Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

2.
 
Mehmonxonada nomer va joyni bron qilish tartibi 



77 
Bron qilish-
mehmonxonadagi nomer va joyga oldindan buyurtma berishdir. 
Shu jarayondan mehmonga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. Nomerni bron qilish bilan
qabul qilish va joylashtirish xizmati yoki bron bo‘limi menejeri shug‘ullanadi. Aynan 
shu bo‘limlarga mehmonlardan bron qilish haqida ariza tushadi. Arizalarni rasmiy 
yig‘ishdan tashqari, bron bo‘limi mehmonxona joylariga bo‘lgan talabni o‘rganib 
chiqishi shart.Mehmonxonaning ko‘p yillik ish faoliyatini mazkur regionda 
o‘tkaziladigantadbirlar(festival, karnaval, sport musobaqalari) rejasini hisobga olib, 
nomerni o‘tgan va kelgusi davrda bandligini tahlil qilgach, bron bo‘limi marketing 
xizmati bilan birgalikda mehmonxona faoliyatini rejalashtiradi. 
Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda mehmonxona joylariga bo‘lgan talab 
bir necha barobar oshadi. Mehmonxona uchun ko‘p sonli qatnashuvchilarga ega 
tadbirlarga joy bron qilish foydaoidir, chunki bunday hollarda buyurtma tadbirdan 
ancha oldinroq amalga oshiriladi va uni bekor qilish riski katta emas. 
Mehmonxona bandligi mavsum, mazkur hududning ishchan faolligi, iqtisodiy, 
siyosiy vaziyatga bog‘liq. Siyosiy barqarorsizlik ro‘y berayotganda xavfsizlikni 
taminlash sustlashishi tufayli turistlarning ushbu hududga qiziqishi pasayadi.Mavsum 
tig‘iz paytida mehmonxona ikkikarrali(dvoynoye) bron qilishni amalga oshiradilar. 
Ikkikarrali bron
-bu birdaniga ikki mijozga bir xil sanada kelajakda mehmonxonadan 
joy berish tasdig‘idir.Bu yo‘lni tanlab mehmonxona juda katta tavvakkal qiladi. 
Balkim ularning biri keyinchalik buyurtmani bekor qiladi yoki belgilangan kunda 
kelmas.Unda tavvakkalchilik oqlanadi. Agar o‘sha kuni har ikki mijoz ham kelsa-
chi?Albatta, birinchi kelgan mijoz joyni egallaydi. Ikkinchi mijoz ehtiyoji uchun 
boshqacha yo‘llar mavjud, bu yo‘llarni ikkikarrali bronni amalga oshirayotganda 
bo‘lim menejeri o‘ylab qo‘yadi.Har ikki mijoz tashrif buyursa, yoki turist 
ogohlantirmay kelsa, mehmonxonada joy bo‘lmasa, mehmonxona xodimi ularni 
mehmonxonaga yaqin joylashgan uy- joyni ijaraga beruvchilar, yoki boshqa 
mehmonxonalarga jo‘natadilar.Bunday paytda mijozdan mehmonxonani o‘zgartirishi 
haqida ijozat so‘rash zarur. 
Mehmonxona uchun ham, mijoz uchun ham nomerlarni oldindan bron qilish 
qulaydir, qancha barvaqt bo‘lsa, shuncha yaxshi. 
“Mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatish qoidalari” asosan :”bajaruvchi ikki tomon 
imzolagan mehmonxonada joyni bron qilish haqidagi shartnoma hujjat tuzish orqali, 
shuningdek, pochta, telefon orqali bergach, ariza istemolchidan kelayotganligiga 
ishonch hosil qilinganidan so‘ng bron amalga oshiriladi”. 
Agar tashkilot mehmonxona xizmatidan doimiy foydalanayotgan bo‘lsa, unda 
malum muddatga shartnoma tuzish maqsadga muvofiqdir.Bunda tashkilotga o‘zining 
tartib raqami beriladi va ushbu tashkilot tomonodan yuboriladigan mijozlarga 
shartnomaga muvofiq mehmonxonadan jay beriladi. 
Hozirda turfirmalar aniq bir mehmonxona bilan shartnoma tuzishga harakat 
qilmoqdalar. Mehmonxonalar doimiy ravishda mijozlar bilan taminlayotgan 
turfirmalar uchun chegirmalar belgilaydi. 
Mehmonxona va turfirma o‘rtasidagi shartnomalarga quyidagilar ko‘rsatiladi: 
turistlarni joylashtirish bo‘yicha arizalar qaysi muddatda berilishi shart, to‘lov qachon 
va qay tarzda amalga oshiriladi. 



78 
Ko‘pincha bron ijarani eslatadi, chunki chunki uzoq davrda va bir necha 
nomerlar va hatto qavatlarga tegishli bo‘lishi mumkin. 
Mehmonxona joy yoki nomerini bron qilishning bir necha usullari 
mavjud:yozma, og‘zaki va kompyuter orqali. 
Pochta yoki faks orqali mijoz mehmonxonada xat-ariza jo‘natadi(pismo-
zayavka).Xuddi shunday arizani mehmonxona bron bo‘limida rasmiylashtirish 
mumkin.Arizalar bilan ishlash katta etiborni talab qiladi.Bron qilish yoki bronni 
bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar barchasi ro‘yxatga olinishi shart. 
Bron bo‘ytcha menejerlar buyurtmani vaqtida bekor qilmasalar, xato yuzaga 
chiqmaguncha, nomer sotilmay qolishi mumkin.Faqat firma blankasidagi ariza, 
buyurtma qilingan nomer to‘langanligini tasdiqlaydi. 
Nomerni bron qilayotgan tashkilot arizasida albatta, ushbu tashkilot rekvizitlari 
ko‘rsatilishi shart(nomi, manzili, bankdagi hisob raqami).Arizada quyidagi 
malumotlar kiritilishi zarur: 
-
nomer soni va kategoriyasi; 
-
mehmonxonada yashash muddati; 
-
tashrif buyuruvchi f. i. sh; 
-
to‘lov shakli(naqd pul yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan ; to‘lovni amalga oshiruvchi 
tashkilot rekvizitlari). 
So‘ngra arizalar ro‘yxatga olinadi(registratsiya raqami beriladi) va tasdiqlanadi, 
yoki rad etiladi. 
Telefon orqali bron qilish jarayonida mijoz bilan suhbatda etiborli bo‘lish juda 
muhim, chunki bu suhbatdan mijozning mehmonxona haqidagi taassuroti 
shakllanadi.Qoida bo‘yicha go‘shakni maksimum 5ta gudokdan so‘ng ko‘tarish kerak 
va albatta, ushbu xodim mehmonxonaning nomerlari bandlik holati haqida 
malumotga ega bo‘lishi shart.Nomerlarga buyurtmani telefon orqali qabul qiluvchi 
mehmonxonalarda maxsus blankalar ishlab chiqilgan.Unda faqat kerakli grafalar 
belgilanadi, arizani to‘liq yozib olish shart emas.Bunday blankalar bron bo‘limi 
kompyuterida ham bo‘lishi mumkin.Telefon orqali bron qilishda yozma tasdiqlovchi 
hujjat talab qilinadi. 
Bron qilishning kompyuter usuli mehmonxonalar va mijlzlar uchun keng 
imkoniyatlar yaratmoqda.Jahon amaliyotida bron qilishning kompyuterli tizimlari 
mavjud: bron qilishning 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə