Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Pedagogik ta`lim fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 401-guruh talabasi ulasheva sevinchning Boshlang`ich ta`limda didaktik asarlar orqali kitobxonlikni shakllantirish usullari fanidan tayyorlagan


UCHINCHI BO`LIM. TILINGNI AVAYLA – OMONDIR BOSHING



Yüklə 11,52 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü11,52 Kb.
#158941
1   2   3
Guli slayd

UCHINCHI BO`LIM. TILINGNI AVAYLA – OMONDIR BOSHING
    • «Qarindosh» illatlar
    • To`g`rilik haqida
    • Hazilning tagi zil
    • Salomning xosiyati
    • Insoniylik gavhari
    • Tuxmat tosh yoradi
    • G`iybatning kasofati
    • Do`zax o`tining tutantirigi

“Saodat Saroyining kaliti” asarida quyidagi fikrlar ham o`z o`rniga egadir:


Shunday banda bor, chiroyli xulqi bilan jannatning baland darajalariga yetadi, garchi obid bo’lmasa ham.
Shunday banda bor, yomon xulqi sababli do’zaxning eng quyi qavatlaridan joy oladi, garchi obid bo’lsa ham.
Anas ibn Molik
Bandalarimizning ibodatlari ichida menga suyumlirog`i- mening yo`limda yaxshi amallarga targ`ib hamda xolis nasihat qilishdir.
Hadisi Qudsiydan
Yo, Alloh, meni go`zal axloqqa xidoyat qil. Sendan o`zga meni chiroyli xulqqa xidoyat qilolmas. Yo, Alloh, yomon xulqni mendan uzoqlashtir. Sendan o`zga buni qilolmas
Payg`ambarimiz allayhissalomning namozni boshlashlaridan oldingi duolari

Do`stlashish uchun odam tanlanadi. Buning uchun odamga aql berilgan. Yana bir haqiqat shuki, odam ma’lum yoshga yetganida ota-onasiz yashashi mumkin, do`stsiz hayot kechirishi esa ogir, juda ogir. Odam ota-onasining vafotiga asta-sekin ko`nikadi. ≪Do`stim≫ deb yurgan odamning xiyonati tufayli undan tiriklayin ayrilsa, chidashi qiyin. Bog`chada orttirgan do`stingiz, maktabdagi, litsey yoki kollejdagi do`stingiz bor. Bularning biri ikkinchisiga o`xshamaydi. Bog`chadosh, sinfdosh do`stlaringiz bilan qadrdonlashib qolganingizda litsey yoki kollejga borib yangi do`stlarni kashf qilishingiz kerak bo`ladi. So`ng institutda, keyin xizmatda... Ko`nglimiz hamisha vafoli do`st tilaydi. Ayni damda kimdir bizning do`stligimizga, sadoqatli do`stligimizga muhtoj. Birorta do`sti bo`lmagan odam dunyoda yashamasa ham bo`ladi. Biz do`st deb yurganimiz dushmanlik choponiga burkanib olsa, aziyatlar chekamiz, ammo uzimiz ba’zan bilib, ba’zan bilmay boshqa bir odamga dushmanlik qilib yurganimizni anglaymizmi? ≪U yomon odam, shuning uchun menga dushman≫, deymiz


Kattalar siz bilan do`st haqida suhbatlashishdan avval ortlariga bir qarab olsalar, shu yoshlariga yetguncha topgan va yo`qotgan do`stlarini bir-bir ko`z oldilariga keltirsalar, durust bo`lardi. Ularning fazilat va illatlarini eslasalar-da, so`ng o`zlariga savol bersalar: ≪Shu fazilat menda bormi, bu illatdan qutula olganmanmi?≫ Rasululloh (s.a.v.) ≪Alloh nazdida eng yaxshi do`st deb odamlarga doimo xayrli ishlarni qilib yuruvchi kishiga aytiladi≫, deb marhamat qilganlar. Ya’nikim, do`stlarning yaxshirog`i o`z shafqati soyasida tutam va karam eshigini ular yuziga ochib kuyar, tilaklarini va hojatlarini yuzaga chiqarar. ≪Biz shundaymizmi? yoki do`st deb yurganimiz bir guruh kishilargagina yaxshilik qilish bilan cheklanamizmi?≫
Savollar ko`p... Javob o`ylash barobarida hukmatlardan quvvat olaylik-chi...
Do`stlikning avvali - tanishmoqlik. Ta’bir joiz bo`lsa, tanishish - do`stlik manziliga olib boruvchi bir
yo`l. Agar bu yo`ldan tug`ri bormay, poyintar-soyintar, egri-bugri qadam tashlansa, giybat, ig`vo, hasad
ariqlaridan suv ichib turilsa, Dushmanlik paydo bo`lishi shubhasizdir. Bir kishi bilan tanishib, uni do`stlikka qabul qilishda nihoyat ehtiyotkorona harakat qilish kerak.
Do`stga muhabbatning haqiqiy tarjimoni ixlos sanaladi. Do`stga xayrixoh bo`lish, kerakli vaqtda
uning manfaati yo`lida xizmat qilish buni isbot etadi. Muhabbat ixlosga teskari emas, aksincha uni quvvatlaydi, chunki ikki do`st orasidagi muhabbatdan maqsad - bir-birlariga manfaat yetkazib, yordamla-
shishdir. Agar ikki do`stdan birisining ko`nglidan bu chiqib ketsa, uning muhabbati chin emas, balki mu-
habbat niqobidagi munofiqlik, riyokorlikdan iborat bo`lib qoladi.
Xikoyat. Bir kishi pulga muhtoj bulib do`stining uyiga keldi-da, murodini aytdi. Xijolatligi tufayli Do`stining taklifini qabul qilmadi, uyiga kirmadi. Do`st ichkari kirib aytilgan pulni olib chiqib be-
rib, birodarining ko`nglini ko`taradigan, xijolatlikdan xoli qiladigan oqil so`zlarni aytdi. Muddaosi
hosil bo`lgan kishi iziga qaytgach, do`st uyiga kirdi-yu yo`q boshladi. Xotini ≪Erim ko`proq pul berib yuborib, achinib yirlayapti shekilli≫, degan hayolda ≪Biror narsani bahona qilib pul bermasdan qaytarib yuborsangiz bo`lmasmidi, endi pushaymonligingizdan nima foyda?≫, deb ta’na qildi. Shunda do`st dediki: - Yig`layotganim sababi sen o`ylagancha emas, meni g`aflat bosibdi, do`stim pulga muhtoj bulib qolganini bilmabman. U kelib hammasidan avval o`zim borib, mushkulini oson qilishim kerak edi. Do`stning hojatidan bexabar menday g`ofilning do`stligidan Tangrim rozi bularmikin?
Do`stlar ikki xil bo`ladilar: birinchilari – o`z ixtiyorlari bilan samimiy do`st bo`lganlar, ikkinchilari - majburiyat va zaruriyat yuzasidan ahdu paymon bog`laganlar. Bularning maqsadi foyda ko`rmoq va zarardan qochmoqdir. Lekin samimiyat va sadoqatga asoslangan do`stlik hamisha, har yerda va har sharoitda ishonchli bo`ladi. Zaruriyat va majburiyat natijasida paydo bo`lgan do`stlik esa bunday quvvatga ega emas. U daryo kabi goh toshib, atrofli bosadi, goh qurib, suvi ozayib qoladi. Zaruriyat yuzasidan paydo bo`lgan do`stlikka ishonish durust emas. Zaruriyatdan ko`tarilishi zamon do`stlik adovatga aylanishi, ehtimol. Demoqchimizki, olim agar zaruriyat tufayli do`st bo`lganida o`zini besh tangaga sotmas edi.

Yüklə 11,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə