Savol: Gimnastikaning rivojlanish tarixi va jismoniy tarbiya tizimidagi o’rni tushunchalaringizni yozing


Savol: Gimnastika mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish tushunchalaringizni yozing



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə6/10
tarix26.01.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#99437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oroliq topshiriqlari gimnastika

Savol: Gimnastika mashg‘ulotlarida shikastlanishning oldini olish tushunchalaringizni yozing .
Gimnastning shikastlanishini oldini olish chora-tad-birlari.

Mashg`ulot o`tkazish jarayonida gimnastning shikastlanishini oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

1. Himoya moslamalarini qo`llash.

2. Murakkab mashg`ulotlarni bajarganda yordam berish.

3. Qo`l kafti qavarishining oldini olish uchun qo`l kaftiga maxsus charm nakladkalar kiyiladi.

4. Bilak-kaft bo`g`imining shikastlanishini oldini olish uchun qo`lning shu sohasiga maxsus charm manjet kiyiladi.

5. Mashg`ulot bajarish paytida snaryadga tegib shikastla-nishning oldini olish uchun tana va qo`l-oyoqlarning shikatlanishiga moyil sohalariga porolon prokladkalar qo`llanadi.

6. Trenirovka mashqlarida gimnastning shikastlanishini oldini olishda qo`shimcha ravishda quyidagi texnik tadbirlar qo`lla-nishi mumkin: paralon to`shalgan chuqur, tramplin va batut, to`siq-larga paralon bolish biriktirish, to`siqlarda burilish mashqlarini bajarganda belbog`lik trenajyorlarni qo`llash, xavfsizlik uchun amortizatsiyalovchi belbog`, brevnodan sakraydigan joyga paralon to’shash va hokazo.

7. Shikastlanish sababi ko`pincha gimnastning charchashi bilan bog`liq bo`ladi, shu bois quyidagi tartibga amal qilish tavsiya etiladi:

- bolalar va o`smirlar musobaqasi soat 21 gacha, kattalar musobaqasi soat 23 gacha tugashi kerak;

- ikkinchi va uchinchi musobaqa mashg`ulotlari o`rtasida bir kunlik dam olish, musobaqa davomida 3 marta bir kunlik dam olish tanaffuslari tashkil etilishi lozim.
Savol: Gimnastika mashqlarini o‘rgatish metodikasi tushunchalaringizni yozing.
Gimnastika mashqlarini o’rgatishdan maqsad, har qanday pedagogik jarayon singari, harakat ko’nikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun talabalarning o’qituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir.
Talabalarning umumiy harakat va sport tayyorgarligi
uchun:

  • ahamiyatli bo’lgan harakat ko’nikmalarini


shakllantirish;


  • kuch, tezkorlik, egiluvchanlik, epchillik, chidamlilik singari jismoniy sifatlarni tarbiyalash;


  • pedagogik-kasbiy ko’nikmalarni (maxsus ta’lim o’quv mas- kanlari talabalarida) shakllantirish lozim.


Gimnastika mashqlarini o’rgatish jarayonida hal etiladigan alohida vazifalar har bir aniq holda harakat tarkibini, uni bajarish sharoitining xususiyatlarini va o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini baholash asosida belgilanadi.


Ginmastika mashg’ulotlarida o’zlashtiriladigan mashqlar xilma- xil bo’lib, ular gavdaning alohida qismlarini oddiy harakatlari, oddiy turish holatlaridan (asosiy turish, osilish, tayanishdan) to jismoniy va harakat sifatlarini maksimal ishga solish bilan bog’liq bo’lgan mnrakkab harakat faoliyatlarigacha (masalan, halqalarda qo’llarni ikki yonga uzatib tayanish - chalishtirish, yakkacho’pdagi yoki erkin mashqlardagi uch karra salto) harakatlarini o’z ichiga oladi. Shuning uchun ba’zi bir mashqlarni o’rganish oson kechadi. Bu mashqlarni o’zlashtirib olish uchun ularning bajarilishini ko’rish yoki nomlarini eslab qolishining o’zigina kifoya bo’ladi. Boshqa mashqlarni o’rganish esa uzoq muddatda shug’ullanish bilan bog’liq bo’ladi.

Aniq bir gimnastika mashqini o’rgatishni shartli sur’atda

o’zaro bog’liq bo’lgan uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqich - harakat haqida umumiy dastlabki tasawur hosil qilishdan (boshlang’ich ma’lumotdan) iborat bo’lib, bunday tasawur har bir harakat faoliyatini ongli o’zlashtirish zaminida yotadi. Yangi harakat to’g’risidagi (uning shaldi, ko’lami, ta’sir yo’nalishi, ayrim holatlari va h.k.) dastlabki ma’lumotlar va talaba xotirasida to’plangan harakat tajribasi natijasida bo’lajak harakat faoliyatining dastlabki dasturi tuzilishini ta’minlovchi umumiy bog’lanishlar hosil bo’ladi.

Ikkinchi bosqich - bevosita harakat texnikasi asoslarini egallash (mashqni juda puxta o’rganish). Bu bosqichda o’qituvchi bilan talabaning birgalikda faol ishiashi natijasi o’laroq, mashq haqidagi tasawur aniqlanadi, xatolarga yo’l qo’yilmaydi; mashqlarni nazorat ostida mustaqil bajarishi ta’minlanadi.

Uchinchi bosqich - harakat texnikasini mustahkamlash va takomillashtirish. Bu harakatni boshqarish darajasini, albatta, avtomatlashtirilgan ko’nikma darajasiga yetkazib, shu tufayli shug’ullanuvchi mashqlarni turli sharoitda (musobaqalar va boshqa chiqishlarda) uzoq vaqt davomida bajara oladi.

Mashqni o’rgatish jarayoni tugagandan keyin butun faoliyat o’zlashtirib olingan mashq variantlarini bajarishga, oldingi mashqqa o’xshash elementlari bor, texnikasi murakkab mashqlarni bajarishga, bajarish sharoitini o’zgartirishga, masalan, boshqa mashqlar bilan qo’shib bajarishga qaratilishi mumkin.





    1. Yüklə 51,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə