Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 14,56 Mb.
səhifə3/39
tarix07.05.2023
ölçüsü14,56 Mb.
#108869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Kitob 2996 uzsmart.uz

Tadqiqotning maqsadi: Respublikamizda iqtisodiy fanlarni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning dolzarb muammolari talabalarning o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini aniqlash, ta’lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishning nazariy, amaliy va
metodik jihatlarini o‘rganishdir. Ushbu tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda tadqiqot ishimning
vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Mavzumga bog‘liq bo‘lgan barcha adabiyotlarni o‘rganib chiqish;

  2. Ta’lim tizimiga joriy etilayotgan barcha zamonaviy texnologiyalarni tahlil etish va tizimlashtirish;

  3. Yangi pedagogik texnologiyalarning amaliy metodik jihatlarini tadqiq etish;

  4. Yangi pedagogik texnologiyalar va ularni ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rnini aniqlash.

  5. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning dolzarb muammolarini ishlab chiqish.

Tadqiqot ob’ekti: Samarqand Iqtisodiyot kollejining iqtisodiy ta’lim jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Iqtisodiy fanlarni o’qitishda kasb-hunar kollej talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali yangi pedagogik texnologiyalarning amaliy va metodik jihatlarini ko‘rsatib berish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash jarayonida vujudga keladigan muammolarni tahlil qilib, uning yechimini topishga harakat qilindi.
Asosiy ishchi ilmiy taxmin: Iqtisodiy fanlarni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, qisqa vaqt ichida katta hajmdagi bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish dars jarayonini qiziqarli va mazmunli tashkil etish va darsning samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi degan taxminga kelindi.
Tadqiqotning ilmiy-nazariy asosi: Respublikamiz Prezidenti ta’lim sohasida qabul qilgan qonun, qaror va farmonlari, pedagog olimlarimiz Azizxodjayev N.N «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat», Tojiboyeva D “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, Ziyomuhammedov kabi qator olimlarning ilmiy izlanishlari, kitoblari tadqiqotning nazariy va metodologik
asosi sifatida olindi. Aniq vazifalarni hal qilishda iqtisodiy, pedagogik adabiyotlardan va yangi pedagogik texnologiyalar mohiyatini yoritib bergan pedagogik adabiyotlardan foydalanildi.

Yüklə 14,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə