Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish


 Kamalak: Turfa rangli kamalak, Yomg‘irdan so‘ng charaqlar.  Dillarni quvontirib, Sochar rangin jilolar.  Bahoroy



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

4. Kamalak:
Turfa rangli kamalak,
Yomg‘irdan so‘ng charaqlar. 
Dillarni quvontirib,
Sochar rangin jilolar. 
Bahoroy
: Rahmat o‘quvchilar, men haqimda ajoyib 
ma’lumotlar va sherlar aytdingiz, bundan juda xursandman. Endi 
men sizlar bilan uch oy davomida birga bo‘lamiz. 


82 
2-boshlovchi
: Bahoroy tashrifingiz uchun sizga ham rahmat. 
1-boshlovchi
: - Bolajonlar, gullar haqida she’rlar ham 
bilasizmi? 
Bolalar:
- Ha-a! 
1-oquvchi: Boychechak. 
- Bahordan berding darak,
Oson bo‘lmadi kutmak. 
Senga talpinar yurak,
Sevgan gulim, boychechak. 
2-o‘quvchi
: - Seni ko‘rdim bog‘larda 
Baxmal adir, tog‘larda 
Yam-yashil o‘tloqlarda. 
Sen husnga boy chechak. 
Boychechak, boychechak 
Sevgan gulim, boychechak. 
3-o‘quvchi:
- Lola, lola lolajon 
Osar joying dalada 
Lola, lola lolajon 
Chidadingmi jalaga. 
4-o‘quvchi:
Chuchmomaman, chuchmoma,
Ochilaman siz uchun. 
Xushbo‘y hidim taratib,
Ko‘zingizmi yayratib 
(Bog‘bon ota kirib keladi va gullarga razm soladi). 
 
Bog‘bon ota
: - Bolalar siz gullarni sevasizmi? 
Bolalar:
- Ha. 
Bog‘bon ota
: - Ularga bir razm soling-a. qanday go‘zal, 
qanday chiroyli. Endi gullar haqidagi fikringizni bilmoqchiman. 
1-o‘quvchi
: - Bobojon, gul bor joyda go‘zallik, tinchlik 
tabassum va shodlik hukm suradi. 
2-o‘quvchi
: Go‘zal tabiatni gullarsiz tasavvur etish qiyin
shuning 
uchun 
ularni 
doimo 
asrab 
avaylashimiz 
va 
ko‘paytirishimiz lozim. 


83 
3-o‘quvchi
: - Dalalarda, gulzorlarda gullarni uzishdan ko‘ra 
asrab avaylasak, bu chin go‘zallikni asrash emasmi? Biz gullarni 
uzsak ular so‘lib qoladi, undan ko‘ra ko‘zimizni quvontirib, 
ochilib tursa, qanday yaxshi. Ularni payxon qilishdan o‘zimizni 
tiyaylik. 
4-o‘quvchi
: - Haqiqatan ham gullarga, balki tabiatning 
barcha yashil boyliklariga, mehrli bo‘lmoq kerak. Insonlarning 
tabiatga shafqatsiz munosabat uchun ham hozirda yuzlab o‘simlik 
turlari “Qizil kitob”ga kiritilgan. 
Bog‘bon ota
: - Barakalla, bolajonlarim! Sizlarning teran 
fikrlaringiz meni xursand qildi. Siz kabi gul shaydolari kelgusida 
yurtimizni 
go‘zal 
chamanzorga 
aylantiradi. 
Men 
bunga 
ishonaman.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə