Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/87
tarix10.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#116555
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
«mehmonxona servis xizmati»

Front office
– bu mehmonxonaning komanda punkti, uning nerv markazi, 
mehmon bilan otel xizmatlari yuzma-yuz uchrashib, xayrlashadigan joyidir. 
Mehmon uchun Front office – bu otelning yuzi, mehmonning otel bilan munosabati 
qabul xizmatida turgan xodim suhbati bilan chegaralanishi mumkin.Shuning uchun 
bu xizmat xodimlarining odamlar bilan muloqot qila olishi ularning muhim 
fazilatlaridan biriga kiradi.Ushbu xizmat xodimlari “tovar” yani otelni sotishni 
bilishi, uning imidjini yaratishi, mehmonxona menejmenti vakili bo‘lib, mehmonning 
muammolarini yechishi va umuman ularning yaxshi do‘sti bo‘lishlari kerak. 
Qabul qilish xizmati administratori zo‘r psixolog bo‘lib, mijoz bilan suhbatda 
to‘g‘ri yo‘l tanlashni va u nimani qadrlaydi darrov anglashi muhim(osoyishtalikni, 
nomerda qo‘shimcha xizmat). 
Qabul qilish xizmati xodimlari otel haqida barcha malumotlarni (nomerlarning 
yaxshi va yomon taraflari, joylashishi, narxi, boshqa xizmatlar...), shaharning 
diqqatga sazovor joylarini, manzilini, qanday borish mumkinligini, transport, muzey, 
teatrlarning ishlash rejimini to‘liq bilishlari shart. 
Qabul qilish va joylashtirish bo‘limining asosiy funksiyalari: tashrif buyurgan 
mehmonlarni ro‘yxatga olish, nomerlarni taqsimlash,mehmonlarni joylashtirish, 
ro‘yxatdan chiqarish va boshqa qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishdir. 
Qabul qilish xizmati otel xollida joylashgan bo‘lishi shart.Iloji bo‘lsa, qabul 
xizmati klerklari o‘z ish joylaridan liftni ko‘rib turishlari lozim.Bu mijozlar va yuklar 
ustidan qo‘shimcha nazoratni olib borish imkonini beradi. 
Front office kechayu-kunduz uch smenada ishlaydi: Birinchisi-7.00-15.00gacha; 
ikkinchisi-15.00-23.00 gacha; uchinchisi-23.00-ertalab 7 gacha.Albatta tungi smena 
qisqartirilgan tarkibda ishlaydi. 
Front office da sanab o‘tilgan bo‘limlardan tashqari mehmonxona kassasi ham 
kiradi va u ikki tomonga, yani qabul bo‘limi va buxgalteriyaga bo‘y sunadi.
Xuddi shunday bron xizmatini Front office manajer va marketing bo‘limi nazorat 
qiladi. 



76 
Front office mijozlar, ularning tabi, qadriyatlari, tug‘ilgan kuni haqida axborot 
yig‘adi va saqlaydi.Mehmonlar haqidagi axborotlar va VIP mijozlar bilan ishlarni 
mehmonlar bilan ishlovchi menejer(quest relation manajer), juda muhim 
mehmonlarni bosh direktorning o‘zi kutib olishi mumkin.
Teatr 
va 
muzeylarga 
chiptaga 
buyurtma 
berish, 
transferni 
tashkil 
qilish(aeroportdan otelga yoki teskarisi), avtomobilga buyurtma berish va shu kabilar 
bilan
konserj
shug‘ullanadi.Malakali konserj Rimda Papa bilan uchrashuv 
uyushtirishi, Nyu-Yorkdagi eng zamonaviy myuziklda chipta topishi mumkin.
 
Konserj shveysar(doorman),yuk tashuvchi(porter), paj(bellman), va lift xodimlari 
ishini nazorat qiladi.Bu xizmat ishi oson, lekin muhimdir. 
Shveysar
mehmonni kutib oladi, eshikni ochadi, taksi chaqiradi, parkovkani 
boshqaradi, mehmon yuklariga yordam beradi, yukni qo‘riqlab uni yuk tashuvchiga 
topshiradi, ular esa o‘z navbatida yukni mehmonxonaga olib kirib, nomerlarga 
taqsimlaydi. Shuningdek, shveysar shaharning barcha diqqatga sazovor joylarini 
bilishi va kerak bo‘lganda mehmonga yo‘l ko‘rsata olishi zarur. 
Paj
mehmonni nomerga kuzatadi, yukini olib boradi, nomerni ochadi, uning 
tayyorligini tekshiradi va korrespondensiyalarni nomerga tarqatadi.Paj direktorning 
“ko‘zi va qulog‘i”dir, u barcha shubhali hodisalarni “yuqoriga” kerak. 
Kiruvchi, chiquvchi telefon qo‘ng‘iroqlari-bu 
telefon operatorlarining
xizmat 
doirasidir, shuningdek, telefon suhbatlarining o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat 
qilishadi, mehmonni uyg‘otish va ularning savollariga javob berish(yoki axborot 
olish mumkin bo‘lgag xizmatga ulash) ham ularning vazifasidir.Telefon xizmati 
xodimlari yoqimli ovozga ega bo‘lishlari kerak 
Mehmonxona administratori
(porte) quyidagilarni bajara olishi kerak: 
-
yordam ko‘rsatish; 
-
hujjatlarni rasmiylashtirish; 
-
mehmonxona kompleksi obektlariga yo‘nalishlarni bilish; 
-
“men bilmayman, bu menga malum emas”iboralariga yo‘l qo‘ymaslig; 
-
kiyimining tozaligiga etibor berish; 
-
xorijiy tilni bilish; 
-
mehmonnavozlikka to‘g‘ri keladigan so‘zlardan foydalanish; 
-
raqobatbardoshlikni saqlash; 
-
ertangi kunga ish joyini tayyorlash; 
-
maksimal initsiativada subordinatsiyani saqlash
-
masuliatni o‘z bo‘yniga olish. 
Front office tarkibidagi yana boshqa xizmatlar- moliyaviy xizmatlar(valyuta 
ayriboshlash), pochta xizmati, shahar haqida malumotlar kiradi. 
Mehmonxonadagi bu bo‘limning 
asosiy vazifasi
: nomerni bron qilish, mijozlarni 
ro‘yxatga olish, ularni joylashtirish va kuzatib qo‘yishdir.
Front office ning servis bo‘yicha hamkorlari-ekskursiya byurosi, avtomobillarni 
ijaraga berish tashkiloti, turistik agentliklar bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə