Shahrisabz davlat pedagogika instituti



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə6/10
tarix21.10.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#130120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
39.Oilada psixologik yordam turlari

1.2. &Oilaviy konflikt turlari, uning ko’rinishlari va kelib chiqish sabablari
Har bir xalq va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ammo zamonaviy jamiyatdagi keskin o’sish sur’atlari hamda insonning juda katta ijtimoiy faoliyati, uning oilasi va oila a’zolari munosabatlariga doir milliy an’analari yangitdan vujudga kelayotgan savollarga to’liq javob bera olmaydi. Shu bois, milliy an’analarni oilaviy turmush borasidagi umumbashariy nazariy bilimlar bilan qo’shib olib borish talab etiladi. Psixologik jihatdan o’rganish lozim bo’lgan masalalaridan biri oilaviy konfliktlar va ularning oldini ola bilish, oilaviy konfliktlar yechimiga tayyorligidir.
Mazkur yo’nalish bo’yicha yoshlarda quyidagi bilim va ko’nikmalarni shaklantirishni nazarda tutadi: Oila va konfliktlar, konfliktlar inson hayotining tabiiy xususiyati ekanligi, konflikt oilaviy va ijtimoiy hodisa sifatida, konfliktga nisbatan yoshlarda to’g’ri munosabatni shakllantirish, oilaviy inqirozlar va ularga to’g’ri munosabat, oilaviy inqirozlarning oldini olish choralari, konfliktning yaratuvchanlik va buzg’unchilik xususiyati, oilaviy konfliktlardan chiqib ketish, ularni hal etish usullari, konfliktlarni boshqarish, g’azab va jahlni yengish usullarini bilish, shaxs va oila, oilaning har bir a’zosiga hurmat va e’tibor me’yorlari, shaxs erkinligi, egoizm, egoizmdan qutulish omillari, oilada o’zini ustun qo’yish, oilada uning a’zolari munosabatlaridagi uyg’unlik, shaxs va jamoa munosabatlari, shaxs va oila manfaatlari birligi, oila manfaatlarining ustunligi, shaxsning muloqot madaniyati va ichki dunyosi yetukligi omillari, ota-ona va farzand majburiyatlari va huquqlaridir.
Zamonaviy o’zbek oilasi ichidagi ziddiyatlar va inqirozlar nuqtai nazaridan oila institutiga nazar solinsa, yuqoridagi holatlar o’zini ochiq namoyon etayotgan holatlar hisoblanadi. Shu bilan birga, o’zini pinhona namoyon qilayotgan holatlar, oila ichida kechib, tashqariga ko’p ham chiqmayotgan, ammo ko’payib borayotgan konfliklar va konfliktli vaziyatlar ham mavjud. O’zbek xalq pedagogikasida kelishmovchilik, ziddiyat, janjal bo’lgan uyda rohat bo’lmaydi, deb hisoblashadi. Oilada uning a’zolarini xo’rlamaslik, g’iybat qilmaslik, qilgan ishlaridan ayb topmaslik, yemoq – ichmoqqa qizg’anmaslik kabilar har doim targ’ib qilingan. Oila a’zolari muomalasida salbiy his - tuyg’ularni jilovlay bilish, bir-birini tushunib yetish, ziyrak bo’lish, rashk, gina kudratning oldini olish yo’llariga yoshlarni o’rgatish darkor. Yoshlarni avvalo oilaviy turmushning barcha o’ziga xosliklariga ochiq va samimiy o’rgatish lozim. Erkak psixologiyasi va ayol psixologiyasi, ular fiziologiyasi, ma’naviy-ruhiy va jismoniy ehtiyojlari kabi masalalarda zamonaviy qarashlarning barchasini yoshlarga bermoq zarur. Ayollarimizda erkaklarga nisbatan “g’arazli”, “shaxsiy moddiy talablarni qondiruvchi” sifatidagi egoistik munosabat keng tarqalgan.
Erkaklar esa o’z ayollariga oilaning xizmatkori, uning yumushlarini bajaruvchi, barchaga bo’ysunishi lozim bir jihoz sifatida qarashadi. Ikkala stereotip ham noto’g’ri hamda o’zgarishi lozim bo’lgan stereotiplardan hisoblanadi. Yigit va qizlarni zamonaviy bilimlar asosida oilaviy munosabatlarga to’g’ri yo’naltirish zarur. Oila – muqaddas dargoh. Shu bois, oilaga muqaddas munosabat zarur. Ayol va erkak munosabatlari, ya’ni har ikki tomon munosabatlari, ayniqsa ularning noto’g’ri tashkil qilinganligi, ko’p hollarda oilaviy konfliktlar eskalasiyasi uchun zamin yaratadi.
Oilaviy munosabatlarni zamonaviy tashkil qilinishiga bag’ishlangan bilimlardan biri – erkak va ayol tafakkur tarzidagi o’ziga xos farqlarni, bir biriga o’xshamas tomonlarni ko’rsatuvchi so’rovnoma hisoblanadi. Mazkur masala yuzasidan ijtimoiy so’rovnomalar berildi va ular asosida xulosalar berilgan. Savollar ayol va erkak psixologik holatlari bo’yicha keng tarqalgan stereotiplar asosiga qurildi. Mazkur stereotiplar to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi psixologik jihatdan tahlil qilindi. Er va Xotin tafakkuridagi farqlarning oilaviy munosabatlarning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ba’zi holatlar
1.Er va xotinning turli dinlar yoki etiqodlarga amal qilishi: Masalan: Islom, Budda, Xristian, Yahudiylik;
2. Er va xotinning kelib chiqishi: boy, kambag’al; shaharlik, qishloqlik; oilasida otasi yoki onasi hukmron; oila boshqaruvida uslublar;Avtoritar, demokratik,lebiral;
3. Er va xotinning malumotlari yoki kasblari. M: oliy, o’rta malumot; intelektdagi farq; qassob-zoovetinar; o’qituvchi-savdo xodimi;
4.Er va xotinning oilaviy munosabatlari: qo’li ochiq –tejamkor; qarindoshparvar-oilaparvar, orasta-etiborsiz, mehmonnavoz-yolg’izlikga moyil.
5. Er va xotinning temperament va xarakteri: Xolerik-xolerik, sangvinik-flegmatik, kirishimli-ichimdagini top, hazilkash-jiddiy, madaniyatli-qo’pol.
6.Tevarak atrofga munosabati: Yangilikga intiluvchan-konservator, etiborli befarq, Oilaviy hayotni to’g’ri tashkil qilish va uni ziddiyatlardan asrash oilaning barcha a’zolaridan ma’lum tamoyillarga bo’ysunib yashash, ma’lum bilim va ko’nikmalarni qo’llash zaruriyatini talab etadi. Mana shu talablar asosida, oilaviy hayotni to’g’ri tashkil qilish, uni ziddiyatlardan asrash bo’yicha qizlar va yigitlarga maslahatlar berish lozim. Ammo hayot o’zining kutilmaganligi va rang-barangligi bilan o’ziga xosdir. Biz bu o’rinda hayotda kuzatilishi mumkin bo’lgan barcha holatlarning oldini olib, maslahatlar bera olmaymiz. Shu bois, hayotning eng muhim qonuniyatlaridan biri shundaki, har bir odamning hayotida unga eng yaqin bo’lgan odamlar tarkibi bo’ladi. Ular sirasida – er, xotin, farzandlar, ota-onalar kiradi.
Ammo ko’pincha aynan mana shular bizning g’azabimiz, jahlimiz, kayfiyatimizning yomonligi, jizzakiligimiz, bardoshli bo’lmaganimiz, dag’alligimiz, qo’rsligimiz, o’zimizni ustun qo’yishimiz, dag’dag’alarimiz sababli aziyat chekishadi. . Inson umri bir pastda o’tib ketadi. Agar o’z vaqtida biz ularga hurmat va e’tibor ko’rsatmagan bo’lsak, keyingi armonlar ularni bizga qaytarib bermaydi. Insonlarni hurmat qilish, ular erkini e’tiborga olish – hayotning bosh talablaridan biri ekanligini unutmaslik lozim.
Turmushga chiqish, uylanish, to’y harakatlari har ikki tomon uchun ham stress vaziyati hisoblanadi. Mana shu yangi hayotni siz qanday qurishga intilsangiz va o’z atrofingizga boshqa oila a’zolarini birlashtira olsangiz, sizning hayotingiz mana shu tartiblarda rivojlana boshlaydi. Samimiylik, to’g’rilik, doimiy yaxshi kayfiyat, mehnatga tayyorlik, hurmat, oilani qadrlash, yigitning ota-onasini e’zozlash kabi xislatlar sizga qo’l keladi. - siz kelin bo’lib tushayotgan oilaning qadriyatlari, tuzilishi, kun tartibi bo’yicha barcha tartiblarni va ma’lumotlarni chuqur o’rganishga to’g’ri keladi. - yangi oiladagi barcha a’zolar, qaynota, qaynona, qizlar va yigitlar xarakterlariga doir kuzatishlarni yig’ib boring, ularning xarakteri va odatlarini bilib olishga urining. - qaynonangiz va qaynotangiz nimalarni sizdan talab qilyapti, u nima narsalarni xush ko’radi, nima narsa va hodisalar uning asabiga tegadi, shuni o’rganing. - xuddi shunday yostiqdoshingizning kayfiyati, mimikasi, ko’z qarashlari, xarakteri va odatlari, nima narsalarni xush ko’rishi, nima narsalarni yomon ko’rishi, umuman uning inson sifatidagi individual tomonlarini juda yaxshi bilib olishga harakat qiling, uning salbiy tomonlarini o’chirib, ijobiy tomonlarini oshirishga sayi-harakat qiling, chunki xotin – erning tarbiyachisidir. - agar qaynona va qaynotangiz talablari ularning o’g’li sizga qo’yayotgan talablar bilan mos kelmasa, mazkur muammoni qaynona va qaynotangiz hamda eringiz bilan hamjihatlikda tinchlik bilan do’stona va iliq muhokama qilishga harakat qilib ko’ring. - sidqidildan qilingan mehnat darrov o’zini namoyon qiladi, o’z mehnatingiz va shirin tilingizni atrofdagilardan ayamang, samimiy bo’ling, doimo kulib turing, ochiq yuz bilan qarang, boshqalarning so’zlari va harakatlaridan yomonlik qidirmang, mehringizni bersangiz mehr olishingiz osonlashadi; - har qanday oilada er majburiyatlari hamda xotin majburiyatlari mavjud.
O’z majburiyatlaringizni boshqalar zimmasiga sababsiz yuklashga odatlanmang. Majburiyatlar masalasida ham sodiqlik, samimiylik va tenglik tamoyillariga bo’ysuning. - eringiz va o’zingizning yaqin qarindoshlaringizga bir xilda munosabat ko’rsating, ularni ayirmang, ularni teng ko’ring va teng munosabat bildiring. - eringizning yutuqlari va takomili uchun xizmat qilishni o’zingizga saodat deb biling, unga hamdard va hamsuhbat bo’ling, unga tayanch bo’lishga sayi-harakat qiling, farzandlaringizga o’z otasini hurmat qilishni singdiring, otasining ishlaridan g’ururlanishni o’rgating.

Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə