Shahrisabz davlat pedagogika instituti


II-BOB. OILADA YUZAGA KELADIGAN KONFLIKTLI VAZIYATLARNI HAL ETISHDA PSIXOLOGIK YORDAM



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə7/10
tarix21.10.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#130120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
39.Oilada psixologik yordam turlari

II-BOB. OILADA YUZAGA KELADIGAN KONFLIKTLI VAZIYATLARNI HAL ETISHDA PSIXOLOGIK YORDAM
2.1.&Konfliktli vaziyatlarni hal etishda oilaning ro’li
Nizolar faqatgina ob’ektiv emas, balki sub’ektiv shartlar sababli ham kelib chiqishi mumkin. Ob’ektiv vaziyatlarga pedagogik jarayonga unchalik bog’liq bo’lmagan va nizoga olib kelishi mumkin bo’lgan vaziyat kiradi. Sub’ektiv shartlarini bolalarning tarbiyalari va rivojlanganliklari darajasi, nizolar ishtirokchilarining vaziyatning nizolilik darajasini anglab etishlari, ularning ma’naviy-qadriyatli yo’nalishlari tashkil qiladi. Bu jarayonda esa oilaning ta’sir kuchi kata imkoniyatlarga ega bo’ladi. CHunki, yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, tarbiyalash va madaniyatini shakllantirish o’zber oilalari uchun dolzarb masalalaridandir . Oilaviy tarbiyada eng muhim shart – oilaning mustahkam, ma’naviy soғlom asosga qurilganligi, avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari, ular o’rtasida totuvlik, ahillikning barqaror bo’lishi, farzandlarini kelajak hayotga, ijtimoiy munosabatlarga tayyorlash ularning kundalik e’tiqod tarzida ma’suliyatli burch ekanligini ongli tushunishlari va buni amalda oqlashlari kerak.
Yoshlarda ijtimoiy munosabatlarga tayyorgarlik, ma’naviy-ahloqiy barkamollik madaniyatining shakllanishida ota-onalarning hayotiy tajribasi katta ahamiyat kasbetadi. Lekin yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash masalasi ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari uchun oғir ish hisoblanadi. Ko’p otaonalar farzandlari bilan bu mavzularda suhbat qurishda zaruriy bilim va malakaga va boshqa sohalarda bilimlari sayozligidir. Ko’pchilik ota-onalar farzandlari nizolarga kirishishini ijtimoiy hayotda o’z o’rnini topishga intilishi bilan belgilaydilar va bunga beparvo qaraydilar. Ota-onalarning aksariyat qismi farzandlarining noto’ғri tarbiyasi kelgusida nohush oqibatlarga olib kelishini tushunmaydilar. Sotsiologik tadqiqot natijalariga ko’ra, bugungi kunda farzanda tarbiyasi va yoshlardagi agressiv hulq-atvor normalarining namoyon bo’lishida oilalardagi psihologik muhitning nosoғlomligi, ota-onalarning farzand tarbiyasini «ikkinchi o’ringa» qo’yayotganligi va noto’liq oilalar sonining orib borayotganligi sabab bo’lmoqda. Bu esa ta’lim muassasalari va mahallalarda yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi nafaqat yoshlar balkim ularning ota-onalari bilan ham pedagogik bilimlar tarғibotini olib borishni taqozo etadi.
Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o‘sib borishi, muayyan an’analar va muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-avlodga yetkazilib turilishidan manfaatdor bo‘lgan. Buyuk rus psixologi A.N.Leontyev avlodlararo muloqotning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyatini o‘rganib, ilk asarlaridan birida agar shunday muloqot bo‘lmaganida, taraqqiyotning o‘zi ham mutloq bo‘lmas edi, deb ta’kidlagan. Bu vazifani bajarishda jamiyatning muhim bo‘lagi bo‘lmish oilaning roli kattadir.
Demak, oila ijtimoiy institut sifatida eng avvalo tug‘ilish orqali aholining ma’lum miqdorda muttasil o‘sib borishi, odamlar o‘rtasida migratsiya, ya’ni u yerdan bu yerga ko‘chib turish yoki o‘lim okibatida kamayib boradigan miqdorini to‘ldirish vazifasini bajaradi. Chunki ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanish uchun mehnat resurslari va ishchi kuchining yangilanib borishidan jamiyat ham, odamlar ham manfaatdordir.
Bundan tashqari, har bir jamiyatning betakror qadriyatlari, o‘lmas merosi, avloddan avlodga o‘tib boradigan an’analari bo‘ladi. Fuqarolik holatlari, madaniy o‘sish, ma’naviy yuksalishga xizmat qiluvchi qadriyatlarning saqlanib kelayotganligi ham oila tufaylidir. Masalan, shunday oilalar sulolasi borki, ular asrlar osha u yoki bu muqaddas qadriyatlarni kasb-kori, turmush tarzi orqali saqlab keladi (rassomchilik, san’atshunoslik, hunarmandchilik, gulchilik, kulolchilik, ilmiy meroslar, agrar sohada va h-zo).
Umuman odamlar jamiyatining saqlanib qolishida ham oila ayrim alohida olingan shaxs bilan yaxlit jamiyat o‘rtasida o‘ziga xos “bufer” – ko‘prik rolini o‘ynab kelmoqda. Zero, madaniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab, avloddan-avlodga yetkazishda davlat va jamiyatdagi ta’lim muassasalari, madaniyat o‘choqlarining ham muayyan roli bor, lekin ularda o‘zgarishlar tez-tez ro‘y bergani sababli, ularning avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab-avaylashdagi roli oilachalik yuqori bo‘lolmaydi. Shuning uchun davlat oilaning mustahkam va farovonligi, odamlarning unda tinchlik, xotirjamlikda yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o‘zi, balki ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib boradi. O‘zbekistonda yosh oilalarga ko‘rsatilayotgan muruvvatlar, bola tug‘ilishi va katta bo‘lishi uchun suyunchi puli, nafaqalarning belgilanishi, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o‘z burchini bajarmagan taqdirda moddiy, ma’naviy, hatto, jinoiy sanksiyalar orqali jazolanishi ushbu noyob maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keyingi avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom etishdan iboratdir. Tahlil etiladigan bo‘lsa, odamlar o‘rtasida ro‘y beradigan ko‘plab munosabatlar orasida faqat oilaviy munosabatlargina davlat tomonidan shunchalik ardoqlanadi, masalan, sevgi-muhabbat, do‘st-yoronlik, odamlar urtasidagi oldi-sotti, tadbirkorlik. mehnat munosabatlariga davlat deyarli aralashmaydi.
Demak, oilaning jamiyat oldidagi vazifalari deganda, uning avvalo oila a’zolarining muayyan ehtiyojlarini qondirish hamda shu orqali davlat va jamiyatning ehtiyoj va manfaatlariga xizmat qilish qobiliyati tushuniladi. Masalan, ota ishlab chikarish korxonasida ertadan kechgacha mehnat qilar ekan, bu bilan u nafaqat o‘zining yeb-ichish, dam olish, turli xaridlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan ehtiyojini qondiradi, balki oila a’zolarini, birinchi navbatda farzandlari, uy bekasi bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ining ehtiyojlarini, qolaversa, u yoki bu korxonadagi rentabellikning oshishi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishiga, shu orqali o‘z Vatanida ushbu sohaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Oila psixologiyasiga oid ilmiy adabiyotlarda oilaning quyidagi funksiyalari – jamiyat oldidagi vazifalari farqlanadi:
Oilaning hissiy-emotsional funksiyasi – bu uning o‘z a’zolari o‘rtasida muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida mehr-oqibat, o‘zaro g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, sevish, sevilish kabi qobiliyatini namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bo‘lib, insonning ruhiy salomatligi aynan shu vazifani qanday bajarayotganligiga bog‘liqdir. Oilaning ma’naviy-psixologik muhiti sog‘lom deganda, aslida ana shu a’zolar o‘rtasidagi iliqlik, samimiyat, o‘zaro bag‘rikenglikning mavjudligi, mehr-oqibat kabi insoniy hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi.

Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə