Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 14,56 Mb.
səhifə5/39
tarix07.05.2023
ölçüsü14,56 Mb.
#108869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Kitob 2996 uzsmart.uz

Yan Amos Komenskiy fikricha ta’limning shunday umumiy tartibini inson tabiatining umumiy qonuniyatlari bo’yicha amalga oshirilishi,
«hamma narsa aniq va ravshan rivojlanib borishi» deb taxmin qiladi. Aniq





1 A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi instituti “ Ilg’or pedagogik texnologiyalar va ularni amalda qo’llash” ma’ruza matni. Toshkent - 2010
qo‘yilgan maqsad, bu maqsadni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan vositalar, maqsadga erishish uchun vositalardan foydalanishning aniq qonun-qoidalarini topish zarur deb yozgan edi Komenskiy.

Bu yondashuvlarga tayangan holda quyidagi pedagog olimlarning fikri o’rganib chiqildi:
1.2-chizma. Ta’limni texnologiyalashtirishning asosiy yondashuvlari.
“Pedagogik texnologiya – o‘quv jarayoniga yondoshgan holda oldindan belgilab olingan maqsad ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib o‘quv jarayonini loyihalashdir”- deb aytadi M.V. Klarin1.

    1. Ya.Larnerning fikriga ko’ra, Pedagogik texnologiya - o’quvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan, aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi.

Yapon olimi T.Sakomoto, bergan ta’rifni keltiramiz: «Pedagogik texnologiya

- deydi Sakomoto, - bu majmuli fikr yuritish usulini pedagogikaga singidirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuiga keltirishdir».

1 www ref.uz. .Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Davlat universiteti. Pedagogika fakultetidan. 13-bet.


Polyak olimi Dj.Bruner «o’qitish texnologiyasi-bu o’qitishni maqbulligini ta’minlovchi ma’lum yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligini e’tirof etdi1.
V.L. Farberman esa “Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo‘lib, u pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir” – deb ta’rif beradi2.
Xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan pedagogik texnologiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Pedagogik texnologiya – o‘z oldiga ta’lim shakllarini muqobillashtirish vazifasini qo‘yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro faoliyatini hisobga olib, ta’lim berish va tahsil olish jarayonini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli metodidir”3.
Demak pedagogik texnologiya hozirgi kunda ta’lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiyalar doirasiga o‘tkazish degani bu maktab amaliyotida pedagogik jarayonni ixtiyoriy tuzishni va uni amalga oshirishni hal qiluvchi o‘zgartirishlarga olib kelinishini bildiradi.
Pedagogik texnologiyalar haqida ro’s va chet el olimlari ham o’z fikrini aytib o’tishgan.

Yüklə 14,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə