Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Ma’muriy-xujalik (kastelyan) xizmati



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

5. Ma’muriy-xujalik (kastelyan) xizmati 
Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi mehmonxonaning eng yirik (xodimlar soni jixatidan) 
bo‘limi hisoblanadi. Unda mehmonxona jami xizmatchilarining 50% ga yaqini 
mehnat kiladi. Bo‘limni ma’muriy-xo‘jalik xizmati direktori yoki ijrochi kastelyan 
boshkaradi. Bo‘lim boshlig‘i xizmat vazifalarining xususiyati undan tashkilotchilik 
qobiliyati va talabchanlikni talab kiladi. Ko‘p sonli nomerlarni har kuni lozim 
darajada batartib saklash juda katta mas’uliyat, aniklik va puxtalikni takozo etadi. 



70 
Mehmonlar o‘rtasida o‘tkazilgan barcha so‘rovlar ma’muriy-xo‘jalik 
xizmatining muhimligini ko‘rsatadi. Tozalik va batartiblik mehmonlarning barcha 
talablari orasida birinchi o‘rinni egallaydi. 
Tajribali kastelyan (xizmat direktori) o‘z ishida kuyidagi o‘n qoidaga amal 
kiladi. 
1.
Mehnat resurslaridan samarali foydalanish. Ish o‘z vaktida bajarilishiga 
erishish uchun topshiriklarni qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasida taksimlab,
ularning har biriga muayyan topshirik berib, zimmasiga majburiyat yuklash. 
2.
Bajarilgan ish to‘g‘risida hisobot berishning okilona usullarini uylab topish. Qo‘l
 
ostidagi xodimlar ishini muttasil nazorat kilish. 
3.
Og‘ir mehnat talab etadigan ishlarni standartlashtirishga harakat kilish. Qo‘l 
ostidagi xodimlarga o‘z ishini anik va puxta bajarishiga yordam berish. 
4.
Vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib turish. Asbob-uskunalar va mavjud 
materiallarning qiymatini nazorat kilish. 
5.
Qo‘l ostingdagilarga namuna bo‘lish. 
6.
Mehmonlar va boshliklar kastelyan xizmati oldiga qo‘yadigan muammolardan 
buyin tovlamaslik. 
7.
Rejalashtirish masalalarini hal qilishga xodimlarni jalb etish Ularning ishni
tez va sifatli bajarish imkonini beruvchi ratsionalizatorlik takliflarini 
rag‘batlantirish. 
8.
Xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish. Tegishli malaka oshirish 
kurslari tashkil etish orkali ularning o‘zi ustida ishlashga intilishini qo‘llab-
kuvvatlash. 
9.
Menejerlar tayyorlash buyicha dasturlar tashkil kilish. Xodimlaring xizmat 
pillapoyalari bo‘ylab ko‘tarilishiga imkoniyat yaratish. 
10.
O‘z bo‘limining ishini boshqa bo‘limlar, ayniksa, ma’muriy, muxandislik-
foydalanish bo‘limlari va kirxona ishi bilan muvofiklashtirish. 
Xizmat direktori
majburiyatlari orasida kuyidagilar muximlik jixatidan 
birinchi o‘rinda turadi: 
1.
Odamlarni boshkarish, asbob-uskunalarning ishlashini va kerakli mahsulotlar o‘z 
vaktida yetkazib berilishini kuzatib borish. 
2.
Nomerlarda va umumiy foydalaniladigan xonalarda tozalik va tartibni saklash. 
3.
Bosh boshkaruvchining moliyaviy siyosatiga muvofik xizmatga raxbarlik 
qilish. 
4.
Hujjatlarni yuritish. 
Xizmat direktorining ertalab 7.45 da boshlangan va 18.00 da tugagan odatdagi 
ish kuniga misol. 

Tungi farroshlar guruxining rahbari bilan birga koridorlar va xollarning tozaligini 
tekshirish. 

Ma’muriy-xujalik daftaridagi kaydlarni tekshirib ko‘rish. 

Mehmonxona nomerlarining to‘lish prognozini tekshirish va 
mehmonxonani tark etayotganlar mikdoriga aniklik kiritish. 



71 

O‘tgan kun uchun hisobotlarni tekshirish, yangikelgan mehmonlar soniga aniklik
kiritish, tegishli xozirlik ko‘rish uchun «o‘ta muxim mehmonlar» tashrifi 
kutilayotgan-kutilmayotganini aniklash. 

Ma’muriy-xo‘jalik xizmatining majlisida ishtirok etish. 

Joriy muammolarni xal qilish. 

Yangixodimlarni o‘kitib-o‘rgatishda ishtirok etish. 

Menejerlar va sektorlarning sardorlari bilan majlis o‘tkazish. 

Har xil ishlarni bajarishga naryadlar berish. 

Byudjetni tekshirib ko‘rish. 

Haridlarga buyurtmalarni ma’kullash„ 

Asbob-uskunalar va jixozlarni tekshirib ko‘rish. 

Mehmonlarning xonalaridagi tozalikni tekshirib ko‘rish. 

Ekspluatatsiyachilardan kelgan naryadlarni ko‘zdan kechirish. 

Xizmatga qabo‘l qilishga nomzodlar bilan suxbatlashish. 
Kadrlar masalalarini ko‘rib chikish, xizmatni rivojlantirish haqida o‘ylash, 
maslahatlar berish. 
Xizmat direktorining eng og‘ir vazifasi - qoida tarikasida, turli millat vakillari 
bo‘lgan bo‘lim xodimlarini boshkarish. Mehmonxonaning katta-kichikligiga karab
xizmat direktori bir o‘rinbosarga va bir yoki bir nechta yordamchiga ega bo‘ladi, ular 
esa, o‘z navbatida, mehmonxonaning turli sektorlari (kavatlar, prolyotlar va hk.) 
uchun mas’ul bo‘lgan xodimalar ishini yo‘lga soladi (5.9-rasm). 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə