Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 242,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü242,39 Kb.
#138956
1   2   3   4   5   6   7
jaholatga-qarshi-marifat

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 1534 www.ares.uz 
-atrofida sodir bo‟layotgan voqea-hodislarga mustaqil munosabat bildira olsin
-shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‟un holda ko‟rib, faoliyat 
yuritsin. 
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‟liq ta‟rifdir.
Ma‟naviy-ma‟rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik 
tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida 
shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g‟urur 
bo‟lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jo‟sh urmaydi. 
Ma‟naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash vazifasi qanchalik murakkab 
bo‟lmasin uni amalga oshirganimizdagina pirovard maqsadga erishish mumkin.
Birinchi Prezidentimizning quyidagi so‟zlari bilan so‟zimizga xulosa qilamiz: 
Ishonchimiz komilki, Xalqimiz tarixining murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, 
har qanday hujum va tayziqlarga qaramasdan, ma‟naviy olami kuchayib va yuksalib 
borayotgani, bizni ko‟ra olmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini 
mamnuniyat bilan qayd etamiz. Chunki xalq bamisoli ulug‟ va sharafli yo‟ldan 
ilgarilab borayotgan ulkan karvondir. Uni yo‟ldan chalg‟itishga urinuvchilar, payt 
poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo‟lgan, bundan keyin ham bo‟lishi 
mumkin. “Karvon bexatar bo‟lmas”,- degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq 
karvonini hech qanday kuch ortga qaytara olmaydi. Chunki, xalqning qalbida ne-ne 
avlodlardan meros yengilmas kuch-ma‟naviyat bor. Yana shunday deganlar: 
“Barchamizga ayon bo‟lishshi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm 
sursa, eng dolzarb masalalar o‟zbo‟larchilikka tashlab qoyilsa, o‟sha yerda 
ma‟naviyat eng ojiz nuqtaga aylanadi va aksincha xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak 
aql-idrok va tafakkur hukmron bo‟lsa, o‟sha yerda ma‟naviyat qudratli kuchga 
aylanadi”. Agar biz el-yurt manfaati yo‟lida birlashsak, loqayd bo‟lmasdan, ogoh va 
xushyor bo‟lib, yaxshilikka bir – birimizga yordamchi bo‟lsak oldimizga qoyilgan 
maqsadlarimizga albatta yetishamiz.

Yüklə 242,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə