Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 14,56 Mb.
səhifə4/39
tarix07.05.2023
ölçüsü14,56 Mb.
#108869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Kitob 2996 uzsmart.uz

Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati: Tadqiqiot materiallari yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ma’ruza matni tayyorlashda hamda kasb-hunar kollejlarida metodik amaliy qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:


  1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilindi.

  2. Kasb-hunar kollejlarida iqtisodchi mutaxassislarni tarbiyalashning shart- sharoitlari aniqlandi hamda ta’lim iste’moliga kiritildi.

  3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodchi mutaxassislarni tarbiyalashning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy- uslubiy tavsiyalar berildi.

Bitiruv malakaviy ishimning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish 79 bet: kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
Birinchi bob pedagogik texnologiyalar va ularni iqtisodiy fanlarni o’qitishda qo’llashning ilmiy-nazariy asoslari to’g’risida. Ikkinchi bob pedagogik texnologiyalar va ularni iqtisodiy fanlarni o’qitishda qo’llashning kengaytirilgan yo’llari haqida. Uchinchi bob esa pedagogik texnologiyalarni Samarqand Iqtisodiyot kollejida iqtisodiy fanlarni o’qitishda qo’llash tajribasining tahlili haqida.
I BOB. Pedagogik texnologiyalar va ularni iqtisodiy fanlarni o’qitishda qo’llashning ilmiy-nazariy asoslari.
    1. “Pedagogik texnologiya” tushunchasining mohiyati va


vazifalari.
XX asrning 20-yillarida “pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha asarlarda tilga olingan. Shu vaqtning o‘zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik ensiklopediyada 30- yillarda o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o‘quv va laboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanishlar mahoratlari ham kiritilgan.
O‘tgan asrning 40-50-yillarida, o‘qitish - o‘quv jarayonlariga texnik vositalarni tatbiq etish boshlanganida, “ta’lim texnologiyasi” termini paydo bo‘ldi, u keyingi yillar davomida “pedagogik texnologiyaga” aylantirildi1.
60-yillar o‘rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda (AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Vengriya) va darajasiga qarab uni talqin qilish ikki yo‘nalishi belgilandi.
Birinchi yo‘nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o‘qitish vositalarini qo‘llash zarurligini ta’kidladilar (technology in education).
Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari esa o‘quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g‘oyalarning texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo‘qotish muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1- yo‘nalish “o‘qitishda texnik vositalar” sifatida belgilandi, bu biroz keyinroq yuzaga kelgan 2-yo‘nalish “o‘qitish texnologiyasi” yoki “o‘quv jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi.
70-yillarning boshlarida turli xildagi o‘quv uskunalarini va o‘quv vositalarini modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o‘qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo‘lmas edi.
60-yillar o‘rtalari va 70-yillarning boshlarida AQSh, Angliya, Yaponiya, Italiya kabi yuksak rivojlangan davlatlarda pedagogik texnologiyalar masalalari bilan shug‘ullanuvchi jurnallar nashr etilar edi, keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug‘ullana boshlaydi.
AQSh 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo‘yicha AQSh Assotsiatsiyasi”. Hozirgi kunda mamlakat bo‘ylab va Kanadada bu kengashning 50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQShda 1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Educational Technology), 1971 yilda esa – “Audiovizual o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi.
O‘qitish texnologiyasi bo‘yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) sovet olimi S.G. Shapovalenko o‘qitish jarayonining uchta texnologik prinsiplarini ko‘rsatdi. (1.1-chizma)1





1.1-chizma. O’qitish jarayonining texnologik prinsiplari.


Vengriya olimi L.Salai “o‘qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish,
maqsadlarni tahlil qilish, o‘quv-tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish, samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib o‘qitish jarayonini tashkil etuvchilar doirasini ancha kengaytirdi.
E. Bisterski va J. Sellerlar (AQSh) to‘plagan ma’lumotlar bo‘yicha o‘qitish texnikasi faqatgina yordamchi vosita va yangi sistemadan iborat bo‘libgina qolmay, balki o‘qish jarayoni tashkiliy shaklini, metodi va mazmunini o‘zgartirib uning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bu esa o‘z navbatida o‘qituvchilar va o‘quvchilar pedagogik fikrlashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi1.
Shunday qilib, o‘tgan asrning 70-yillari oxiri 80-yillari boshlarida texnika rivojlanishi va chet elda ta’limning kompyuterlashtirilishi boshlanishi oqibatida “o‘qitish texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarish vositalari, metodlari sistemasi sifatida tushunila boshlandi.
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi Aristotelning tarbiya - inson shaxsini shakllantirishga qaratilishi, Sokratning ta’lim-tarbiya usullariga dastlabki yondashuvi, ta’lim - tarbiyadagi izchillik va shaxsiy xulosalarning shakllanishi bilan bog‘liqligi haqidagi g‘oya va qarashlari, Platonning kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash kasbiy bilimlarni shakllanishiga olib kelishi haqidagi g‘oyalari va ularning davrlar osha rivojlanishi bilan bog‘liq hodisadir.
Pedagogik texnologiyalar yoki ta’limni texnologiyalashtirish yangilik emas, balki 300 yillar oldin ta’limni texnologiyalashtirishning asosiy yondoshuvlari shakllangan edi. (1.2-rasm)2

Yüklə 14,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə