Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Hajmiy tahlil haqida tushuncha



Yüklə 97,91 Kb.
səhifə25/26
tarix29.04.2022
ölçüsü97,91 Kb.
#86170
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Очиқ дарс ишлан. 2020 й

Hajmiy tahlil haqida tushuncha

Titrimetrik tahlilda turli tipdagi kimyoviy reaksiyalar qo`llaniladi. Reaksiya turiga muvofiq, ravishda hajmiy tahlil usullari ham bir necha guruhga bo`linadi: 1) ionlarning o`zaro ta`siriga asoslangan usullar; 2) oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan usullar; 3) kompleks hosil bo`lishiga asoslangan usullar.

Birinchi guruhga neytrallash va cho`ktirish, ikkinchi guruhga turli oksidlanish-qaytarilish, uchinchi guruhga elektrolitlar eritmasida kompleks birikmalar hosil bo`lish reaksiyalari kiradi. Neytrallash usuli neytrallanish reaksiyalariga asoslangan. Ularni umumiy ko`rinshda quyidagicha ifodalash mumkin:

Kislota+ ishqor = tuz +suv

yoki

H++OH-=H2O

Bu usul eritmalardagi kislota yoki ishqorlar konsentratsiyalarini aniqlashda ko`p qo`llaniladi. Shuningdek, eritmadagi gidrolizlanuvchi tuzlar konsentratsiyasini aniqlashda ham neytrallash usulidan foydalanish mumkin. Eritmadagi ishqorlar yoki suvdagi eritmalarda gidrolizlanishi natijasida ishqoriy muhit hosil qiluvchi tuzlar konsentratsiyasini aniqlashda standart ishchi eritmalar sifatida kislota eritmasi ishlatiladi. Ushbu tipdagi aniqlashlar atsidimetriya (lotincha acidum — kislota) deb ataladi.

Kislotalarning konsentratsiyasini yoki gidrolizlanish tufayli kislotali muhit hosil qiluvchi tuzlar konsentratsiyasini aniqlashda standart ishchi eritmalar sifatida ishqorlar eritmasi ishlatiladi. Bunday jarayonlar alkalimetriya (lotincha alkali — ishqor) deb ataladi. Neytrallash usulida ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indi­kator rangining o`zgarishidan foydalanish mumkin. Indikatorlardan fenolftalein, lakmus, metiloranj, metil qizil ko`p qo`llaniladi.Cho`ktirish usulida aniqlanadigan ion standart ishchi eritma bilan ta`sirlashib, qiyin eruvchan birikma hosil qilib cho`kmaga tushadi. Cho`kma hosil bo`lish jarayonida muhit o`zgaradi, bundan foydalanib ekvivalent nuqtani aniqlash imkoni tug`iladi. Masalan, titrimetrik tahlilda Cl- ionlarini aniqlashda tekshirilayotgan erit­mani AgNO3 eritmasi bilan titrlanadi. Indikator sifatida K2CrO4 tuzi eritmasi qo`shiladi. Tekshirilayotgan eritmadagi Cl- ion lari AgCl holida cho`kmaga to`liq o`tgandan keyin qo`shilgan AgNO3 qizil-g`isht rangli Ag2CrO4 cho`kmasini hosil qiladi, Ag2CrO4 cho`kmasi ho­sil bo`la boshlashi sezilgan zahoti titrlashni to`xtatish kerak.

Titrimetrik cho`ktirish usullari ham turlicha nomlanadi. Bunda qanday standart ishchi eritma ishlatilganligi asos qilib olina­di. Masalan, ana shu maqsadda AgNO3 eritmasidan foydalanilsa argentometriya yoki ishchi eritma sifatida NH4SCN eritmasidan foydalanilsa rodanometriya usuli deb ataladi.

Kompleks hosil bo`lishiga asoslangan titrimetrik usul kam ionlanuvchi kompleks birikmalarning hosil bo`lishiga asoslangan. Titrimetrik usul yordamida turli kationlarni (Mg2+, Ca2+, Zn2+, Hg2+, Al3+, Cu2+, Co2+, Ni2+, Mo6+) va anionlarni (CN-, F-, Cl-) aniqlash mumkin, bunda ushbu ionlarning kompleks birikmalar ho­sil qilish xususiyatlaridan foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda ion­larning organik moddalar (komp-leksonlar) bilan ta`sirlashuviga asoslangan titrimetrik tahlil usullari keng qo`llanilmoqda.

Oksidlanish- qaytarilish usullari tekshirilayotgan eritmadagi ionlar bilan standart ishchi eritma tarkibidagi ionlar orasida sodir bo`ladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslanadi.

Eritma tarkibidagi aniqlanayotgan ionning xususiyatiga qarab miqdoriy aniqlashlarda standart ishchi eritma sifatida qaytaruvchi ionlar (Fe2+, C2O42-, NO2-va boshqalar) yoki oksidlovchi ionlar (Cr2O72- , MnO4-, ClO3-, Fe3+ va boshqalar) mavjud bo`lgan tuzlar eritmasidan foydalaniladi. Ayrim oksidlanish-qaytarilish usullarini nomlashda tahlilda qanday standart ishchi eritma ishlatilganligiga asoslaniladi.

Miqdoriy tahlilda permanganatometriya, yodometriya, xromatometriya kabi oksid-lanish-qaytarilish usullari ko`p qo`llaniladi.

Permanganatometriya. Bu usulda standart ishchi eritma sifatida KMnO4, eritmasi ishlatiladi. U reaksiyalarda oksidlovchi vazifasini o`taydi.

Yodometriya. Erkin yod J2 kimyoviy reaksiyalarda oksidlov­chi, J- ioni esa qaytaruvchi sifatida ishtirok etadi. Yodometriya usulida indikator sifatida kraxmaldan foydalaniladi.

Xromatometriya. Bu usul aniqlanayotgan ionni yoki elementni K2Cr2O7 ning standart ishchi eritmasi bilan oksidlanishiga asoslangan.

Oksidlanish-qaytarilish usullaridan bromatometriyada KBrO3, vanadatometriyada NH4VO3 oksidlovchilar sifatida ishlatiladi.

Qaysi usulda tahlil o`tkazilmasin: 1) standart (ya`ni, titri aniq.) Ishchi eritma tayyorlashga; 2) mos keluvchi indikator tanlashga; 3) o`zaro ta`sirlashuvchi eritmalarning hajmini to`g`ri o`lchashga e`tibor berish zarur

Yüklə 97,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə