Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish


“GULLAR VA QUSHLAR” BAYRAMI



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

 
“GULLAR VA QUSHLAR” BAYRAMI 
Maktab sahnasi o‘ziga xos bayramona usulda chiroyli gullar 
va qushlar bilan bezatilgan, ohista musiqa yangraydi. Sahnaga 
ikki boshlovchi chiqib keladi. 
1-boshlovchi
: (Gullarga qarab) – Do‘stim, qarang, bu qadar 
go‘zal manzara. Bu qadar go‘zal gullar. Bular tabiatning chin 
mo‘jizasi emasmi? 
2-boshlovchi
: - Ha, to‘g‘ri aytdingiz, gullar haqiqiy go‘zallik 
timsolidir. Bugungi bayramimiz ham ana shu tabiatning nodir 
mo‘jizasi-gullar nomi bilan ataladi. Qarang, bayramga qancha 
mehmonlar yig‘ilishgan. Keling, ular bilan salomlashaylik. 
1-boshlovchi
: - Assalom, deganda ochilgay gullar 
Assalom deganda sayrar bulbullar 
Assalom deganda quyosh kuladi,
Dillarga ezgulik nuri inadi. 
2-boshlovchi

- Assalom, davramizning siz aziz mehmonlari,
Assalom, ilm-u fanning sohibi davronlari! 
Mo‘tabar otaxon-u onaxonlar, assalom! 
Yuzlarga kulgu balqqan bolajonlar, assalom! 
1-o‘quvchi:
- Tinchlik bo‘lsin dunyoda,
Olam gullarga to‘lsin! 
Biz kabi bolajonlar,
Bog‘larda o‘ynab kulsin. 
2-o‘quvchi
: - Bayramlarni sevamiz,
Bayramlar bizda bisyor. 
Ezgu qalblar sevguvchi,


80 
Yurtda hamisha bahor. 
1-boshlovchi_:_-_Bolalar,_qaranglar,_davramizga_kim_mehmon_bo‘lib_keldi._(Sochlariga_gul_taqqan_Bahoroy_tashrif_buyuradi_va_egilib_salom_beradi)._O‘quvchilar'>1-boshlovchi
: - Bolalar, qaranglar, davramizga kim mehmon 
bo‘lib keldi. (Sochlariga gul taqqan Bahoroy tashrif buyuradi va 
egilib salom beradi). 
O‘quvchilar
: (jo‘r ovozda): - Axir bu Bahoroy-ku! 
2-boshlovchi
: - Xush kelibsan, Bahoroy! 
Bahoroy:
(ta’zim qilgan holda). 
Mana men, go‘zal bahor,
Yetib keldim sizlarga. 
Jon kirdizdim daraxtlar-u 
G‘unchalar, ildizlarga. 
Oppoq o‘rik gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan. 
Kamalakday yetti tovlanib 
Yashillanib, goh olovlanib,
Mehmon bo‘lib keldim bolalar. 
1-boshlovchi
: Bahoroy bugun o‘quvchilarimiz siz, navro‘z, 
bahoriy bayramlar va hodisalari haqida she’rlar aytib sizni 
quvontirishmoqchi. 
1-oquvchi:
O‘lkamga bahor kelgach 
Ko‘m-ko‘k bo‘ldi bog‘-dala. 
Mayi shamolar esib,
Ochildi chechak, lola. 
Suvlar oqar shildirab,
Dilga yoqar ovozi. 
Ko‘ngilga berar orom 
Qushlarning nag‘ma sozi. 
Qaldirg‘och chug‘urlaydi,
Simyog‘ochdan jilmayib. 
Quyosh chiqib keladi
Har tong bizga jilmayib. 
2-o‘quvchi: Bahor gullarida guldasta sizga 
Chin qalbim tabrigi payvasta sizga 
Bir asr yashang-u yana nim chorak 
Do‘stlar Navrozingiz bo‘lsin muborak. 


81 
3-o‘quvchi: Bayramlarni sevamiz,
Bayramlar bizda bisyor 
Ezgu qalblar sevuvchi
Yurtda hamisha bahor. 
(Bahor haqida qo‘shiq va raqs.) 
1. Shamol
: Shamol, shamol, shamolman 
Sochlari to‘ziq shamolman. 
Bulutlarni to‘zitib 
Har tomonga o‘kirib 
Yelaman siz tomonga 
Kuchim yetar har nega! 
2. Chaqmoq
: Gumbur-gumbur, gum-gumbur,
Go‘yo toshlar sharaqlab. 
Birdan chaqmoq charaqlab,
Tusha boshlar yer sari. 
Bilaman bu toshlarning
Bittasi ham tushmaydi. 
Bu guldurak, guldurak,
Jaladan berar dark. 
3. Yomg‘ir
: Ey, kamtarin yomg‘irjon,
Menga juda yoqasan. 
Quvnab-quvnab sho‘x kuylab,
Qay manzilga oqasan. 
Moviy zilol suvingni,
Yerim qonib ichadi. 
Shuning uchun hosilin,
Yurtim uzra sochadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə