Sinf: 11 Fan: Biologiya Mavzu: biologik tizimlar



Yüklə 358,03 Kb.
səhifə127/139
tarix11.12.2023
ölçüsü358,03 Kb.
#145510
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139
Biologiya 11-sinf Konspekt

Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomadni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Hayvonlarning tana qoplami evolutsiyasi. Hayvonlarning tana qoplami,asosan, tashqi muhit ta’sirlari va zararli omillardan himoya qilish vazifasini bajaradi. Evolutsiya jarayonida bir organlar sistemasining takomillashuviga bog`liq holda boshqa organlar sistemalarining paydo bo`lishi va takomillashuvi sodir boMadi. Funksiyasining ortishi natijasida dastlab himoya organi bo`lgan teri nafas olish,sezish,termoregulatsiya va ayirish,sutemizuvchilarda bezlarining o ‘zgarishi natijasida paydo bo`lgan sut bezlaridan ajraladigan sut orqali naslini oziqlantirishda ishtirok etadi. Mazkur fiinksiyalar teri qoplami tuzilishining murakkablashuvi, unda turli hosila va bezlaming paydo bo`lishi natijasida amalga oshadi. Xordali hayvonlarda teri: epidermis va dermadan iborat. Epidermis ektodermadan, derma mezodermadan rivojlanadi.Boshskeletsizlarda teri qoplamining har ikkala qavati kuchsiz rivojlangan. Terining epidermis qavati bir qavat hujayralardan, shuningdek, bir hujayrali bezlardan iborat. Terining derma qavati (g ‘ovak), biriktiruvchi hujayralardan tuzilgan. Suyakli baliqlarda tangachalar yumaloq shakldagi suyak, usti yupqa epidermis bilan qoplangan plastinkalardan iborat.Suyakdan iborat tangachalar baliq tanasini qoplab turgan derma hisobiga rivojlanadi.Hayvonlaming harakat organlari evolutsiyasi. Ko pchilik hayvonlarda tana shaklini saqlash, himoya qilish va harakatni ta’minlovchi turli xildagi tayanch sistemalar mavjud. Gidrostatik skelet umurtqasiz hayvonlar, masalan, to ‘garak va halqali chuvalchanglarda uchraydi.Uning tanasida alohida to ‘qima suyuqligi bo`lib, muskullarga bosim k o ‘rsatadi. Mazkur bosim ta’sirida muskullar qisqaradi va chuvalchang harakatlanadi. Chuvalchanglaming teri-muskul xaltasida halqasimon va bo‘ylama muskullar rivojlangan. Ko‘p tukli halqali chuvalchanglar tanasining har bir segmentida maxsus harakat organlari muskulli o ‘simtalar (parapodiylar) shakllangan. Molluskalaming muskulli oyoqlari mavjud.Bo‘gimoyoqlilarda esa muskullar boylamlar hosil qilib, xitin qoplamiga birikadi.Alohida muskullarning qisqarishi tufayli hasharotlar murakkab harakatlar qila oladi: yuradi,sakraydi,suzadi,qanotlari yordamida uchadi.Umurtqalilaming muskullari skeleti bilan birikkan b o ‘lgani uchun skelet muskullari deyiladi. Umurtqali hayvonlar quruqlikda, havoda, suvda harakatlana oladi. Xitin qoplami bo‘gMmoyoqlilaming tanasidan suv y o ‘qotilishining oldini oladi.Shunday qilib, bo‘g ‘imoyoqlilaming tashqi skeleti (xitin qoplami) tayanch va ichki organlami himoya qilish,organizmni ortiqcha suv yo‘qotishdan asrash vazifalarini bajaradi.Xordali hayvonlarda ichki skeletning, y a’ni xorda, umurtqali hayvonlarda esa umurtqa pog‘onasining paydo bo`lishi hayvonlar evolutsiyasidagi yirik aromorfozlardan biri sanaladi.

Yüklə 358,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə