Sezgi sezgi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/105
tarix08.05.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#109200
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
7-Mavzu(amaliy)

A.N.Leontev
maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatini tekshiradi. 
Chunonchi, idrok bilan diqqat aloqasini o’rgandi. Diqqat hodisasi shunday 
hodisaki, u idrokning qanday kechishi bilan belgilanadi, deb tushuntirdi. 
A.N.Leontev keyingi ishlarini o’quvchilar diqqatini rivojlantirish va ularda idrokni 
boshqarish, ko’rish, eshitish, qo’yilgan topshiriqni tushunish kabilarni egallash 
muhim rol o’ynashini ko’rsatdi. 
N.F.Dobrinin diqqatni kishi psixik faoliyatini biror bir ob'ektga yo’naltirish 
va to’plash bilan boshqa ob'ektlardan chalg’ishi orqali tushuntiradi. Agar yo’nalish 
va to’planish ixtiyorsiz bo’lsa ixtiyorsiz diqqat vujudga keladi. Agar ong qo’yilgan 


maqsadga muvofiq bo’lsa, u holda ixtiyoriy diqqat namoyon bo’ladi. Bular 
qatorida N.F.Dobrinin diqqatning uchta turini ajratadi. Uning fikricha, diqqatning 
uchinchi turi "ixtiyoriydan keyingi diqqat" deb ataladi. Bu ixtiyoriy diqqat kabi 
maqsadga qaratilgan bo’lib, irodaviy zo’r berishni talab qilmaydi. Bular to’g’risida 
N.F.Dobrinin shunday deydi. "Ixtiyoriy diqqatda qiziqishga intilishga o’rin bor, 
lekin bu qiziqish faoliyatning natijasiga qiziqishdir. Faoliyatning o’zi esa 
qiziqarsizdir. Kishi psixik faoliyatining ajoyib xususiyati shundan iboratki, natijaga 
qiziqish jarayonga qiziqishga aylanadi. Bu ixtiyoriy diqqat ixtiyoriydan so’nggi 
diqqatga aylanganda bo’ladi".
B.G.Ananev
"O’quvchilarda diqqatni tarbiyalash" nomli asarida diqqatni 
hamma vaqt tekshirish, tadqiq qilish kerak deydi. Buning uchun mana bunday 
vaziyatlarga e'tibor qilishni ko’rsatib o’tadi, darsni to’g’ri tashkil qilish, ta'limning 
puxtaligi, o’qituvchining pedagogik mahorati, o’quvchilarning darsdagi faoliyatini 
to’g’ri tashkil qila bilish kabilarni ta'kidlaydi. B.G.Ananev bu bilan diqqatning 
uzoq vaqt bir ob'ekt ustida to’play bilish kerakligini uqtiradi. 
Diqqat muammosini tadqiq qilish 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə