Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

2. Mehmonxona mijozi 
Mehmonxonalarning mijozlari orasida o‘tkazilgan ko‘plab statistik tadqiqotlar 
natijasida foydali statistik ma’lumotlar olingan. Misol uchun, mehmonxonalarning 
mijozlari orasida biznes-turistlar ulushi 40% gacha yetishi, juft bo‘lib sayohat 
qiluvchi turistlar 43% ni, yolg‘iz erkaklar 32% ni, yolg‘iz ayollar esa – 22% ni tashkil 
etishi aniqlangan. Mehmonxonani dastlabki tanlashda quyidagi omillar hisobga 
olinadi (muhimlik darajasiga qarab): mehmonxonaning joylashgan o‘rni, u 
ko‘rsatadigan xizmatlar, yashash uchun to‘lanadigan haq, tashqi ko‘rinishi va 
tozaligi. Mijozlar ko‘proq nimadan shikoyat qilishi ham aniqlangan: 

xodimlar yetarli darajada e’tibor bermasligi; 

nomer joylashishga tayyor emasligi; 

nomerni bronlashtirish majburiyati bajarilmaganligi; 

mehmonxonada va nomerda mijoz o‘zini xavfsiz his etmasligi; 

nomerda harorat qulay emasligi; 

shovqin darajasining kuchliligi; 

karavotning noqulayligi; 

narxning balandligi; 

xizmat ko‘rsatishdagi sustkashlik. 
Mehmonxonalarning mijozlari orasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida ham 
menejment uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p ma’lumotlar olingan. 
Misol uchun, mijozlarning to‘rtdan uch qismi nomerga joylashishda birinchi 
navbatda mini-barni ochib ko‘rishi va uning ichidagi narsalar bilan qiziqishi 
aniqlangan. Shuningdek, yulduzlar soni kam bo‘lgan mehmonxonalarda mini-barlarni 
jihozlash foydali ekanligi ham aniqlangan (ayniqsa, mini-bardagi narxlar ana shunday 
ichimliklarga do‘konlarda belgilangan narxlardan bir necha baravar balandligi 
hisobga olinsa).



55 
Bundan tashqari, mijozlarning 95% har kuni kamida bir soat televizor tomosha 
qiladi. Shu sababli hozirgi vaqtda ikki yulduzli mehmonxona nomerida televizor 
bo‘lgani ma’qul (televizor nazarda tutilmaydigan ekologik mehmonxonalardan 
tashqari).
Mijozlarning 95% dush va atigi 5% - vanna qabul qiladi. Shu sababli hozirda 
ayrim to‘rt yulduzli mehmonxonalar nomerlarda to‘la o‘lchamli vannalardan ko‘ra 
ko‘proq arzon dush kabinalari o‘rnatmoqda. Mijozlarning 40%i ertalab uyg‘otishni 
talab qiladi. Shu bois mehmonxona avtomatik uyg‘otish sistemasi bilan jihozlansa, 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, mijozlarni telefon operatori yordamida uyg‘otish 
hatto kichkina mehmonxona uchun ham jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin, chunki 
mijozlarning aksariyati ularni ayni bir vaqtda – soat 7 da uyg‘otishni so‘raydi. 
Darvoqe, mijoz o‘z vaqtida uyg‘otmagani uchun mehmonxonadan sud orqali ancha 
katta pul undirib olgan hollar ham ma’lum. Misol uchun, shunday hollardan birida 
mijoz sudda mehmonxona aybi bilan uxlab qolgani va ishga doir uchrashuvga o‘z 
vaqtida yetib borolmagani uchun foydali buyurtmadan mahrum bo‘lgani, ya’ni ziyon 
ko‘rganini isbotlab bergan.
Bugungi kunda mijoz o‘rta darajali (3-4 yulduzli) mehmonxonada ko‘rishni 
umid qilgan xizmatlarning muayyan to‘plami shakllangan. Zarur xizmatlarning 
asosiy to‘plami (yashash sharoitlari, ovqatlanish, nomerning issiqligi, issiq suv)dan 
tashqari, hozirgi namunaviy mijoz mehmonxonada quyidagi xizmatlarni olishga umid 
qiladi: 

nomerdagi vanna va hojatxonada – yuvinish buyumlari to‘plami, fen, bir nechta 
sochiq, poyafzal tozalash vositasi; 

nomerda chetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish mumkin bo‘lgan telefon, masofadan 
turib boshqariladigan televizor; 

mijozga notanish shaharda mo‘ljal olishga ko‘maklashadigan axborot xizmati; 

mehmonlarni uyg‘otish bo‘yicha tekin xizmatlar; 

nomerga ovqat keltirish xizmati (room service); 

fitness markazi, basseyn; 

kokteyl-bar (restorandan tashqari); 

mijozlarning avtomobillarini qo‘yish uchun joy; 

kirxona va kimyoviy tozalash xizmati.
Yuqori darajali mehmonxonalarda xizmatlar to‘plami ancha keng bo‘ladi.
Nomerda mini-bar, mehmonxonada esa – biznes markazi bo‘lishi shart. Besh 
yulduzli mehmonxonalarda nomer albatta mijoz uxlashi uchun tayyorlanadi: 
to‘shakdan choyshab yechib olinadi, torsher yoki stol lampasi yoqiladi, yostiqqa 
shokolad qo‘yiladi.
Super mehmonxonalar mehmonga shaxsiy xizmatkor xizmatini taqdim etishi 
mumkin. U mehmonning garderobini kuzatib boradi.
Yuqori darajali mehmonxonalar nogironlar, ko‘rlar, qariyalar, bolalar kabi 
maxsus toifa mijozlarga alohida xizmatlar ko‘rsatishlari shart.
Nogironlar aravachasidagi mijoz mehmonxonaning barcha binolariga kirish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Har 50-100 ta oddiy nomerga aravachadagi nogiron 
uchun maxsus jihozlangan bitta nomer to‘g‘ri keladi: aravacha hojatxona va vannaga 



56 
kirishi uchun imkoniyat yaratiladi, shuningdek, bu yerda nogiron mijozga xodimlar 
yordami kerak bo‘lib qolgan taqdirda bog‘lanish uchun ichki telefon ham o‘rnatiladi.
Yuqori darajali mehmonxonalarda VIP-mijozlar (yuqori martabali kishilar)ga va 
ulardan kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan CIP toifasi (tijorat nuqtai nazaridan muhim 
shaxslar)ga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi. Birinchi 
toifaga prezidentlar, vazirlar, yuqori darajali diplomatlar, shou-biznes olamining 
mashhur vakillari va sh.k. kiradi. Ikkinchi toifaga mehmonxona biznesi uchun foydali 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar (direktorlar kengashi a’zosi, tarkibiga ayni 
mehmonxona kiruvchi mehmonxonalar zanjiri markaziy apparatining xodimi, 
keyinchalik mehmonxonaga vaqtinchalik yashash uchun o‘z xodimlarini xizmat 
safariga yuborishi mumkin bo‘lgan yirik firma menejeri va h.k.) kiradi. Mijozlarning 
ushbu ikki toifasiga mehmonxona xodimlari juda katta e’tibor berishlari kerak: ularni 
yo bosh direktor, yo maxsus VIP-menejer kutib oladi, ularni ro‘yxatga olish taomili 
soddalashtiriladi – mehmon varaqasini ular kirishda emas, balki o‘z nomerida 
to‘ldiradi, mehmon kelishiga yaqin nomerga gullar, mevalar, ichimliklar qo‘yiladi.
VIP-mijozlarning asosiy xususiyati – ular keng omma bilan aloqa qilmaslikka 
intiladi, chunonchi: odatda o‘z nomerida ovqatlanadi, basseynga faqat u yerda boshqa 
mijozlar bo‘lmagan paytda boradi (bu haqda mehmonxona ma’muriyati qayg‘urishi 
kerak), nomer eshigi oldiga qo‘shimcha qo‘riqchilar qo‘yiladi va h.k. VIP va CIP 
mijozlar ma’muriyatga juda ko‘p qo‘shimcha tashvish keltiradi, ammo ular 
ko‘rsatilgan xizmatlarga doim ancha katta haq to‘laydi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə