Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723



Yüklə 242,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü242,39 Kb.
#138956
1   2   3   4   5   6   7
jaholatga-qarshi-marifat

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
1992-yildayoq birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “Oldin odamlarga moddiy 
boylik berish, keyin ma‟naviyat. Ma‟naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, 
davlatning kuch -qudratidir”–, “Jamiyatni yangilashdan bosh maqsad yurt tinchligi
Vatan ravnaqi va farovonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy 
hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‟rikenglik kabi muhim masalalardan 
iborat”,-deb aytib o‟tgan edilar. 
Ma‟naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini 
belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Chunki, ma‟naviyat rivojlangandagina 
jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy barqarorlik vujudga keladi, hamda mamlakat 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 

 
 
Academic Research, Uzbekistan 1532 www.ares.uz 
va millat taraqqiy etadi. Bu o‟z navbatida shaxsning barkamolligiga va uning 
rivojlanishi 
uchun 
zarur 
bo‟lgan 
zamin 
bo‟lib 
xizmat 
qiladi. 
Buni chuqur his qilgan va o‟z qalbidan o‟tkazgan birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov mamalakatimiz o‟z mustaqilligini qo‟lga kiritgandan keyin ona 
zaminimizda demokratik jamiyat qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar 
ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurishni milliy ma‟naviy tiklanish 
bilan uyg‟un holatda bo‟lishi kerakligini ilmiy asoslab berdi. 
I.A.Karimov “O‟zbekiston o‟z istiqloli va taraqqiyoti” nomli asarida 
O‟zbekistonni rivojlantirishning ma‟naviy sohadagi strategik vazifalarini belgilab 
berdi. Umuman bu asar O‟zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan 
dasturi 
hisoblanadi. 
Ushbu 
asarda 
birinchi 
Prezidentimiz O‟zbekistonni 
rivojlantirishning ma‟naviy ahloqiy negizlarini belgilab berar ekan “O‟zbekistonni 
yangilash va rivojlantirishning o‟z yo‟li to‟rtta asosiy negizga asoslanadi”, – deb 
ko‟rsatadi. 
1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik 
2. Xalqimizning mahnaviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish. 
3. Insonning o‟z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi. 
4. Vatanparvarlik. 
Ma‟naviyatimiz shakllanib borayotgan bir paytda ma‟naviyatimizga tahdid 
solib turguvchilar ham yo‟q emas. Bora – bora bu hol global muammoga aylanib 
ulgurmoqda. 
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganini 
asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni xolisona tan olish kerak. Bugungi 
kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‟shnilar, 
balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas 
bog‟lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy 
natijalarga 
olib 
kelmasligini 
tushunib, 
anglash 
qiyin 
emas.
Globallashuv – bu avvalo hayot sur‟atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. 
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‟lgani singari, globallashuv 
jarayoni ham bundan mustasno emas. 
Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‟rsatadiki, har qanday taraqqiyot 
mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo‟lida foydalanish mumkin. 
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‟iz, shu 
qadar tezkorki, endi ilgarigidek, bu voqea bizdan juda olisda roy beribdi, uning bizga 
aloqasi yo‟q, deb beparvo qarab bo‟lmaydi. 



Yüklə 242,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə