``san`atshunoslik`` fakulteti ``muhandislik va kompyuter grafikasi`` kafedrasi



Yüklə 21,99 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü21,99 Kb.
#166005
kurs ishi 22.1 Baxtiyorova Shohida


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

``SAN`ATSHUNOSLIK`` FAKULTETI
``MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI`` KAFEDRASI

``Himoyaga tavsiya etilsin``


``Muhandislik va kompyuter grafikasi``
Kafedrasi mudiri
_________ p.f.f.d. B.B.Ko`kiyev
___ __________2023 yil

5110800- ``Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi`` ta`lim yo`nalishi
2-bosqich kunduzgi 22.1 guruh talabasi


Baxtiyorova Shohida Bahodir qizining

CHIZMACHILIK FANINI O`QITISH METODIKASI FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: O`lchash asboblari va ulardan foydalanish
Ilmiy rahbar: J. .HAYITOV


Chirchiq 2023

MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………………………………………………………………………………………


1.BOB. Chizmachilik fanining rivojlanish tarixi

Bizga ma’lumki har bir fanning paydo bo‘lish tarixi uni qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligidan, qadimiyligidan, jamiyatning taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasidan dalolat beradi.Chizmachilikning rivojlanishi rasm chizishdan boshlangan. Qadimda misrliklar turar joylarni, saroylarni, ibodatxonalami qurishda eng oddiy usul bilan boisada, bu inshootlarning shakl va o‘lchamlarini tasvirlay olganlar. Qadimgi zamon odamlari, qoyalarga o‘yib ishlangan rasmlar, devorlardagi naqqoshlilik, xattotlik san’ati va shunga o‘xshash tasvirlar o‘sha davr xalqlarining chizma sohasidagi birinchi tushunchalarini aks ettiradi. Shaharlarning saqlanib qolgan planlari, binolarning plan va fasadlari hamda turli hujjatlar buning dalilidir. Grafik tasvirga bo`lgan ehtiyoj ibtidoiy jamoa davrida paydo bo`la boshlagan. Ibtidoiy odamlarning bizgacha saqlangan mehnat qurollari va buyumlaridaqo`llanilgan bezaklar hamda qoyatoshga o`yib ishlangan ko`plab tasvirlar bundan guvohlik beradi. Chizmachilikka oid dastlabki ma’lumotlar eramizdan 300 yil mu- qaddam paydo boigan. Rim me’mori va muhandisi Mark Vitruviy (miloddan avvalgi 1-asrning ikkinchi yarmi) tekislikda binolarning tasvirlarini yasash yo‘larini ishlab chiqqan. Bu bilan u to‘g‘ri burchakli proyeksiyalar yasash ishiga asos solgan.


O‘zbekistonda Quyimozor va Oqtomda arxeologlar tomonidan qazish ishlari olib borilganda eramizdan oldingi 2-1- mingyilliklarga taalluqli odamning olddan va yonidan ko‘rinish tasviri topilgan. VI-VII asrga oid kumush idishda binoning me’moriy fasadi tasvirlangan. VII asrdan XV asrgacha o‘rta Osiyoda fanning barcha sohalarida katta ilmiy yutuqlarga erishilgan. Masalan, mashhur olim Muhammad ibn Muso alXorazmiy (783—850) yunon olimi Ptolemey tomonidan bayon qilingan ba’zi masalalarni aniq emasligini chizmalar orqali isbotlab bergan. U o‘z asarlarida turli mamlakatlar, dengiz va tog‘lar, katta daryo va ko‘llarning xaritalarini tasvirlagan. Olimning chizgan xaritalaridan o‘ntasi bizgacha yetib kelgan . Abu Nasr Forobiy (873-950) o‘zining geometrik yasashlarga doir asarida konstruktiv geometrik masalalarni yechishni bayon etgan. Ayniqsa, o‘zgarmas pargar yordamida geometrik masalalar yechishni chizmalar orqali batafsil bayon etgan. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) shar ichida besh xil muntazam ko‘pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan. Bular noriy - to‘rtyoqlik (tetraedr), orziy - oltiyoqlik (geksaedr), havoiy - sakkizyoqlik (oktaedr), falakiy - o‘nikkiyoqlik (dodekaedr), moiy - yigirmayoqlik (ikosaedr) lardir . O‘rta Ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq dastlabki arxitektura–qurilish paydo bo`la boshlagan. Ibtidoiy arxitektura namunalari ertola, kulba, kapa (chayla)lardan iborat bo`lgan; suvga yaqin joylarda esa xarsangtosh, loy, suyak, yog`och, shox–shabalardan qurilgan. Bunday ibtidoiy arxitektura namunalaridan 30ga yaqin turar joy qoldiqlari Markaziy Qozog`iston hududidan topilgan. Markaziy Qozig`istondagi Bug`ili tog`idan topilgan ibtidoiy binolardan (rekonstruktsiya qilingan) birining tasviri ko`rsatilgan. Ibtidoiy jamoa davridagi binolarning qoldiqlaridan ko`rinib turibdiki, ular to`g`ri to`rtburchak qilib, erto`la va yarim ertola tarzida qurilgan. Respublikamiz hududida miloddan oldingi IV asrda har qaysi xalqlar o`zini chetki dushmanlardan himoya qilish uchun qalin va baland devorlar, qo`rg`onlar va istehkornlar qurishgan (Jonbos qal`a, Dalvarzin tepa, Tuproq qal`a, Buxoro yaqinidagi Varaxsha, Termiz yaqinidagi Bolalik tepa, Farg`ona vodiysidagi Quva qal`a va b.). Istehkomlarni qurishdan oldin albatta ularning tarhi (plani) chizib olingan. Shunday qilib, O`zbekiston hududida asta–sekin arxitektura–qurilish chizmalarini bajarish takomillasha borgan va shu chizmalar asosida binolar qurish shunday yuqori darajaga ko`tarilganki, so`ngi o`n asrdan ortiq vaqt davomida Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlarda avlodlarimiz tomonidan bunyod etilgan tarixiy obidalar –hozirgi kunga, kelib jahon arxitektura san`atining durdonalariga aylangan. Shu sababli ham bu shaharlarni «ochiq osmon ostidagi muzey shahar» deb bekorga aytmaydilar. Ajdodlarimiz qurilishda ishlatiladigan turli shakldagi g`ishtlar tayyorlashda o`ziga xos standartlardan, ya`ni g`isht quylsh qolip (yog`ochdan tayyorlangan moslama) lardan foydalanganlar. Bu esa O`zbekiston hududida ayrim standart turlaridan ming yillar oldin foydalanganlaridan dalolat beradi. Keyinchalik olimlar o`zlarining ilmiy ishlarida` yozuv bilan bir qatorda grafik tasvir lardan keng foydalanganlar (O`rta Osiyo mutafakkir olimlari Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 «Научный импульс» Ноябрь, 202 1998 ishlarida grafik tasvirlardan foydalanish tarixi ming yillardan oshadi. Ular o`z asarlarida o`ziga xos chizmalardan mohirona foydalangan. Bunga dalil sifatida Ibn Sinoning «Donishnoma» (Ibn Sino, Donishnoma, Tehron, 1952) asaridagi grafik tasvirlarning ayrimlarini olib qaraylik. Asarning geometriya oid bobida, jumladan chizmachilik asboblardan sirkul (pargar) harnda chizg`ich yordamida bajariladigan masalalarning bajarilish tartibi tushuntirib beriladi. Mexanikaga bag`ishlangan boblarda esa chig`iriq, blok, richag vint, pona kabi oddiy maslamalarning tuzilishi–bayon qilinadi hamda ular grafik tasvirlarda yaqqol ko`rsatib beriladi. Shunisi diqqatga sazovorki, chig`iriq, vint, pona kabilarnrng yaqqol tasviri aksonometrik proyeksiyalarda balarilgan. Pona aksonometrik proyeksiyalardako`rsatilgan. Blok, ustun kabilar esa aksonometrik proyeksiya bilan omixtalashtirilgan holda perspektivada. Ibn Sino asarida mexanizmlarning yaqqol tasviri bilan bir qatorda, ularning chizmasini sxemada ham tasvirlaydi. Chunonchi, g`ildirak bilan vintlarni, shuningdek g`ildirak, vint va bloklarni ilashtirishni tasvirlar ekan, ayni paytda ularni grafik tasvirlarda ko`rsatadi. Bular yig`ma chizmalar bo`lib, kinematik sxemalarni eslatadi. Bunday chizmalarni Abu Rayhon Beruniy, Al–Xorazmiy, Ali Qushchi kabi allomalarning ishlarida ham ko`plab uchratish mumkin. Odamlarning ishlab chiqarish faoliyatining rivojlana borishi ular oldiga buyumlarni tekislikka aniq tasvirlash va tasvir asosida buyum o`lchamlarini aniqlash bilan bog`liq bo`lgan tasvirlash vazifasini qo`ya boshladi. XVIII asr oxirida frantsuz olimi Gaspar Monj o`zidan oldin yashab o`tgan olimlarning ilmiy asarlarini o`rganib chizmachilik fanini nazariy asosi hisoblangan «Tasviriy geometriya» («Chizma geometriya») kitobini yozdi. Bu kitob 1798 yilda nashrdan chiqib, tez orada butun Evropaga yoyildi va texnikada keng tadbiq qilina boshlandi. G.Monj o`zaro perpendikulyar bo`lgan ikki tekislikka to`g`ri burchak ostida (ortogonal) proyeksiyalashning asoschisi hisoblanib, bu usul hozirgacha «Monj usuli» deb yuritiladi. Amalda foydalaniladigan va o`lchash bilan bog`liq bo`lgan proyeksion, mashinasozlik va arxitektura–qurilish va boshqa barcha chizmalar Monj usulida bajariladi. Respublikamizda oddiy uy–rovzg`or buyumlaridan tortib to ulkan samalyotlarni ishlab ,. chiqarish va qurilish ishlarini bajarishda Monj usuli asosida standart bo`yichatayyorlangan chizmalar dan foydalanadilar. Masalan, Toshkent aviasozlik zavodida ishlab chiqarilayotgan IL–76M rusumli transport samolyotni` yig`ishda, yuzlab malakali ishchi va injener–texnik xodimlar bir nechta mamlakatda standart chizmalar asosida tayyorlangan ikki mingga yaqin detal va uzellardan foydalanadilar. Yoki Respublikamizda qad roslayotgan murakkab konstruksiyali ko`p qavatli muhtaShakl binolar ham arxitektura–qurilish chizmalari asosida qurilmoqda. Respublikamizda tasvirlami o`rganish «Chizmachilik» va «Chizma geometriya»nomlar bilan 1931 yildan boshlab maktab va oliy o`quv yurtlarida o`qitila boshlandi. Bu soha bo`yicha elikka yaqin fan doktori va fan nomzodlari etishib chiqdi. Bu fanlarni rivojlantirish hamda o`qitish va uni takomiilashtirishda o`zbek pedagog olimlardanR.Xoruno`, Международный научный журнал № 4 (100), часть 2 «Научный импульс» Ноябрь, 202 1999 YU.Qirg`izboev, e.Sobito`, I.Rahmono`, S.Murodov, A.Akbarov, J.Yodgorov, L.Hakirno`, A.lsmatullaev, P.Odilo` va metodist olimlardan A.Umronxo`jaev, E.Rovziev kabilarning hissalari katta boldi. Chizmachilikni har kim bilishi kеrak. Chizmalar har qanday ixtisosdagi kishilarning doimiy yo`ldoshidir. Ular tеxnikadagina emas, balki boshqa sohalarda ham qo`l kеladi. Chizmalarga qarab turar joy binolari, to`g`onlar, elеktr stantsiyadari, shaxtalar, shossе va tеmir yo`llar quriladi. Bunday chizmalar injеnеrlik qurilish chizmalari dеb ataladi. Chizmalarga qarab poyafzal tayyorlanadi, kiyimlar tikiladi, mеbеllar yasaladi, shahar va qishloq posyolkalari planlashtiriladi va ko`kalamzorlashtiriladi. Vrachlarga chizmalar murakkab mеditsina tеxnikasini o`rganishda yordamga kеladi. Uchuvchi va dеngizchilar kеma yo`lini aniqlashda chizmalardan foydalanadilar. Chizma maktab o`quvchilariga fizika, matеmatika va gеografiyani o`tishda kеrak bo`ladi. Shu sababli, savodli kishi bo`lib еtishish, o`z mеhnati bilan Vatanga foyda еtkazish uchun chizmachilikni qunt bilan o`rganish kеrak. Chizmachilik va tеxnika. Inson maktabda, uyda va ko`chada turli asbob va mashinalar qurshovida yashaydi. Bizning zavod va fabrikalarimizda har kuni ko`plab stanoklar, elеktrovozlar, samolyotlar, maishiy mashinalar, masalan, Muzkatgichlar, chang yutgich va boshqalar ishlab chiqariladi. Chizmasiz bu mashinalarni yaratish ham, ishlab chiqarish ham mumkin emas. Chizmalar injеnеrning o`y fikrlarini ishchiga еtkazadi. Chizmalarga qarab mashinalarning ayrim qismlari yasaladi, tayyor dеtallardan murakkab qurilmalar yig`iladi. Shu sababli, chizmani “tеxnika tili” dеb ataydilar. Tеxnikani egallash uchun, yuqori malakali ishchi, qishloq Xo`jalik mеxanizatori yoki injеnеr bo`lib еtishish uchun chizmalar tayyorlashni, ya'ni chizmalar chizishnibilish va ularni tushunish, yoki chizmachilik tili bilan aytganda, chizmalarni o`qiy olish kеrak. Ishchi Chizmani o`qir ekan, konstruktor o`ylab chiqargan narsani ko`z oldiga kеltiradi. Chizmalar zavodlardan zavodlarga, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga yuborib turiladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib chizmachilikning barcha turlari asosi hisoblangan geometrik chizmachilik ham mavjud. Geometrik chizmachilik barcha yasash usullarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, narsa va har xil egri chiziqlar majmuasining chizmasi bitta proyeksiyada bajariladi. Standartlashtirish texnika taraqqiyotini tezlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. Standartlar texnik hujjatlar bo‘lib, ular buyumlarning o‘lcham, shakl, og‘irlik, material va boshqa sifatlarini ko‘rsatadi. Chizma standartlari qonun kuchiga ega. Chizmalarni standartlashtirish bilan chizmalarni chizishda xilma-xillikka barham beriladi. Natijada chizmalarni taxt qilishda bir xillikka erishiladi, chizmalar qayerda, qachon va kim tomonidan chizilganidan qat’i nazar, to‘g‘ri tushunilishi ta’minlanadi
Yüklə 21,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə