Sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi



Yüklə 361,49 Kb.
səhifə4/9
tarix24.12.2023
ölçüsü361,49 Kb.
#159874
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sanoatda tannarx, foyda va ishlab chiqarish rentabelligi

Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar.

Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi:

    1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bo’yicha mehnatga haq to’lash fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar.

    2. Nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga ajratmalar.

    1. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.

Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

    1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (hisoblangan eskirish), lizing bo’yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga kiradi.

    2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har oyda xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali foydalanish muddatidan (biroq xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo’ladi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.

    1. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.

Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning navbatdagi kompleks moddalari I, II, III, IV – bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari bo’yicha ajratiladi.
1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari:

    • ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari;

    • asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko’rik va qarov, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda (joriy, o’rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo’jalik yurituvchi subyektning o’z kuchi bilan o’tkazish ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi to’lash xarajatlari va boshqalar) bo’yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi.

Zarurat bo’lganda ayrim tarmoqlarning xo’jalik yurituvchi subyektlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish ishlarini o’tkazish uchun mablag’lar zahirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu zahiraga ajratmalar «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi va ko’zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har bir obyektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Zahiraga ajratmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta ko’rib chiqiladi va zarur bo’lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar miqdori ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zahira mablag’lari summasi ushbu obyektni tuzatishga qilingan haqiqiy xarajatlar summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bo’yicha tuzatish kiritilishi kerak: agar haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi.

    • yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda xo’jalik yurituvchi subyektlarni texnikaviy foydalanish qoidalari bian nazarda tutilgan boshqa maxsus talablar bilan ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari.

Idoradan tashqari, qo’riqlash xarajatlari bunday qo’riqlash mavjud bo’lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo’lgan taqdirda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin.

    • ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar;

    • tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog’liq joriy xarajatlar, jumladan, ifloslantiruvchi moddalarni yo’l qo’yiladigan normalar doirasida va undan ortiqcha atrofmuhitga chiqarganlik uchun to’lovlar;

    • ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;

    • xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog’liq bo’lgan sog’liqni muhofaza qilish tadbirlari;

    • tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoqlar xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, xo’jalik yurituvchi subyekt xodimlariga beriladigan tekin uy-joy haqini to’lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi).

    • amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyimbosh, maxsus ovqatlar, yoki ular pasaytirilgan narxlar bo’yicha sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi);

    • ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan boshqaruvning texnik vositalarini, aloqa uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;

    • qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq to’lash.

    1. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat safarlariga yuborish bo’yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar.

    2. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug’urta qilish xarajatlari.

    3. Brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar.

    4. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar.

    5. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari.

    6. Mahsulot (xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari.

    7. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to’lanadigan nafaqalar.

    8. Umumiy foydalaniladigan yo’lovchilar transporti xizmat ko’rsatmaydigan yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xarajatlar.

    9. Mahsulot tannarxi nazariyasida mahsulot tannarxi tarkibi degan muhim tushuncha mavjud. U ayrim xarajatlarning mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatlar summasidagi nisbatini ko’rsatadi. Odatda, tarkib foiz hisobida o’lchanadi.

    10. Tannarx tarkibi tarmoqlar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog’liqdir.3

    11. Mahsulot tannarxining tarkibi o’zgarmas miqdor hisoblanmaydi. Sanoatning o’sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashishi, asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning yaxshilanishi, ish haqi miqdorining o’zgarishi, iste’mol buyumlari baholarining tartibga tushishi va transport tariflarining o’zgarishi bilan mahsulot tannarxi tarkibi ham o’zgaradi.

    12. Mahsulot tannarxida qaysi guruhdagi xarajatlar asosiy o’rin tutishiga qarab, sanoat tarmoqlari bir-biridan farq qiladi – ko’p mehnat, ko’p material, ko’p energiya, ko’p mablag’ talab qiladigan bo’ladi. Buni 13 - jadvaldagi ma’lumotlardan ko’rish mumkin.


    13. 13-jadval O’zbekiston sanoat tarmoqlari bo’yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish tannarxining tarkibi (ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlar foiz hisobida)





    14. Ish haqi uchun qilinadigan xarajatlar (mehnat xarajatlari) salmog’i eng katta bo’lgan ishlab chiqarish tarmog’i ko’p mehnat talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (ko’mir sanoati, yog’och tayyorlash sanoati va boshqalar).

    15. Xomashyo va materiallarga qilinadigan xarajatlar salmog’i eng katta bo’lgan ishlab chiqarish tarmog’i ko’p material talab qiladigan tarmoq hisoblanadi (engil sanoat va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik).

    16. Xarajatlarning ko’p qismi asosiy vositalar amortizatsiyasi uchun sarflanadigan tarmoqlar ko’p mablag’lar talab qiladigan tarmoqlarga kiradi (masalan, neft va gaz qazib chiqarish, gidroelektrostansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish).

    17. Ishlab chiqarishning tarmoq xususiyatlarini hisobga olish, tannarx tarkibini va ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy tahlil qilish ishlab chiqarishda yuz beradigan asosiy texnik-iqtisodiy jarayonlarni o’rganish, ishlab chiqarishdagi chiqimlarni kamaytirishning asosiy yo’llarini belgilashga imkon beradi.


    18. Yüklə 361,49 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə