Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg


Meva va rezavor mevalarning chiroyliligi



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

Meva va rezavor mevalarning chiroyliligi 
(belgisi) ballarda 
aniqlanadi. Bu meva kattaligi, formasi, tarkibi, tuzilishi va rangi 
bilan aniqlanib, o ‘rtacha arifmetik kattalik chiqarilmaydi. Ya’ni 
yagona ball qo‘yiladi. Masalan:
— 5 ball — juda chiroyli, o ‘rtacha va katta mevalar, kamdan 
kam holda mayda (lekin namunadagi ham m a mevalar bir xil), 
shakli to ‘g‘ri, tashqi qavati silliq, rangi chiroyli, yuvilgandek, 
kasallik va zararkunandalar bilan zararlanmagan, dog‘siz, kuy- 
magan (oftobda).
— 4 ball — chiroyli, lekin kattaligi bir xil emas, tashqi qavati 
silliq yoki ozroq qirralari bor, tashqi yo‘l-yo‘l polosalari bor (m e­
vaning yarmidan kamini tashkil qiladi), kasallik va zararkunan­
dalar bilan ozroq zararlangan bo‘lishi mumkin.
— 3 ball — qoniqarli ko‘rinishda, mevalari mayda va o ‘rtacha, 
chizi?lari ham uncha yaxshi emas, tashqi qavati qirrali yoki note- 
kis, asosiy rang yashilsimon, kasallik va zararkunandalar bilan 
zararlangan.
— 2 ball — mevalari chiroyli emas, mayda, bir xil kattalikda 
emas, ko‘rinishi va rangi yaxshi emas.
— 1 ball — juda xunuk, mayda, rangsiz.
Meva ta’mi 
— meva sifatini subyektiv baholashga kiradi.
Ta’miga ko‘ra:
— juda nordon;
5


— nordon;
— nordonroq;
— shirinroq;
— shirin;
— juda shirin.
Bu ko‘rsatkich meva tarkibidagi kislotalar va shakar m iqdori- 
ning nisbati bilan aniqlanib, ta ’m sezish a ’zolari orqali (orga- 
noleptik usulda) aniqlanadi.
Agar shirin-nordon deyilsa, shirin ta ’mi ko‘proqligini bildiradi 
va aksincha.
Meva ta ’mini baholash:
— 5 — a ’lo, desert;
— 4 — yaxshi, stoloviy;
— 3 — qoniqarli (o ‘rtacha);
— 2 — yomon (yangi uzilgan holda iste’mol uchun yaroqsiz);
— 1 — juda yomon (um um an iste’mol qilib bo ‘lmaydi).
Aromat 
— (xushbo'yligi) — hid bilish organlari orqali aniqla­
nadi.
Xushbo‘ylik — yaxshi qabul qilinadigan belgi hisoblanadi.
Hid + arom at bilan birgalikda «buket» deyiladi.
Aniqlash mezonlari:
— xushbo‘ylik yo‘q;
— xushbo£ylik kam;
— xushbo'ylik o ‘rtacha;
— xushbo'ylik kuchli.
Ayrim hollarda xushbo‘ylik b a ’zi bir tarqalgan navning hidi 
bilan taqqoslanadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə