Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

2-boshlovchi
: - Dugonajon, o‘quvchilar gullar to‘g‘risida 
ko‘pgina ma’lumotlarga ega ekanlar. 
1-boshlovchi:
- Ha, to‘g‘ri aytdingiz. Bilasizmi, dugonajon 
bahor kelishi bilan yurtimizga juda uzoqlardan qushlar uchib 
keladi. Bugun, axir Qushlar bayramini nishonlayapmiz. 
2-boshlovchi
: Ha, qushlar bizning do‘stimiz. Keling, bolalar, 
qushlar haqida nimalarni bilishar ekanlar, so‘rab ko‘ramiz. 
1-boshlovchi
: - Bolalar qushlar haqida nimalarni bilasiz. 
1-o‘quvchi
: - Bahor kelishi bilan issiq mamlakatlarga uchib 
ketgan qushlar yurtimizga qaytib keladilar. Bularga qaldirg‘och, 
bulbul, zarg‘aldoq kiradi. 
2-o‘quvchi
: - Ko‘p qushlar esa yil davomida bir joyda 
yashaydilar. Bunday qushlarga chittak, musicha, ko‘k kaptar, 
kaklik, chumchuq kiradi. 
2-boshlovchi
: - Qushlar haqida she’rlar ham bilasizlarmi? 
3-o‘quvchi
: Chug‘urchuqlar churqillaydi 
Bulbullar sayrashadi. 
Qaldirg‘ochlar kuylashadi. 
Barcha qushlar jam bo‘lsa. 
4-o‘quvchi: 
Chug‘ur-chug‘ur qaldirg‘och,
Eshigingni tezroq och. 
Mana boshoq, mana don 


84 
Manziling shu xonadon. 
5-o‘quvchi
: Turnalar ko‘p sayraydi. 
Chug‘urchuqlar kuylaydi. 
Shox – shabbalar qo‘ynida 
Oq turnalar o‘ynaydi. 
6-o‘quvchi
: Nima ekan bu qush nomi? 
Suvlar to‘qay o‘rmoni 
Qo‘shiq aytar ku-ku,
Shu sababli nomi kakku. 
Topishmoq

1
. Qanotlari momiq, par,
Xat tashuvchi, ham chopar. 
Tog‘-u sahro oshsa ham 
Manzilin oson topar. (Kabutar) 
2
. Uzun tumshuq, oyoqi 
Ta’rifiga so‘z yetmaydi. 
Shu sabab ham suvda u 
Sira cho‘kib ketmaydi. (Laylak) 
3.
Hazil-huzil qilishda
Ko‘pdir unda malaka. 
Shu sabab ham qushlarni 
Qilib yurar kalaka. (Mayna) 
SAHNA KO‘RINISHI: 
Muallif
: Bir kuni chamanzorda bulbul o‘zining sevimli 
maskani bo‘lmish gullar bag‘rida dildan jo‘shib kuylab yurgan 
edi. U gullarni juda ham sevar ayni vaqtda gullar ham bulbulni 
yaxshi ko‘rardilar. 
(Qo‘shiq ) 
Muallif
: Shu vaqtda Qashqar yurtining podshosi o‘zining 
sodiq navkarlari bilan ov qilib yurib bulbulning ovoziga mahliyo 
bo‘lib qolibdi va u o‘zining oltin qafasiga solib olib ketishni xos 
navkarlariga buyurdi. 
Shoh: Do‘stlar, menga bulbulning
Ovozi yoqib qoldi. 
Ko‘pdan g‘amgin dilimga 


85 
Shodlik-u, quvonch soldi. 
Uni qafasga solib 
Qasrimga oib ketay,
Yoqimli ovozi-la 
Hammani xushnud etay. 
(Navkarlar gullarni tepkilab, bulbulni to‘rga solib olib 
ketadilar.) 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə