Shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə5/10
tarix21.10.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#130120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
39.Oilada psixologik yordam turlari

Kurs ishining maqsadi.Pedagogik konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning ro’li axamiyatini o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti.Jamiyatimizning muhim bo’g’ini oila.
Kurs ishining predmeti. Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning ro’li axamiyatini turli metodlar o’yinlar va vositalar orqali o’rganish.
Kurs ishining vazifasi.

  • Jamiyatimizda oilaning ro’li.

  • Pedagogik konfliktologiya vaziyatini hal etishda oilaning o’rni.

  • Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning ro’li axamiyatini.

  • O’z so’zlaringiz va amaliy ishlaringizda mas’uliyatni o’z zimmangizga oling.

  • Tomonlar o’rtasidagi turli shartnomalar va o’z mas’uliyatingizdagi vazifalarni albatta bajaring.

  • Agar sizning sa’y-harakatlaringiz behuda ketayotganligi va yordam bermayotganligini sezsangiz, harakatlaringizni qaytadan boshlang va opponentingiz bilan samimiy o’rtoqlashamiz.

Kurs ishi hajmi: Kirish, ikki asosiy bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, hajmi – 30 sahifa.


I-bob OILAVIY KONFLIKT TURLARI, UNING KO’RINISHLARI VA KELIB CHIQISH SABABLARI
1.1.&Konflikt mazmuni, mohiyati va oilaviy konfliktlar
Halol mehnat, samimiyat va muhabbatga asoslangan oilaning jamiyatga munosib avlod hamda yetuk inson bo’lib yetishish insonning asosiy burchidir. Nikohdan o’tib oila qurishdan asosiy maqsad inson avlodining davomiyligidir. Jamiyat esa oilalar yig’indisidan iboratdir. Nikohga kirishda yanglishmaslik mustahkam oila topishiga olib keladi. Ahil, totuv yashash, halol mehnat va muhabbatga asoslangan oila jamiyatga munosib avlod axloqli, pok, jamiyat ishiga sadoqatli insonni tarbiyalab yetkazishda katta rol o’ynaydi. Yangi avlod esa jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy qurilishning avj olishiga tasir ko’rsatadi. Oilaviy munosabatlar – sof «shaxsiy munosabatlar» emas oila va oilaviy munosabatlar davlat va jamiyat taraqiyotiga, ularning ma’naviy boyligiga bevosita dahldorlir. Shuning uchun oila va oilaviy munosabatlar g’oyat muhim ijtimoiy normalar-huquqiy normalar bilan tartibga solingan.
O’zbekistan Respublikasining nikoh va oila kodeksida munosabatlarning quyidagi asosiy prinpiplari belgilangan: yakka nikohli prinsipi. Bu prinsipga ko’ra, har bir fuqaro faqat bitta nikohda bo’lishi mumkin. Nikohning ixtiyorligi va o’zaro rozilik prinsinlari. Bu prinsipga muvofiq har bir erkak va ayol o’ziga yoqqan shaxs bilan o’z ixtiyoricha nikohga kirishi mumkin. Hech kimning, biror shaxsning majbur qilishi va tazyiqi bilan nikohdan o’tishga yo’l qo’yilmaydi.
Eng ko’p ajralishlar ota-onalar yosh oilaning ishlariga noo’rin aralashuvi oqibati ekanligi ma’lum bo’lmoqda. Gap shundaki, ota-onalar ulg’aygan o’g’liga, turmushga chiqqan qiziga endi voyaga yetgan, o’z fikrini anglay ololmaydigan, o’z mulohazasiga ega bo’lgan barkamol kishilar deb emas, balki «haliyam bola» qabilida qaraydilar, oilaviy hayotni ularning o’ziga qo’yib bermasdan behuda homiylik qiladilar, turmush tarziga va oilaviy ishlariga aralashaveradilar, natijada bachkana, arzimas gap-so’z ko’payib, o’z yo’lidan borayoggan tuppa-tuzuk oila izdan chiqadi. «Xarakterlarning to’g’ri kelmasligi» umumiy tushunchadir. Aslida buning sababi er-xotinning bir-biridan ustunlikka, oilada har kim o’zicha «hokimlikka» intilishi, er tomonidan xotinning ho’rlanishi yoki erning oiladagi ziqnaligi, o’zaro nizolarga bardoshsizligi va hokazolardan iborat bo’ladi. Oila inson hayotiga to’kislik bag’ishlaydi, oila baxt keltiradi, lekin har bir oila, ayniqsa mustaqil jamiyatdagi oila, eng avvalo davlat ahamiyatiga ega bo’lgan qutlug’ ishdir. (A.S.Makarenko) Oila o’z-o’zidan ham bir qiyinchiliksiz baxtga, oila ehtiyojlarining yaxshilanishi, mustahkamligi va shunga o’xshashlar amalga oshadi, deyishi noto’g’ri bo’ladi. Buning uchun er va xotindan yuqori darajadagi odob-axloq etik-estetik tayyorgarlik, qobiliyat, sadoqatlilik, sabr-toqatlilik kabi axloqiy qadriyatlarni o’zida mujassam etishni talab etadi. Bular o’rtasidagi axloq, axloqiy munosabatlar esa o’z navbatida farzandiga ta’sir qiladi. Chunki, farzand dunyoga kelgan birinchi kundanoq ota-ona, aka-opalari mehr-muhabbatidan oziqlanadi.
Demak, bolaning ma’naviy-madaniy shakllanishida oilaning roli beqiyosdir. Har bir halq va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ammo zamonaviy jamiyatlardagi keskin o’sish sur’atlari hamda insonning juda katta ijtimoiy faoliyatining uning oilasi va oila a’zolari munosabatlariga bo’lgan kuchli ta’siri asosida milliy an’analar hamda dolzarb va yangitdan vujudga kelayotgan savollarga to’liq javob bera olmaydi. Shu bois, milliy an’analarni oilaviy turmush borasidagi umumbashariy nazariy bilimlar bilan qo’shib olib borish talab etiladi. Inson o’z hayotida bolalik davridanoq boshqa insonlar bilan turli ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi.
Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo’lgan o’ziga xos jarayon bo’lib, hyech bir inson o’zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o’z hayoti davomida konfliktlar bilan to’qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. Psixologik jihatdan konfliktlarni o’rganish faqat nazariy emas, balki juda muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Fanning bu sohasi vaziyatlarda yuzaga keluvchi konfliktlarning oldini olishga, ularni hal qilish uchun samarali choralarni qo’llashga yordam beradi. Hayot konfliktlarga to’la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavur etib bo’lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har joyda, har qanday vaziyatda to’qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko’chada, o’quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o’rtasida sodir bo’lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko’p vaqt odamlar birga bo’ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan psixologik va ruhiy muloqotda bo’ladigan holarda, ular ma’lum muddat o’zaro birga bo’lishga majbur bo’lgan paytlarida ko’proq sodir bo’ladi. Bizning konflikt borasidagi tasavvurimiz uning faqat bir tomoniga yo’naltirilgandir. Biz odatda konfliktning faqat bir qirrasini ko’rishga o’rganganmiz.
U ham bo’lsa, konfliktda odamlar ziddiyatga kirishib, o’zaro urush, nizo, janjallar chiqarishidir. Ammo har doim ham shunday bo’laveradimi?! Konfliktni to’g’ri hal etilsa, u yaratuvchanlik qudratiga ega bo’ladi. Konflikt tomonlar munosabatlarini yanada mustahamlashi, ularni yangi mazmunda qayta qurishi mumkin. Masalan, o’zbeklar “eru-xotinning urushi, doka ro’molning qurishi” deb bejiz aytishmagan. Oilada er va xotin o’rtasidagi ziddiyatlar mavjud bo’lsa ham, ko’p hollarda umumiy manfaatlar ularning tez hal etilishi, manfaatlar asosida tomonlar uyg’unligi vujudga kelishini isbotlaydi. Demak, konflikt vaziyatni vujudga keltiruvchi turli manfaatlarni o’zaro birlashtirish, ularni muvofiqlashtirish imkoniyati tabiiy mavjud. Ziddiyatdan chiqib ketish uchun qilinadigan eng birinchi qadam har doim mana shu ziddiyatni keltirib chiqargan manfaatlarni o’zaro muvofiqlashtirish mumkinligiga bo’lgan ishonch va harakatdan boshlanadi.
Manfaatlarni o’zaro yaqinlashtirish va muvofiqlashtirish ziddiyatni yengishning eshigini ochishdir. Demak, konfliktning ikki tomoni mavjud. Konflikt kelib chiqqanidayoq, mana shu uning mavjud ikki tomoni ham vujudga keladi. Bir tomon - ziddiyatni kuchaytirish, ikkinchi tomon – ziddiyatni pasaytirish. Bir tomon – ziddiyatni buzg’unchilikka olib kelish, ikkinchi tomon – ziddiyatni murosaga, yaratuvchanlikka va osoyishtalikka olib kelishdir. Konflikt faqat bir tomondan iborat bo’la olmaydi. Konfliktda, uning qanchalik murakkab bo’lishiga qaramay, har vaqt ikki tomon – buzg’unchilik va yaratuvchanlik mavjud bo’ladi.

Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə