Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 5


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 236,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü236,98 Kb.
#151222
1   2   3   4   5   6
matn-tarkibiy-qismlarini-bog-lashda-takrorning-o-rni-va-ahamiyati

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-323-327 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 325  www.ares.uz 
D= (a+c)+(a+d) 
Bunday aloqani yuzaga chiqaruvchi leksik – grammatik vositalardan biri 
takrorlardir. Kesimlilik shakllari yordamida birisining fe`l- kesimlarning bir xil 
zamonda 
shakllanganligi 
matn 
butunligini 
ta`minlaydigan 
vositalardan 
hisoblanadi.Olimlar hisoblab chiqishicha, Pushkin o„z asarlarida 21ming 197 ta 
betakror so„z ishlatgan. Shekspir salkam 20 mingta, Servantes 18 mingga yaqin, 
Alisher Navoiy esa 1million 378 ming 660 ta so„z, shu jumladan 26 mingta betakror 
so„z ishlatgan. Boisi, buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, 
mo„g„ul va boshqa tillardagi so„zlardan ham mahorat bilan foydalangan. 
Olmoshlar yordamida birikish. Bunda matnning birinchi komponenti 
tarkibidagi ot, sifat, son turkumidagi so„zning keyingi komponentlarida olmosh 
so„zlar bilan almashtirilishi tushuniladi. “Muhammad Rahimjonning Tozabog„dagi 
sayrgoh bog„i. Uning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha aylanib chiqish amri 
mahol, kishi charchab qoladi. Katta hovlining orqasida qirg„oqlariga marmar 
o„rnatolgan xon hovuz.Undagi zog„ora baliq, cho„rtan baliq, laqqa baliqlar goh suv 
yuziga chiqib tashlangan nonlarni yer, goh biltanglab o„ynab sho„ng„ib ketardi. 
Hovuzning to„rt tomonida yo„g„on-yo„g„on qayrag„ochlar, tanlari qulochga 
sig„maydi. Xorazmda hovuz desa, darhol ko„z oldinga katta-katta gujumlar – 
qayrag„ochlar keladi. Bu daraxtlar go„yo azamat dubni eslatadi. Hovuz labiga husn 
berib turganlar ham o„shalar. Ularning kichkina-kichkina barglari orasidan quyosh 
nurlari mo„ralaydi. Ammo ular quyosh haroratini o„zida singdirib, pastga tanga-
tangaday oq shu`lalarini tushiradi.Ular kishiga orim beradi.” (J.Sharipov). 

Yüklə 236,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə