Shahrisabz davlat pedagogika instituti


&Oiladagi konfliktli vaziyatda to’g’ri muloqot qoidalari



Yüklə 52,21 Kb.
səhifə9/10
tarix21.10.2023
ölçüsü52,21 Kb.
#130120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
39.Oilada psixologik yordam turlari

2.2. &Oiladagi konfliktli vaziyatda to’g’ri muloqot qoidalari
Konflikt vaziyatda yuzaga kelgan emosional tang holatdan, ko’pchilik, aybni boshqalarga yuklash, “ular meni tushunmadi” qabilida ish tutish, o’zgalar so’zlari va harakatlarini ayblash, kek saqlash, o’zini oqlash kabi amallar orqali chiqishga urinadi. Juda ko’p hollarda kichkina, oddiygina konflikt ham eng yaqin bo’lgan odamlarni, masalan eru-xotinni, opa-singil, aka-ukani bir-biriga qarshi qilib qo’yadi. Aytilganlarga diqqat bilan qarasangiz, ko’p marta «sen» degan so’zni ko’rasiz, «sen undaysan, sen bundaysan, sen – u san, sen – bu san...» kabi ta’nalardan har qanday “yaxshi” odam ham oxir-oqibat charchaydi.
O’zbeklarda bir maqol bor “Qurbaqani bosaversang, u ham oxir “vaqillaydi”. Ruslarda boshqa maqol bor: “Agar odamga hadeb “cho’chqasan” deb aytaversang, u oxir xurillab yuboradi”. Odatda odamni hadeb “sen”larga ko’mib tashlasangiz, u “yaxshiroq” bo’lib, tarbiyalanib bormaydi, aksincha sizga teskari bo’lib, aytganingizni qilmay qo’yadi. Mana shunday «sen – tasdiqlar» ko’pincha sovuqchilik tushishiga, tahdidga, yoki birovni besabab ayblashga olib keladi. Siz xohlamasangiz ham, ko’pchilik hollarda «sen – tasdiqlar» qarama-qarshilik darajasini kuchaytirib, konfrontasiyaga, olishuvga, psixologik va emosional to’qnashuvga, yakkalikka, umumiy maqsadlarning buzilishi va uzilishiga olib keladi. Mana shunday to’qnashuv va qarama-qarshilikni, bir tomondan oldini olish, shu bilan birga, o’z fikrini ham ifodalashga ulgurishning eng maqbul yo’li «Men – tasdiqlar», “men-murojaat”lar hisoblanadi. “Men-tasdiqlar” juda katta imkoniyatlar beradi. Faqat ularni o’z o’rnida qo’llay olish darkor. Eng asosiysi bu usul sizga boshqa insonga xujum qilmaslik imkonini, uni ayblamaslik imkoninini yaratadi. Siz boshqa insonga hamla qilmasdan turib, o’z fikr va xissiyotlaringizni unga bayon qilib bera olasiz.
Qanday qilib «men – tasdiqlar» usulini to’g’ri qo’llash mumkin - eng avvalo “sen” deyish, ya’ni birovni aybli qilishdan konflikt vaziyatda “men” deyishga o’tish darkor; - “men” deyishga o’tish mutlaqo “men” aybdorman, aybimga iqrorman degani emas; - konflikt vaziyatda “men” deyishning o’ziga xos tartiblari mavjud. “Men” deganda, aynan mening mana shu ziddiyatdan nechog’li qiynalayotganim, ziddiyat meni nechog’li azoblayotgani, aynan inson “meni”ga aloqador bo’lgan “mening xissiyotlarim” bildiriladi, ammo bu vaziyatda “uning” aybi yo’qligi ta’kidlanadi; - “men” deyilishida muhim bo’lgan maqsad, “Men” ziddiyatdan xursand emasman, “sen” ham ziddiyatdan xursand emasman. Biz ikkalamiz ham – xursand emasmiz. Biz bir tomondamiz – deyilishiga imkon yaratiladi. “Men” va “sen” bir tomon, ziddiyat – bir tomonga ajratiladi. “U” ham sizni ziddiyatdan tashqarida ko’ra boshlaydi. “U” – “men”ga quloq sola boshlaydi, “men”ning nima demoqchiligini eshita boshlaydi; - “men” ga o’tish tazyiqsiz, bosimsiz olib boriladi. “Men” deyish o’z qalbiga, o’z xissiyotlariga aniq quloq tutishni va ularni adekvat tarzda so’z bilan to’g’ri ifodalanishini angladi.
“Men – tasdiqlar” aynan siz o’zingizning qalbingizdagi maqsadlar, xis-tuyg’ularni aniq idrok qilgan vaqtda sizga qo’l keladi. Agar siz o’z xissiyotlaringizga aniq quloq tutmay, soxtalik bilan “men-tasdiqlarni” ishlatsangiz, o’zingizga zarar ko’rsatib qo’yishingiz mumkin. Chunki siz chin 24 maqsadni emas, haqiqatga anglangan maqsadni emas, balki opponentingizga ta’sir o’tkazish uchun tanlangan maqsadni ko’zlagan bo’lasiz. Masalan, agar siz ajralishni asli xoxlamayotgan bo’lsangiz-u, xotin (er)ingizni bo’ysundirish uchun ajrim haqidagi gaplarni behudaga ishlatayotgan bo’lsangiz, opponentingiz sizning fikrlaringizni “chin” qabul qilib, ajrimga rozi bo’lib qolishi mumkin. “Men-tasdiq”lar ikki tomonni ham samimiylik va rostgo’ylikka o’rgatadi. «Men – tasdiqlar»ni qo’llash bo’yicha to’rt talab
1. Birovga har doim uning ismi – sharifini aytib murojaat qiling. Bu hol uni tan olganligingiz va hurmat qilishingiz belgisidir.
2. Nima o’ylar sizni bezovta qilayotgani, nima tuyg’ular tashvishga solayotganini ayting. O’z tuyg’ularingizni boshqa inson bilan xolis muhokama qiling
3. Muammoni aniqlang. Aniq fikrlang. Hyech kim sizdan yaxshiroq aynan sizning xis – tuyg’ularingizni anglamaydi.
4. Boshqa odamga nimani istayotganingizni ayting. Shuning o’zi konflikt yechimi uchun turtki bo’lishi mumkin.
Muomala madaniyati bo’yicha bilimlar ziddiyat ichida tomonlarni bir biriga yaqinlashtirish, ular orasidagi muloqotni yangitdan bir tizimga tushirish, tomonlarning o’zaro axborot olishlarini yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Muomala madaniyati birovni eshitish va birovga o’z axborotlarini to’g’ri yetkazish 26 qaoidalari va tartiblaridan iboratdir. Shu bois, konflikt yechimi tartiblariga muomala madaniyati bo’yicha ma’lum qoidalar kiritiladi.
Quyida iliq muomala va qanday qilib hamsuhbatni to’g’ri tushunish va unga o’z o’ylaringizni aniq anglatish buyicha 10 maslahat keltirilgan.
1. Suhbat uchun qulay, tinch va to’g’ri joy tanlash.
2. Hamsuhbatingizning gaplarini bo’lmang.
3. Sabr – qanoatli bo’ling!
4. Tana zaboniga quloq soling!
5. Etibor bilan tinglang!
6. Ma’ruza o’qimang!
7. Ochiq va aniq savollardan foydalaning!
8. Hyech narsa taklif qilmang!
9. O’zingizni nazorat qiling!
10. Birovning nafsoniyatiga tegmang!
Masalan, konkret inson, xotin va yoki kelin sifatida sizning talablaringizni aniq bir vaziyatda qoniqtirmayotgan bo’lishi mumkin, ammo aynan mana shu inson qiz, farzand, ona, mutaxassis sifatida o’z oilasi va jamoasining juda katta hurmatiga loyiq bo’lishi ham mumkin. Yoki aynan mana shu konkret inson, ota va er sifatida o’z xotinida ba’zi e’tirozlarni uyg’otishi mumkin, ammo mana shu erkak o’z ish 27 joyida, o’z oilasi va yaqinlari o’rtasida juda katta hurmat bilan tilga olinishi mumkin. Ya’ni, siz “yomon” deb o’ylayotgan yaqin odamingiz, u er, xotin, aka, uka, qarindosh, hamkasaba, ota-ona, boshliq sifatida sizning talablaringizga javob bera olmagani, hech zamonda mazkur insonni batamom “yomon otliq” qilib qo’yish uchun asos bo’la olmaydi. Inson kundalik hayotida juda katta informasiya ichida yashaydi, katta informasion oqimni qabul qiladi va xuddi shunday katta informasion ma’lumotlarni atrofga tarqatadi ham. Informasiyalarni tarqatishda faqat uning tili, zaboni, aytgan gaplari, ishlari, yozgan kitoblari ishtirok etmaydi. Faqat mana shulargina ahamiyat kasb etmaydi. Balki informasion ma’lumotlarni tarqatishda odam tanasining ma’lum hatti-harakatlari, ya’ni mimikasi, kiyinishi, qo’l harakatlari, qosh ko’zi, ovozi, ko’z qarashlari, nigohi, kulgusi ham ishtirok etib, ular muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, bizning boshqa odamlar bilan bo’ladigan tabiiy muloqotimizda ularda jamlangan ma’lumotlar bilan birgalikda til, tana harakatlari, mimika, ovoz ham faol ishtirok etadi. Bizning uzatmoqchi bo’lgan axborotimizga mutanosib ravishda mazkur tana harakatlarini biz beixtiyor tarzda instinktiv ishlatamiz. Ularga ko’p e’tibor qaratmaymiz. Ammo bizning suhbatdosh, ba’zan xuddi ana shu tana harakatlari orqali siz to’g’ringizdagi eng “ochiq” aytilgan va haqiqiy bo’lgan axborotni qabul qiladi hamda o’z xulosalarini chiqaradi. Shu bois, siz birovdan hafa bo’lsangiz, o’z nutqingizda hurmatli so’zlarni aytayotgan bo’lsangiz ham, boshqa inson ko’pincha vaziyat samimiy emasligi, orada nimadir bo’lganligini sizning tana harakatlaringiz (“sovuq” ovozingiz, ko’z qarashlaringiz, “qo’l” uchida so’rashishingiz) orqali bilib, sezib turadi.
Siz qarshingizda turgan odam tomonidan o’zingizning ichki xissiyotlaringiz aynan va bevosita anglanishini istamaysiz, chunki aynan mana shu daqiqalarda siz mazkur odamga nisbatan yomon xissiyotlar ichida yashamoqdasiz. Biroq, siz o’z xissiyotlaringizni yashirishingiz lozim. Ammo tana harakatlaringiz ongingiz to’rida bo’lgan sizning munosabatingizni o’z tana zaboni orqali bilintirib qo’yadi. Chunki informasiya faqat so’z orqaligigina emas, balki tana harakatlari orqali ham 28 uzatiladi. Demak, tana zaboni axborot ulashish va tarqatishda faol ishtirok etadi. Informasiyani uzatishda biz ko’pincha e’tibor bermaydigan xuddi ana shu noan’anaviy usul - “tana zaboni” hisoblanadi. Tana zaboni – sizning qanday yurishingiz, turishingiz, qanday ovozda so’zlashishingiz, qanday kiyinishingiz, sizning imo-ishoralaringiz, mimikangiz, umuman olganda qandaydir ma’noga ega bo’lgan hamda axborot tarqatish va qabul qilishda ishtirok etgan tana harakatlaringiz majmuasidir. Bizning bunday tana harakatlaringiz nima to’g’risida, qanday axborot beradi? Bizning tana zabonimiz o’ziga xos til bo’lib, u bizning kayfiyatimiz va xarakterimiz to’g’risida o’zimizdan ko’proq informasiya beradi.
Tana zaboni, shu bois, muloqotning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Tana zabonini konflikt vaziyatlarda qo’llash borasidagi asosiy tamoyillar
1. Hamsuhbatingizdan qo’l cho’zgulik uzoqlikda turing. Albatta, bu uning sizga naqadar yaqinligiga bog’liq. Inson shaxsiy makonini besabab buzmang. Opponentingiz harakatlarini to’g’ri anglashga harakat qiling. Agar u shaxsiy makonni buzishga moyillik ko’rsatsa, shundagina unga yaqinlashing.
2. Sizning ovozingiz ochiq, samimiy, ishonchli, qat’iy, ammo tahdidsiz bo’lishi lozim. Ovozingiz orqali iliqlik, mayinlik, sabr va qanoat, mehr, qoniqqanlik, ishonch xislarini uzatishga sayi-harakat qiling. Iliqlik ortidan iliqlik, mayinlikning esa mayinlik olib kelishiga ishoning.
3. Sizning qo’llaringiz nima axborot berayotganligiga e’tibor bering. Agar barmoqlaringiz mushtga tugilgan bo’lsa, bu tahdid va hujum alomatidir. Agar qo’llaringizni ko’kragangizda almashtirib tursangiz, bu bee’tiborlilik, “Menga sening gaplaring qiziq emas, men o’zim bilaman, nima qilishni” degani bo’ladi. Agar qo’llaringizni haddan ziyod u yoq bu yoqqa qarata harakat qildirsangiz, qarshingizdagi odam sizdan uzoqroq turishni ma’qul topadi. Chunki, beixtiyor unga tegib ketishingiz mumkin.
4. Ko’llaringiz yonga to’g’ri tushgan, oyoqlaringiz to’g’ri, gavdangiz ham to’g’ri bo’lsin. Ortiqcha harakatlar qilmang. Stolni chertmang, boshqa tomonga qaramang, u yoq bu yoqqa yurmang, samimiy va ochiq bo’ling.
5. Hamsuhbatingizning ko’zlariga ko’zingiz to’g’ri va tik, ammo tahdidsiz qarasin. Gaplashayotganda hamsuhbatingizga qarama – qarshi tomonga, yoki boshqa xonaga qarab o’tirmang. Yuzma-yuz qarashga harakat qiling. Qarshingizda turgan odamga ochiq nazar bilan qarang.
6. Hamsuhbatingiz bilan gaplashayotganda uning so’zlariga e’tiborli bo’ling. O’z e’tiboringizni tana harakatlari bilan tasdiqlab turing. Konflikt yechimida boshqa bir insonni eshitish hamda o’z fikrini o’tkazishni tenglik sharoitida olib borish muhim talablardan biriga aylanadi. Demak, konflikt yechimida birovni eshitish va o’zini anglatish qonuniyatlariga rioya etish zarur. Birovlarga “aql” o’rgatib, ularning qanday yashashi lozimligi ta’kidlashdan ko’ra, ularni avval eshitib, so’ng birgalikda yagona qaror qilish to’g’riroq bo’ladi.
Konflikt – faol eshitish qobiliyatisiz yechilmaydi. Faol eshitish qobiliyati esa ham eshitish, ham o’z fikrini bildirish bosqichlaridan iborat bo’ladi. Shu bois, muloqot madaniyatini mana shu muloqotni “sovuqlashtiruvchi” yoki uni “iliqlashtiruvchi” omillarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Agar siz o’zga tomon bilan o’z munosabatlaringizni buzmoqchi bo’lsangiz, sizga muloqotni “sovuqlashtiruvchi” omillar qo’l keladi, ammo siz muloqotdan tomonlar orasidagi yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun foydalanmoqchi bo’lsangiz, demak, siz doimo muloqotni “iliqlashtiruvchi” omillardan foydalanishingiz darkor. Muloqotni “sovuqlashtiruvchi” omillar Muloqot madaniyatida keng tarqalgan xatolardan bir shundaki, gapirib turgan odamning so’zi nihoyasiga yetmasdan turib, unga yangi savollar beriladi. Siz bunday qilganingizda suhbatdoshingizni qiyin ahvolga solib qo’ygan bo’lasiz. Chunki u birinchi savolingizga xali to’liq javob ayta olmagan. Siz bo’lsa, yangi savollar berayotirsiz. Siz uni dovdiratib qo’yasiz. Nima muhimu, nima muhim emas, u idora qila olmay qoladi. Agar u savollaringizga javob bermasa, siz uni omi, bilimsiz, didsiz, ilmiy salohiyatsiz odam sifatida baholashingiz mumkin.
Demak, savol berilgandan so’ng, to’laligicha mazkur savolga javob berish imkoniyatini ham yaratish lozim. Shu bilan birga, ba’zi odamlar o’z psixologiyasi va tarbiyasiga ko’ra muloqotni “barbod” (sabotaj) etuvchilar qatoriga qo’shiladilar. Mana shunday odamlar so’zlarida ko’pincha tahdid ovozlari va kayfiyatlari sezilib turadi. Ular buyruq berib gapiradilar. Ular asosan negativ axborot tarqatishga moyil bo’ladilar. Ba’zilar o’z suhbatini tergovday olib boradi. Ular so’zlari tahdid, shubha, busaramjonlik bilan to’lgan bo’ladi. Ba’zilar esa, avval maqtab turib, so’ng biror ishni zimmangizga yuklash payidan bo’ladi. Sizning qalbingizda esa, xuddi aldanib qolgandek xissiyot uyg’onadi. Ba’zilar nima to’g’rida gapirilsa ham, asosan maslahat berishga o’tib ketaveradi. Kamdan kam odam o’z suhbatini 30 hamkorlikda biror yechimni qidirishga yo’naltira oladi. Ba’zilar esa suhbatlashishni bahs qilish, ko’p gapirish, birovlarning og’zidan so’zini olib qo’yish deb anglaydi.
Ular suhbatdoshi bilan xuddi so’zlashishida musobaqa o’tkazayotganday o’zini tutadi. Ba’zilar esa buning aksi, birovning so’zlarini eshitish, faqat uni tinchlantirishdan iborat deb, nuqul “Hafa bo’lma”, “Asabiylashma”, “Hamma narsa o’tib ketadi” qabilida suhbat quradilar. Ammo ularning suhbatdoshiga tinchlantirish emas, ularning so’zlari, mana shu so’zlar ortida turgan xissiyotlarni hamdard bo’lib eshitish talab qilinadi. Yuqorida ta’kidlangan barcha holatlarda bir tomon ikkinchi tomonga nisbatan “sabotajlik” munosabatida bo’ladi. Empatiya deb atalgan tushuncha bor. Empatiya – boshqa bir odamning harakatlari va amallarini yuzaga keltirayotgan omillar va xis-tuyg’ularni to’g’ri tushunish, ularni adekvat anglash va hamdardlik ko’rsata olish hisoblanadi. Mana shunday o’zingga yaqin, xatto ba’zan tanish bo’lmagan odamlar xis-tuyg’ulariga ochiqlik, ularni tushunish - o’zaro anglash va hamdardlik, o’zaro kontakt qila olish qobiliyatidan darak beradi. Mana shunday qobiliyatni o’zida tarbiya qila olgan, o’stirib borgan odam, shu qobiliyatni egallagan odam, muloqot madaniyatining eng zarur talabini bajargan hisoblanadi. Agar siz ruhan eng yaqin insonni ko’z oldingizga keltirsangiz, siz va mana shu inson o’rtasida:
 samimiylik;
 ochiqlik;
 o’zaro bir-biridan sir yashirmaslik;
 o’zaro ishonch;
 qarashlar yakdilligi;
 muammolarni ochiq ayta olish, o’z muammosini aytganda “bu odam yomon ekan” degan hayollarga bormaslik;
 uning siz to’g’ringizda hyech qachon yomon fikrga bormasligiga, sizni “muhokama” etib turmasligiga ishonch;
 uning sizni har doim ochiq yuz bilan kutib olishi;
 siz uchun hyech qachon vaqt ayamasligi;
 yordam kerak bo’lganda, ularning har doim tayyorligi va shu kabi o’nlab xususiyatlarning namoyon bo’lishi oydinlashadi.
Xulosa
Uslubiy kurs ishimiz bo’yicha olib borilgan izlanishlarni tahlil qilib quyidagi xulosalarni keltirish mumkin.
- Oilaviy konfliktning yechimiga kelish uchun muhim bo’lgan talablardan biri
tomonlarning uning yechimini qidirishga tayyorligi va ularning ixtiyoriy tarzda konflikt yechimini topishga astoydil bel bog’laganligi hisoblanadi. Agar tomonlar o’z hoxishiga ko’ra konflikt yechimini topishga tayyor bo’lmasalar, konflikt yechimini topib bo’lmaydi. Eng avvalo konfliktni yuzaga keltirgan obyektiv sabablar to’xtalishi, uni yuzaga keltirgan sharoitlar aniq belgilanishi darkor. Shu nuqtai nazardan, har qanday konflikt subyektiv omillar (oila azolari, er, xotin,..) ham obyektiv omillardan tashkil topadi (nizoni keltirib chiqarishga sabab bo’lgan tashqi omillar: yaqinlar, do’stlar,.….).
Konflikt yechimini topish murakkab, uzoq muddatli, sabr va qonoatni talab etadigan, tomonlarning o’z ustida uzoq muddat ishlashini zaruriyatga aylantiradigan jarayon bo’lishi mumkin. Konflikt yechimini topish – tomonlarning bir birini anglashi va tushunishiga qaratilgan yo’ldir.
- Konfliktlarning jamiyat hayotidagi doimiy va umumiy hodisa sifatida tan olinishi har qanday konfliktning u ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’lamda, shaklda va tanglik darajasida muqarrar tarzda namoyon bo’lishini keltirib chiqarmaydi. Ijtimoiy konfliktlarni tartibga solish muammosi konfliktli vaziyat sabablariga ta’sir etish, konfliktning salbiy oqibatlarini tugatish yoki konflikt natijalaridan foydalanish maqsadida konfliktning borishini muayyan yo’nalishga solish imkoniyatiga asoslanadi.
- Har qanday konfliktlarni boshqarish usullari mavjud bo’lib, har bir inson o’z xarakteriga oid usulni qo’llaydi. Konfliktlarni boshqarish usullarini bilish esa insonga o’zini yaxshi anglashi va o’z qadamlarini tahlil qila olishi uchun yordam beradi va ko’maklashadi. Har bir usul afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Shu bois, afzalliklarni kuchaytirish va kamchiliklardan o’z xatti-harakatlarini tozalash ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning oldini olishga imkon yaratadi. Oilaviy hayotni to’g’ri tashkil qilish va uni ziddiyatlardan asrash oilaning barcha a’zolaridan ma’lum tamoyillarga bo’ysunib yashash, ma’lum bilim va ko’nikmalarni qo’llash zaruriyatini talab etadi. Mana shu talablar asosida, oilaviy hayotni to’g’ri tashkil qilish, uni ziddiyatlardan asrash bo’yicha qizlar va yigitlarga maslahatlar berish lozim.

Yüklə 52,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə