Toshkent moliya instituti andijon fakulteti



Yüklə 279,7 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2023
ölçüsü279,7 Kb.
#134271
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mirzajon matem mustaqil ta\'lim


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



ANDIJON FAKULTETI
Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo’nalishi
I bosqich SMMT-70-22-guruh talabasi
Yusupov Mirzajonning
Iqtisodchilar uchun matematika” fanidan tayyorlagan mustaqil ish
REFERATI

Bajardi: M.Yusupov


Tekshirdi: M. Kuchkarov
Andijon– 2023-y.
Mavzu: Haqiqiy sonlar to’plam


Reja:


1.Kirish

  1. Son tushunchasining rivojlanishi

  2. Haqiqiy sonlar

  3. Haqiqiy sonlar to’plamining xossalari

  4. Xulosa .

  5. Foydalanilgan adabiyotlar .

KIRISH

O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da, ko’p marotaba ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganib, ularni o’quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amaliyotga tadbiq etishning uchinchi bosqichi davom etmoqda. Mazkur jarayonning, 2005 va undan keyingi yillarda ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash” rejalashtirilgan. Shu kunda xalq ta’limi, oliy va o’rta maxsus ta’lim sohalarida ta’lim jarayonini zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan ta’minlash, bajariladigan jiddiy vazifa sifatida belgilandi.


Ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekistonning ilg’or pedagog olimlari ilmiy asoslangan hamda Respublikamizning ijtimoiy – pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarni tadbiq etish yo’lida talay ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin majmuilar nazariyasi (teoriya sistem)ga to’laligicha suyangan, hamda hududimizning ijtimoiy – pedagogik mentalitiga mos keladigan va hammaga tushunarli bo’lgan O’zbekistonning Milliy pedagogik texnologiya modeli, shu kungacha yaratilmagan edi. Buning sababi, birinchidan, pedagogik texnologiyaning nazariy asoslarini ancha murakkabligi, ikkinchidan, pedagogik olimlarimizning bir qismi sinergetik dunyoqarashdan kelib chiquvchi majmuilar nazariyasini to’la egallab olishmaganligi bo’lsa, uchinchidan, ayni vaqtda bu sohada muayyan muammolar mavjudligi hamdir.
Bu muammolarga quyidagilar kiradi:
ta’lim texnologiyasi nazariyasining mohiyati, uning nazariy va amaliy asoslari borasida ma’lumotlar berishga xizmat qiluvchi manbalar, maxsus adabiyotlar va metodik qo’llanmalar hamda PTlarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish bo’yicha andozalarning yetarli emasligi; uzluksiz ta’lim muassasalari, shu jumladan, OTMlar pedagoglarining ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida yetarli tajribaga ega emasligi;

  • uzluksiz ta’lim muassasalarining barcha bosqichlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish uchun moddiy-texnik baza bilan yetarli darajada ta’minlanish muammosi ijobiy hal qilinmaganligi;

  • ommaviy axborot vositalarining xizmati orqali zamonaviy pedagogik texnologiya nazariyasining mohiyati hamda pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish borasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, yangi tajribalar haqida ma’lumot beruvchi tahliliy chiqishlarning uyushtirilishiga yetarli e’tibor qaratilmaganligi;

  • oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazida pedagogik texnologiya bo’yicha, bir qator tadqiqot ishlari olib borilib, kerakli natijalarga erishilganligiga qaramay, bu ma’lumotlar joylarga to’liq yetib bormayotganligi va boshqalar.

Yuqorida qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimga ega bo’lishini ta’minlash uzluksiz ta’lim muassasalari, shu jumladan, OTMlar ta’limi jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish muvaffaqiyatini kafolatlaydi.
Majmular nazariyasini to’liq bilmagan kishi, pedagogik texnologiyaning mazmun va mohiyatiga tushunib yetmaydi, zerro undan foydalana olmaydi ham. Chunki pedagogik texnologiya yuz foiz majmui yondashuv tamoyilidan kelib chiqib, to’laligicha, uning tamoyillari va qoidalariga bo’ysunadi. Sinergetik dunyoqarash va uning ajralmas qismi bo’lgan, butun borliqqa majmui sifatida yondashuv tamoyilini bilmagan kishi, pedagogik texnologiyani asl mazmuniga tushunmaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslarini to’laligicha tushunish va uni ta’lim jarayoniga qo’llash uchun quyidagilar amalga oshirildi:yer yuzidagi didaktik tizimlarni eng umumiy tarzda o’rganildi va tahlil qilndi; pedagogik texnologiyaning asosiy hususiyati, uni to’laligicha, majmui yondoshuv tamoyilidan kelib chiqqanligi bois, majmuilar nazariyasining qisqa va oddiy mazmun mohiyatini ochib berildi va pedagogik texnologiya asosida o’quv fani darslari loyihalandi; shuningdek, pedagogik jarayonni majmui sifatida tasavvur etib, pedagogik texnologiya nazariyasida qabul qilingan tamoyillari to’laligicha keltirildi. Shu bilan birgalikda, O’zbekistonning “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan hamda yurtimizning pedagogik jamoatchiligining mentalitetidan kelib chiqib, jahondagi pedagogik texnologiyalarda qabul qilingan tamoyillardan og’may turib, O’zbekistonning zamonaviy pedagogik texnologiyasining milliy modeli yaratildi.

Yüklə 279,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə