Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

Direktor urinbosari 
xizmatga muayyan tarzda rahbarlik kiladi, masalan, 
mehmonxonani sektorlarga ajratadi va xonalarni tozalash grafigini tuzadi. 
Mehmonxona nomerlari kavatma-kavat rejalarda ko‘rsatiladi. Agar nomer bo‘sh 
bo‘lsa, uning karshisida hech kanday belgi bo‘lmaydi, nomer band bo‘lgan xolda XB 
(xona band) degan belgi kuyiladi. Agar mehmon nomerni tez orada bo‘shatish 
niyatida bo‘lsa, TB (tezda bo‘shaydi) degan belgi, yashash muddatini uzaytirish 
niyatida bo‘lsa - YAMU (yashash muddati uzaytiriladi) degan belgi kuyiladi. Avariya 
xolatidagi bo‘lgani uchun mehmonlar joylashtirilishi mumkin bo‘lmagan xonalar AH 
(avariya xolatida) degan belgi bilan , «o‘ta muhim mehmon» joylashishi kutilayotgan 
xonalar esa -VIP belgisi bilan ajratiladi va ayni xolda kanday xozirlik ko‘rilishi 
lozim ligi haqida anik kursatmalar kayd etiladi. 
Agar 258 nomer band va ularning 10 tasi - apartamentlar (bu xolda bir nomer 
ikkitaga o‘tadi) bo‘lsa, kastelyan xizmati ixtiyoridagi nomerlarning umumiy mikdori 
268 ta bo‘ladi. Rezervlashtirgan, lekin kelmagan mehmonlarni ayirib tashlasak, 
amalda egallangan nomerlar soni hosil bo‘ladi. Bu mikdorni 17ga 
(bir xodimaga 
to‘g‘ri keladigan normaga) 
bo‘lib, 
shu kuni talab etiladigan xizmatchilar sonini 
olamiz. 
Barcha egallangan nomerlar 258 
Kushuv 10 (apartamentlar) 10 
Jami band kilingan nomerlar 268 
Ayiruv 3 (kelmagan mehmonlar) 3 
Amalda egallangan nomerlar 265 
265 /17= 16 xodima 



72 
Mehnat haqi fondini tejash va ishda urnak kursatgan xodimlarni ragbatlantirish 
maksadida ayrim korporatsiyalarda eng yaxshi xodimalarga muayyan nomerlarni 
doimiy biriktirish ruxsat etilgan. Bu tekshiruvchilar sonini kamaytirish imkonini 
beradi. Tozalash sifatining mezonlari gruppaviy intervyu olish usulida surov 
o‘tkazish yuli bilan aniklanadi. Mehmonlar o‘zlari uchun eng muxim mezonlarni 
kursatadilar va eng yukrri reyting olgan mezonlar eng muxim deb topiladi. 
Xizmat direktorining urinbosari direktorga ayrim vazifalarni bajarishga yordam 
beradi va ofisga - ma’muriy-xujalik ishining o‘ziga xos shtab-kvartirasiga raxbarlik 
kiladi. Masalan, Torreys-Payns shaxri (Kaliforniya shtati, AKSH)dagi Sheraton 
Grand mehmonxonasi ofisining eng muxim funksiyalari kuyidagilardan iborat: 
1.
Xodimalar topshiriklar oladi va bajarilgan ish haqida 
2.
hisobot beradi. 
3.
2. Sektorlar buyicha ishlarni bajarishga topshiriklar beriladi. 
4.
Xizmat faoliyatiga doyr telefon so‘zlashuvlari xdm shu yerdan olib boriladi. 
5.
Bushagan va yangimehmonlarni joylashtirishga tayyorlangan barcha nomerlar 
haqidagi ma’lumotlarga shu yerda ishlov beriladi. 
6.
Ma’lum vaktga kadar tozalanmagan nomerlar yuzasidan berilgan tushuntirish 
xatlari ham shu yerga keladi. 
7.
Xujalik yuritish jixozlarini berish haqida kursatmalar shu yerda beriladi. 
8.
Choyshab va yostik jildlari ham shu ofis xodimlari tomonidan tekshiriladi. 
9.
Dasturxonlar ham. 
10.
Uniforma va maxsus kiyim beriladi. 
11.
Xizmat xodimlari haqidagi ma’lumotlar saklanadi. 
12.
Xizmat doirasida foydalanishga muljallangan barcha kalitlar shu yerda saklanadi. 
Mehmonlarning xonalariga kuyilishi lozim bo‘lgan barcha narsalar har kuni 
kechkurun almashtiriladi va xodimalar tomonidan aravachalarda tashiladi. 
Mehmonlarga berishga muljallangan narsalar aravachaning kuyi tokchasiga, xonada 
krlishi lozim bo‘lgan narsalar esa - yukrri tokchaga kuyiladi. Bu ba’zi bir 
mehmonlarning mehmonxonadan suvenirlar olib ketish odatiga karshi kurashishga 
ma’lum darajada yordam beradi. Chakiruv buyicha nomerlarga kelish va raxbariyatga 
nomerlarning xolati haqida axborot berish ofis xodimlari ishining muxim tarkibiy 
kismidir. 
Bosh kastelyan (xizmat direktora)ning navbatchi yordamchisi 
kechki smenani 
qabul kiladi va sektorlar bo‘yicha ishlarni taksimlaydi. Sektor sardorining ixtiyorida 
63 xona bo‘lib, ularni tozalash va bu haqda hisobot berish talab etiladi. U bosh 
kastelyan ofisiga barcha nosozliklar haqida axborot beradi. Mazkur axborot o‘z 
navbatida bosh ma’mur ofisiga o‘zatiladi. 
Mehmonxona tu riga karab har bir xodima kuniga 16-20 ta nomerni tartibga 
keltiradi. Eski mehmonxonalarda xonani tozapash kuprok vaktni egallaydi. 
Tozalashga sarflanadigan vakt egallangan xonalarga nisbatan bushayotgan 
xonalarning proporsional nisbatiga ham boglik bo‘ladi, chunki bushatilgan xonalarni 
tozalash kuprok vaktni egallaydi. Xodimalarning ish vakti ertalab soat 8.00 da 
boshlanadi. Ular ishni boshlashdan oldin bosh kastelyan yoki uning urinbosari 
oldidan o‘tishlari lozim. Ularga sektor ajratiladi va tegishli xonalarning kalitlari 



73 
beriladi. Kalitlarni olganlik haqida xodimalar jurnalga imzo chekadilar va ish kuni 
oxirida ularni qaytaradilar. 
Korporativ va mustakil mehmonxonalarda bosh kastelyanning vazifasi har xil 
bo‘lishi mumkin, masalan, mebel va jixozlar harid qilishda. Katta mustakil
mehmonxona bosh kastelyanning bilimi va tajribasiga to‘la 
tayanadi, mehmonxonalar tarmogida esa bu ish bilan haridlar buyicha 
korporativ agent shug‘ullanadi va unga dizayner yordam beradi. 
Bosh kastelyan juda kup hujjatlar yuritilishi uchun javob beradi. U nafakat 
bo‘lim xodimlarining ish grafiklarini to‘zadi va ularning mehnatiga baxo beradi, balki 
nomerlar, xollar va zallardagi mebelning bo‘tligi va lozim kurinishga ega bo‘lishi 
uchun xdm javobgar bo‘ladi. Kupgina mehmonxonalarda ma’muriy-xujalik va 
ekspluatatsiya bo‘limlari urtasidagi aloka kompyuter tarmogi orkali amalga 
oshiriladiki, bu hujjatlarning o‘tish jarayonini ancha tezlashtiradi. Mehmonxonada 
yashash uchun belgilangan xozirgi narxlar ancha kimmat bo‘lgani uchun mehmonlar 
o‘z nomerlarida hamma narsa normal ishlashini xoxlaydi. Kastelyan xizmati nafakat 
choyshab va yostik jildlarini almashtiradi, balki nomerlardagi tozalash va yuvish 
vositalarini vakti-vakti bilan almashtirib, urnini to‘ldirib turadi, 
Mazkur xizmatning ish unumdorligi 
xizmat kursatiladigai bir xonaga 
sarflanadigan inson soatlari mitsdori 
bilan ulchanadi. AKD1dagi barcha xizmatlar 
kursatiladigan mehmonxonada mehnat qiymati bir xona uchun 1,1$ yoki 6,6 
mino‘tga baxolanadi. Xodimlarning mehnat haqi -tannarxning muxim kursatkichi. 
Ma’muriy-xujalik bo‘limida u xonalardan foydalanishdan kelgan tushumning 5,1% ni 
tashkil etadi. Sovun, shampun, losonlar, igna va ip, kog‘ozlarga harajatlar 
nazorat 
kilinadigan harajatlar
deb ataladi va har bir xonaga ajratiladi. Bunday harajatlar 
mehmonxona turiga karab odatda bir nomerga 1,75$ ni, yuvish va tozalash 
vositalariga - 0,30$ ni, choyshab va yostik jildlariga, kirxona harajatlarini ham 
qo‘shganda- 0,75$ ni tashkil etadi. 
Bosh kastelyanning yana bir muxim vazifasi - baxtsiz xodisalar ro‘y berishining 
oldini olish. So‘nggi vaktda sug‘urta polislarining narxlari jadal sur’atlarda oshib 
bormokda, tadbirkorlar o‘z xizmatchilari va mehmonlarning xavfsizligini ta’minlashi 
esa qiyinlashmokda. Har bir baxtsiz xodisani sinchiklab tekshirishga to‘g‘ri keladi. 
Ayrim xodimlar uyda qo‘lini kesib olib, ishga kelishlari va buni ishlab chikarish 
jarohati deb ko‘rsatib, haq to‘lashni talab qilishlari mumkin. Ba’zan mehmonlar ham 
xollda sirpanib ketib va yiqilib, bunda mehmonxonani ayblaydilar. Bunday hollarda 
ish ko‘rish uchun umumiy foydalaniladigan xonalarni tozalash daftarini yuritish 
foydali bo‘ladi. Mazkur daftar ma’muriyat mehmonlar xavfsizligini ta’minlash uchun 
qo‘lidan kelgan barcha ishlarni kilayotganidan dalolat beradi. 
O‘z vaktida AKSH senati xizmatchilarning axborot olish huquqi to‘g‘risidagi 
qonun nomi bilan mashxur maxsus karor qabul kilgan edi. Ushbu karorda odamlar 
sog‘ligi uchun xavfli ximikatlarni saklash va ulardan foydalanish uchun javobgarlik 
haqidagi modda mavjud. Mehmonxonada bu boradagi ishlarning xolati haqida 
axborot olish imkoniyatiga har bir xizmatchi ega bo‘lishi lozim. Ammo baxtsiz 
xodisalarning oldini olish uchun fakat ehtiyot chora-tadbirlarining o‘zi kifoya
kilmaydi. Faoliyati xavfli ximikatlardan foydalanish bilan boglik bo‘lgan 
xodimlarni muvofik tarzda ukitib-urgatish zarur. 



74 
Bosh kastelyan mehmonxonada o‘g‘rilik xolatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak. O‘g‘riliklarning oldini olish uchun 
qat’iy siyosat olib borish va qattiq choralar ko‘rish lozim. Ayrim mehmonxonalarda 
xodimalar mehmonlar o‘zi yashaydigan nomerdan boshka bironta ham xonaga 
kirishiga yul kuymaslik to‘g‘risida tilxat beradilar. Bu koidani bo‘zgan xodima usha 
zaxoti ishdan bushatiladi. Balki bu juda ogir choradir, ammo u mehmonxonalarda 
o‘g‘riliklarning oldini olishga yordam beradi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə