Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

 
Shoh:
Sayra, qani ko‘nglimni xushnud et. 
Bulbul:
Ne deb kuylay, ey shohim,
Bo‘g‘ildim men qafasda. 
Eslarman men chamanim,
Har daqiqa nafasda. 
Gullarimni sog‘indim,
Sog‘indim o‘z yurtimni. 
Har dam quvnoq va xushnud 
Sayragan har kunimni. 
(Qo‘shiq “Vatan sog‘inchi”) 
 
Shoh
: Qancha g‘amga qo‘yibman-a,
O‘ylamabman men yomon. 
Kechir meni, bulbulginam,
Uchgun o‘z yurting tomon. 
Bulbul
: Raxmat shohim, raxmat. 
(Shoh chiqib ketadi, gullar sahnaga chiqishadi, bulbul 
chamanzorga kiradi va qo‘shiqning ovozi balandlantiriladi
hamma o‘ynaydi. Ta’zim bilan sahnani tark etishadi.) 
 
(
Keyin o‘quvchilar qushlar haqida ma’lumot beradilar). 
 
1-o‘quvchi
: Qarg‘a qushlar sinfining chumchuqsimonlar 
turkumiga kiradi. Bular o‘rmonlarda bog‘, park va daryo 
bo‘ylarida yashaydi. Qishda shahar va qishlarga kam keladilar.


86 
2-o‘quvchi
: Qirg‘iy, burgut yirtqich qushlar turkumining 
qarchig‘aylar oilasiga kiradi. Qirg‘iy Yevropa, Osiyo Afrikada 
tarqalgan. 
3-o‘quvchi
: Ukki yapaloqqushlar orasida eng yirigi. 
Boshining ustida quloqqa o‘xshash ikki to‘p pati dikkayib turadi. 
Ukki ko‘proq turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi, ba’zan 
o‘rgimchaklar va ayrim qushlarni ham tutib yeydi. 
4-o‘quvchi
: O‘rdaklar bundan 3000 yil oldin yovvoyi 
o‘rdaklardan kelib chiqqan. O‘rdak tuxumining ta’mi uncha 
yaxshi bo‘lmaganligi sababli odatda go‘shti uchun boqiladi. O‘rta 
Osiyo uv suv havzalarida suqsar o‘rdaklar uchraydi. 
5-o‘quvchi
: Tovuqlar xonaki parrandalar orasida eng ko‘p 
boqiladi. Hozirgi tovuq zotlari tropik o‘rmonlarda yashaydigan 
yavvoyi bankiv tovuqlardan kelib chiqqan. 
1-boshlovchi
: Mana azizlar “Gullar va Qushlar bayrami”ga 
bag‘ishlangan kechamiz ham oxirlab qoldi. Aziz o‘quvchilar har 
birimiz tabiatga mehr-muruvvatli bo‘lishimiz va tabiatning tabiiy 
go‘zalligini saqlashimiz kerak. 
2-boshlovchi:
Tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan 
oqilona foydalanish har bir insonning muqaddas burchidir. Ona 
tabiatni asrang aziz o‘quvchilar! 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə