Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


BALIQ NAMUNALARINI YIG‘ISH VA ULAR USTIDA TEKSHIRISHLAR O‘TKAZISH



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə90/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182
to\'plam tayyor

BALIQ NAMUNALARINI YIG‘ISH VA ULAR USTIDA TEKSHIRISHLAR O‘TKAZISH.
Mirzaxalilov Mirabbos Mirzakarim o‘g‘li.
Farg‘ona davlat universiteti;
Baliqlar ustida kuzatish olib borish; quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarni kuzatishga qaraganda birmuncha qiyin; baliqlarni to‘plash ham qiyin, chunki ularni tutish ko‘p vaqt va maxsus asbob talab etadi.
Bundan tashqari, mamlakatimizning ko‘pgina rayonlarida baliqlarni bredn, oddiy va yoyma to‘rlar, vershalar bilan ko‘p tutish uchun tegishli ruxsatnoma bo‘lishi kerak. Shuning uchun o‘quvchilarga havaskor baliqchilar va baliq tutuvchi brigadalar bilan yaqin aloqada bo‘lish qat’iy tavsiya qilinadi. Ulardan baliqlar va bu hayvonlar to‘g‘risida ko‘p qiziqarli hamda kerakli ma’lumotlarni olish mumkin.
Birinchi navbatda so‘rash yo‘li bilan muayyan rayon ixtiofaunalarining tur xilini har xil turlarning taxminiy, miqdoriy nisbatini aniqlash; har bir turga tegishli suv havzalari tiplari; havaskor baliqchilar va baliq tutuvchi tashkilotlarning yilning har xil mavsumida baliqlar tutish uchun ishlatadigan usul va asboblari. Baliqlarning uvuldiriq tashlash oyi va muddati alohida tur baliqlar sonining ko‘payish dinamikasi va kamayish sabablari yoki aksincha, ko‘payishi to‘g‘risidagi, baliqlar zaxirasini ko‘paytirish va muhofaza qilish ishlari hamda olib borilayotgan tashkiliy ishlarning samaraliligi haqidagi ma’lumotlar shubhasiz, qiziqarli bo‘ladi. Xususan, agar baliqlar uvuldiriqni xo‘jalikning suv quyilib turadigan joyiga tashlaganda, yozda suv qurib qoladigan kichik suv havzalarida suv kamaygan vaqtda baliqchalarning hayoti qanday bo‘lishini aniqlash zarur; baliqchalar kim tomonidan qutqariladi va buning uchun qanday tadbirlar qo‘llaniladi. Baliqlarni yoyma to‘r bilan tutish va tutilgan baliqlarni to‘rdan chiqarib olishda o‘quvchining qatnashgani ma’qul. Bunda baliqchilik texnikasi bilan tanishish va tutilgan baliqlar soni, muayyan suv havzasidagi baliqlarning kattaligi va turlarning miqdoriy tarkibi haqida ba’zi bir tasavvurga ega bo‘lishi mumkin. Baliqlar yoshini birmuncha aniqlash, eng katta yoshlilaridan va yosh gruppalari kattaroq baliqlardan bir necha tangacha olish kerak. Har bir baliq tangachasini qog‘oz varaqlari orasiga qo‘yib, tur nomini yozib qo‘yadilar, baliqni esa tortadilar, o‘lchaydilar va mumkin bo‘lsa jinsini aniqlaydilar. Bundan tashqari, laboratoriya tekshirishlari uchun baliqlarning har bir turidan bir necha ekzemplyar olish kerak. Baliqchilar o‘quvchilarni doimo ixtiologik materiallar bilan ta’minlaydilar. Keyingi yillarda Vatanimizda baliqchilik xo‘jaligining katta tarmoqlari tashkil etilgan. Agar praktika olib borilayotgan rayonda bunday korxona bo‘lsa, uni borib ko‘rish va xo‘jalik tipini (to‘la sistemali yoki yarim sistemali) hamda qanday baliq turlari ko‘paytirilishini aniqlash kerak. Suv havzalari sistemasi va barcha ish protsesslari: ikra olish, baliq tutish va uni realizatsiya qilish bilan tanishish zarur.
Agar baliqchilik xo‘jaligi bo‘lmasa, o‘quvchilar aylanib turadigan temir yoki qarmoq bilan tutishni uyushtirishlari kerak; mayda baliqlar matrapchalar bilan oson tutiladi. Tegishli ruxsatnoma bo‘lganda baliq to‘rlar va vershalardan foydalanib tutiladi. Ayni vaqtda material to‘plashda havaskor baliqchilar real yordam berishlari mumkin.
Qishda hamma baliqlar karaxt yoki kam harakatchan bo‘ladi. Lekin nalim (yelimbaliq) dekabr-yanvar oylarida uvuldiriq tashlaydi, yorsh (mayda qiltanoqli baliq) lar esa muz ostida ko‘payadi. Qishning birinchi yarmida, agar muz tiniq bo‘lsa, baliqlarning xatti-harakatlarini kuzatish zarur. Baliqchilar artelida muz ostidagi baliqlarni tutishda qatnashib, baliq tutish usuli va yilning shu davrida tutilayotgan baliqlarning tur xili bilan tanishish kerak. Ixtiologik material to‘plash va baliqchilardan qish davridagi baliqlar biologiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin. Qishning o‘rtalari va ikkinchi yarimlarida ba’zan muz yorilishi kuzatiladi, bunday vaqtda muz teshiklariga suzib kelayotgan baliqlarni matrapcha bilan tutish qiyin bo‘lmaydi.


  1. Yüklə 4,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə