Seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/66
tarix11.02.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#100671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Meva va rezavor meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg`ulotlar. Ergashev I (1)

BIRINCHI BO‘LIM.
MEVA VA REZAVOR MEVA EKINLARI SELEKSI­
YASI VA NAVSHUNOSLIGI
1-M ASHG‘ULOT. MEVA VA REZAVOR MEVA EKIN­
LARINING MORFOLOGIK BELGILARI VA ULARNI
BAHOLASH UCHUN О ‘ SIM LI КIARDAN BARG,
NOVDA, GUL VA MEVA NAMUNALARIDAN OLISH
QOIDALARINI 0 ‘RGANISH
Darsning maqsadi: 
talabalarni meva va rezavor meva ekinlari- 
dan tipik bo ‘lgan morfologik belgilari to ‘g ‘risida va ularni baho­
lash uchun olinadigan o ‘simlik nam unalarini olish qoidalari bi­
lan tanishtirish.
Mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar: 
turli meva va rezavor meva 
ekinlarining barg, gul, novdalari, mevalarining rasmlari mulyaj- 
lari, ranglarni baholash shkalalari, jadvallar.
Asosiy tushunchalar: 
meva va rezavor meva ekinlarining belgi­
lari, barg, meva, gul, novda rangi, meva ta ’mi, xushbo‘yligi va 
meva sifatini umumiy baholash tartibi. Belgilarni baholash uchun 
foydalaniladigan ball sistemasi.
Daraxt va butalarning nav belgilarini yozish uchun nam u- 
nalar bir xil yoshdagi, bir xil payvandtagga payvand qilingan, 
sog‘lom, mexanik shikastlanmagan, bir xil agrotexnikada yetish- 
tiriladigan o ‘simliklardan olinadi.
Past agrotexnika ta ’sirida normal o ‘smayotgan o ‘simliklardan na- 
muna olinmaydi, chunki bu sharoitda nav belgilari yaxshi ifodalan- 
magan boiadi. Namunalar olishda barglar yozning o‘rtasi va ikkinchi 
yarmida, mevalar esa iste’mol uchun yaroqli holga kelganda yoki 
terib olish vaqtida tipik holga kelishini e ’tiborga olish kerak.
G ul, meva, rezavor mevalar, novda va barglar, daraxt yoki 
butaning quyosh yaxshi tegib turadigan tom onidan chetki shox- 
laridan olinadi. Qorong‘i sharoitda belgilar o ‘zgaradi.
O lm ada eng yaxshi m evalar g u lto ‘plam ining o ‘rtasidagi 
g‘unchalarda paydo bo‘ladi. Namuna uchun juda ko‘p hosili bo‘lgan 
va yaxshi rivojlanmagan novdalarda hosil b o ‘ladigan mayda m e- 
valarni olmaslik kerak. Mevalar yuqori va o ‘rta yarusdagi shox- 
lardan olinishi kerak.
4


Olingan umumiy nam unalarni (meva 10-15, barg 2 0 -2 5 ta) 
eng tipiklari tanlab olinadi.
N am una uchun novdalar shox-shabbaning o ‘rta shoxlarining 
chekkasidan olinadi. Yosh daraxtlar uchun novda uzunligi 40— 
30 sm, ko‘chatlarda 50—60 sm bo'lishi kerak. Belgilarni baholash 
uchun ball sistem asidan foydalaniladi. Eng yuqori ball «5» 
(o‘simlikning umumiy holati, sovuqda zararlanish darajasi, kasallik 
va zararkunandalarga chidamliligi, ta ’mi, meva kattaligi va h.k.). 
Eng past ball «0» (masalan, sovuq um um an ta ’sir etmagan.). 
Ba’zan mevalarning ta ’mini to ‘liq baholash uchun butun sonlar 
bilan birga ularning qismlari bilan ham baholanadi. Masalan: 4,1; 
4,3; 5,75 va h.k. yoki + belgisi 0,5 ball, — belgisi 0,25 ball. Masa­
lan: 3+ =3,5; 3± =3,75; 3— =3,25 va h.k.
Meva va rezavor meva ekinlarini baholashda ko‘pincha umumiy 
(ta ’mi, meva rangi va h. k.) belgilardan foydalaniladi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə