Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 242,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü242,39 Kb.
#138956
1   2   3   4   5   6   7
jaholatga-qarshi-marifat

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 1530 www.ares.uz 
shundaki , eng kuchli ommaviy qirg‟in qurollari ishlab chiqarilgan , Kurrai Zaminni 
bir necha marta yo‟q qilib yuborishga qodir yadroviy bombalar zahirasi mavjud 
paytda o‟zaro zo‟ravonlik va jaholatga mutlaqo yo‟l qoyib bo‟maydi. 
METODOLOGIYA 
Hozirgi vaqtda ko‟z o‟ngimizda dunyoning turli joylarida roy berayotgan 
iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‟zgarishlar, 
turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki
fikrga qarshi fikr, g‟oyaga qarshi g‟oya, jaholatga qarshi ma‟rifat bilan kurashish har 
qachongidan ko‟ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hammamizga ma‟lumki har 
qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi 
kurashuvchi immunitet hosil qilinadi. Shunday ekan biz yoshlar ongida ham ona 
Vatanimizga bo‟lgan muhabbatimiz, qadimiy boy tariximizga, ota-bobolarimiz kabi 
o‟z dinimizga sadoqat tuyg‟ularini yanada shakillantirishimiz, kelajak avlodlarga 
yetkazib, kerak bo‟lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma‟naviy immunitetni 
kuchaytirishimiz muhim o‟rin tutadi. Toki yoshlar milliy o‟zligini, shu bilan birga, 
dunyoni chuqurroq anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar 
bo‟lib yetishsin. Ana shundagina johil aqidaparastlarning “Da‟vat”i ham ahloq-odob 
tushunchalarini rad etadigan, bizlar uchun mutlaqo begona g‟oyalar ham ularga o‟z 
ta‟sirini o‟tkaza olmaydi.
Yoshlardagi ma‟naviy bo‟shliqni to‟ldirish uchun ularni turli tajovuzlardan 
himoya qilish uchun avvalo ularning qalbida Vatanimizga bo‟lgan muhabbatni 
yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni qalblariga singdirish 
zarurdir. Yana milliy o‟zligimizga salbiy ta‟sir ko‟rsatgan milliy qadriyatlarimizni 
rivojlanib borishiga to‟sqinlik qilgan, o‟zligimizdan ayirmoqchi bo‟lganlarni, eski 
zamonlardan qolib kelayotgan noma‟qul odatlar haqida ham ochiq so‟z yuritishimiz 
zarur. Birinchi navbatda hudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug‟chilik va 
mahalliychilik, manfaatparastlik va korrupsiya, o‟zgalarni mensimaslik kabi 
illatlardan jamiyatimizni butunlay halos etish to‟g‟risida chuqur oylashimiz kerak. 
Binobarin Vatan oiladan boshlanadi. Oiladagi sog‟lom tarbiya ham oilaga
oiladagi sog‟lom muhit ham insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg‟usiga poydevor 
bo‟ladi. Mana shu poydevorni mustahkam bo‟lishi uchun yuqoridagi illatlarga qarshi 
mardonavor kurashish zarur, buning uchun esa yuqoridagi aytilgan ma‟naviy 
bo‟shliqni to‟ldirish lozim. 
Borliqda ongli mavjudot sifatida insonlarga shunday imkoniyat berilganki , bu 
ham bo‟lsa aql, tafakkur, ilmdir. Ilm va tafakkurga qanchalik intilib erishmaylik 



Yüklə 242,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə