Pedagogik texnologiya bu - sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo’nalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o’rganish asosida modernizasiya qilishdan iborat. Sababi, har qanday o’quv-
tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, Pedagogik texnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir, ya’ni o’qituvchi tomonidan o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni desa bo’ladi.

    1. Yüklə 14,56 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə