Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

tasdiqlangan
hisoblanadi. Mijozga rezerv haqidagi tasdiq pochta 
yoki faks orqali yetib borishi uchun rezerv qilinganlik haqida tasdiqni olish bir 
muncha vaqtni talab qiladi.Odatda tasdiq xatiga quyidaga malumotlar kiritiladi: 
arizani ro‘yxatga olish raqami, mehmonning kelib ketish sanasi, buyurtma qilingan 
nomer turi, mehmonlar soni, kerakli krovatlar soni, shuningdek, mehmonning har xil 
talablari.Mijoz mehmonxonaga o‘zi bilan bu tasdiqnomani har ehtimolga olib 
keladi.Bunday tasdiqnoma ham mijoz uchun kafolat bo‘la olmaydi, chunki shunday 
qoida bor: mehmon 18 soatgacha kelmasa, mehmonxona zarurati bo‘yicha bronni 
bekor qiladi. 
Bron qilish tizimini rivojlantirishda bir qator muammolar bo‘lishi mumkin: 
-
lazerli printerlardan foydalanishda qimmatbaho elektron uskunalarni sotib olish va 
o‘rganish; 



81 
-
bunday uskunalar bilan ishlashni tashkil etish va nazorat qilishda malakali 
mutaxassislarning kamligi; 
-
bu darajadagi texnik obetlarni joylashtirishdagi kerakli maydon(joy) muammosi. 
Integratsiya rivoji sharoitida born tizimini qo‘llashda talab oshmoqda. Bu tizim 
mehmonxona xo‘jaligi samaradorligiga erishish yo‘lidagi keng hajmla operatsiyalarni 
tanlab, turistik biznes, restoranlarni rivojlantirishda ularning imkoniyatlarini 
kengaytiradi. 
Hozirda kafolatlangan va kafolatlanmagan bron turlari keng qo‘llanilmoqda. Bu 
turlar mazmunini boyitish uchun xizmat ko‘rsatuvchi kadrlar professional malakasini 
modernizatsiyalashni qo‘llash kerak. Bu yerda xizmatlar assortimenti sifati kashfiyoti 
amal qilishi lozim. Bu holatlarda
 
mehmonxonalarda joylarni bron qilish turi bog‘liq 
bo‘ladi
Kafolatlangan 
bron – bu mijozga buyurtma berilgan nomerni olishini 
kafolotlovchi, otelning bron haqidagi tasdig‘idir. Bunday hujjat kechikib kelish 
ehtimoli bo‘lganda zarurdir.Bron qilishda mehmon kredit kartochkasi raqami yozib 
olinadi, mehmon kechikkanda ham bu nomer to‘langanligi kafolatini beradi. Shu 
shart bilan mehmon kelgunicha nomer bo‘sh turadi. 
Kafolatlangan bron afzalligi shundaki, mehmon buyurtmadan foydalana 
olmasligini tushunsa, uni bekor qilishi mumkin. Bunday tasdiqnoma yordamida 
mehmonxona bo‘sh nomerlari haqida aniq malumotga ega bo‘lish mumkin. 
Kafolatlangan bron qilishning boshqa turi depozit(avans)to‘lovdir. Bazi 
holatlarda (m: mavsum tig‘izligida) kutilayotgan mehmon kelmayotganligi sababli 
nomerning turib qolishini oldini olish maqsadida mehmonxona mijozdan bir kunlik 
yoki yashash muddati bahosining yarmini to‘lashini so‘rashi mumkin. 
Turistik guruhni joylashtirishda ham oldindan to‘lov talab qilinadi. Bu ham 
kelmay qolish holati bilan kurashishning bir yo‘lidir. 
Kafolatli bron qulayligidan tashqari bir qator muammolari ham mavjud: bank 
o‘tkazmalarini rasmiylashtirishdagi to‘xtab qolishlar; mehmonxona nomerlari 
narxlarining o‘zgarib turishi; jarimalar(sekuin ishlashi); kafolatga rioya qilishdagi 
tashkiliy tizimning zaifligi; teskari aloqaning sustligi. 
Bron qilishda asosiy etibor kompaniyalar, aksiyadorlik kompaniyalariga 
qaratiladi, xususiy shaxslar uchun bron tizimi sustroq ishlaydi. 
Kafolatlanmagan 
bron qilish o‘z xususiyatiga ko‘ra mehmonxona 
imkoniyatlarini kengaytiradi.Malum soatgacha mehmon kelmasa, nomer boshqalarga 
berilishi mumkin yoki bo‘sh hisoblanadi. 
Guruhli 
bron qilishning 

(10 tadan ziyod nomerlarni bron qilish) individual bron 
qilishdan farqi shundaki, bron xizmati menejerlari shartnoma tuzish uchun masul 
shaxs bilan bevosita o‘zi uchrashishi va guruhga xizmat ko‘rsatish shartlarini 
kelishib olishi mumkin. 
Ertalab qabul xizmati klerki navbatchilikka kirishayotganida 
mehmonlar 
bo‘shatgan nomerlar sonini bo‘sh nomerlar soniga jamlaydi, Chiqqan natijadan bron 
qilingan nomerlar sonini olib tashlaydi va chetdan kelgan mehmonlarga taklif etishi 
mumkin bo‘lgan nomerlar soni chiqadi.Bunda qabul xizmati malumotlari xo‘jalik 
xizmati (houzekeeping) axborotlari bilan solishtiriladi, ko‘pincha tushunmovchiliklar 
yuzaga keladi. Masalan, xo‘jalik xizmati nomer bo‘shligini ko‘rsatadi, bron xizmati 



82 
malumotlari bo‘yicha nomer kafolatli to‘lov bilan bron qilingan, mijoz nomerni hali 
egallamagan.Qabul xizmatida nomer band ko‘rschatilgan, xo‘jalik xizmati esa 
nomerga yukning yo‘qligi va mijoz tunab qolmaganligini aytadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə