Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


-jadval. Shahrixonsoydan tutilgan chiziqli tezsuzar (



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə93/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182
to\'plam tayyor

1-jadval.
Shahrixonsoydan tutilgan chiziqli tezsuzar (Alburnus taeniatus) ning morfometrik ko’rsatkichlari.

Standart uzunlikka nisbatan %






O'rtacha

Min

Max

1.

Umumiy uzunlik, mm

71,84

58,55

81,90

2.

Standart uzunlik, mm

58,70

47,93

66,71

3.

Bosh uzunligi

24,81

24,01

25,80

4.

Tana balandligi orqa suzgich qanot asosidan

29,20

27,27

32,42

5.

Predorsal uzunlik

55,86

52,74

56,95

6.

Postdorsal uzunlik

33,77

31,90

35,55

7.

Prepelvik uzunlik

48,40

46,02

49,39

8.

Preanal uzunlik

64,54

62,57

67,19

9.

Orqa suzgich qanot uzunligi

20,26

17,35

21,99

10.

Orqa suzgich qanot asosisining uzunligi

12,38

11,56

14,60

11.

Anal suzgich qanotining uzunligi

14,80

13,31

16,44

12.

Anal suzgich qanot asosining uzunligi

15,63

13,57

17,73

13.

Qorin suzgich qanot uzunligi

15,73

14,66

17,06

14.

Ko’krak suzgich qanotining uzunligi

19,76

18,90

20,40

15.

Dum suzgichining uzunligi

23,72

21,64

25,48

16.

Ko’krak va qorin suzgich orasidagi masofa

25,65

22,55

29,56

17.

Qorin va anal suzgich qanotlari orasidagi masofa

42,49

40,46

46,02

18.

Boshning balandligi - ensa sohasidan

19,21

18,20

20,13

19.

Boshning balandligi - ko’z sohasidan

13,73

12,78

14,42

20.

Boshnign eni

13,80

12,43

15,31

21.

Tumshuqning uzunligi

6,11

5,30

6,76

22.

Ko’z diametri

7,34

0,49

7,85

23.

Interorbital uzunlik

8,65

8,13

9,23

24.

Postorbital uzunlik

11,35

10,37

12,22

Boshining uzunligiga nisbatan %

1.

Boshning balandligi - ensa sohasidan

77,47

71,73

83,08

2.

Boshning balandligi - ko’z sohasidan

55,35

50,90

58,30

3.

Boshning eni

55,64

50,99

63,73

4.

Tumshuqning uzunligi

24,64

21,81

26,29

5.

Ko’z diametri

29,61

28,58

32,16

6.

Interorbital uzunlik

34,89

32,47

36,58

7.

Postorbital uzunlik

45,75

42,69

49,41

Interorbital uzunlik bosh uzunligining yarmidan kalta, postorbital uzunlik esa bosh uzunligining yarmiga yaqin ya’ni postorbital uzunlik interorbital masofadan uzun. Shahrixonsoyning ixtiofaunasi bo’yicha ma’lumotlar hamda u yerdan tutilgan chiziqli tezsuzar (Alburnus taeniatus) ning morfologiyasi, tana tuzilishidagi morfometrik o'lchamlar va ba'zi biologik xususiyatlari tahlil qilindi.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Mirabdullayev I.M., Kuzmetov A.R., Qurbonov A.R. O‘zbekiston baliqlari xilma-xilligi. Toshkent: “Classic” nashriyoti, 2020.

  2. Pravdin I.F. Rukovodstvo po izucheniyu rib. Moskva: Izd-vo «Pishevaya promishlennost», 1966.

  3. Yuldashov M.A., Salixov T.V., Kamilov B.G. O‘zbekiston baliqlari. Toshkent: “GOLD-PRINT NASHR” nashriyoti, 2018.

  4. Mirzakarim o‘g‘li, M. M., Sharopovich, N. M., Abdulfatto o‘g‘li, U. F., & Adxamovich, M. M. (2022). SHAHRIXONSOY IXTIOFAUNASI BO ‘YICHA DASTLABKI MA’LUMOTLAR. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(10), 202-206.

  5. Муқимов, М. К. А., Мирзахалилов, М. М. Ў., Назаров, М. Ш., & Шарипова, Б. С. (2022). Сравнительная оценка морфобиологических показателей амурского чебачка (pseudorasbora parva) как инвазивного вида. Science and innovation, 1(D2), 50-54.

  6. Мирзахалилов, М. М. Ў. (2022). ГИДРОХИМИЧЕСКИЙ СОСТОЯНИЕ ПРУДОВ РЫБОВОДНЫХ ХОЗЯЙСТВ И СЕЗОННЫЕ ИЗМЕНЕНИИ ИХ. International scientific journal of Biruni, 1(2), 108-113.

CARICA PAPAYA L. O‘SIMLIGINING DORIVORLIK
XUSUSIYATLARI
O‘ljaqo‘ziyeva Durdonaxon
bilolgiya yo'nalishi 4 bosqich talabasi
Farg'ona davlat universiteti
O’zining dorivorlik xususiyatlari bilan ajralib turuvchi o’simliklardan biri papaya (Carica papaya L.) 2004 yiligi FAO maʼlumotlariga koʻra dunyo boʻylab 389 990 ga maydonda ekib o’strilgan. Ushbu maydonlardan jami 6,8 million tonnadan ortiq papaya mevasi yetishtirilgan [1]. Uzoq yillardan beri Osiyoning ko’plab mamlakatlaridagi xalqlar papayaning yashil mevalari, barglari, yosh kurtaklari, gullarini oziq–ovqat va dorivor maqsadlarda ishlatib keladi hamda quritilgan urug'larini maydalangan holda ishtaxa ochuvchi ziravor sifatida foydalanadi [2]. Garchi yetishtirilgan o’simlikning 90 % dan ortigʻi rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda oziq-ovqat sifatida foydalanilsada, lekin uning tarkibida koʻplab shifobaxsh dorivor moddalar borligi uchun an’anaviy va zamonaviy tibbiyotda ham keng foydalaniladi.
Uning tarkibidagi papain fermenti papayaning pishmagan mevasi tarkibidagi sutsimon moddaning tarkibiy qismi bo’lib proteolitik ferment sifatida farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida keng miqyosda ishlatiladi [3]. Ushbu fermentdan oziq-ovqat biotexnologiyasida saqichlar, don va loviyani suvsizlantirishda, sovuqqa chidamli pivo ishlab chiqarishda, go'shtni yumshatishda, to'qimachilik sanoatida esa ipakni tozalash, junni yumshatish uchun ham foydalaniladi. Shuningdek, sovun, shampun, tish pastasi va terini parvarish qilish mahsulotlarining tarkibiy qismi sifatida hamda ovqat hazm qilish kasalliklari uchun dori preparatlarni tayyorlashda ishlatilib kelinmoqda. Ushbu ferment bitta zanjirli globulyar oqsil bo’lib to'rtta disulfid ko'prigi bo'lgan 212 aminokislotadan iborat. Bundan tashqari, u turli xil sharoitlarda faol va barqarordir [4].
Papayaning dorivorlik xususiyatlari. C.papaya ning turli qismlari, jumladan, barglari, poya po’stlog’i, ildizlari, pishmagan mevasi tarkibidagi shirasi, mevalari, gullari, urug'lari, asosan an'anaviy tibbiyotda qo'llaniladigan ko’plab dorivor retseplarning tarkibiga kiradi. Jumladan, Yamaykada ushbu dorivor o’simlikning pishgan mevalari surunkali teri yaralaridagi yiringni bartaraf etish uchun foydalaniladi [5]. Pishmagan yashil mevalari Pokiston, Hindiston va Shri-Lanka hamda Nigeriyadagi tabiblar tomonidan kontratseptiv maqsadlarda hamda bezgak, gipertoniya, qandli diabet, gepatit, ichak gelmintlari kabi turli xil kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi [6]. Hindistonda esa barglaridan astma, tana haroratini tushirishda va beri-beri (vitamin etishmasligi) kasalligini davolashda [7], Shri-Lanka, Pokiston va Malaziyada bezgak kasalligini, Vetnam va Avstraliyada esa saraton kasalliklarini davolashda ishlatilib kelinmoqda [8]. Pishmagan mevasi tarkibidagi sutsimon sharbati (lateks) teri kuyganda tashqi tomondan antiseptik va tozalash vositasi sifatida ishlatiladi. Laos, Kambodja va Vetnamliklar esa ekzema va psoriaz (qipiqli temiratki - yuqmaydigan surunkali teri kasalligi) ni davolash uchun foydalanadilar. Urug'laridan esa chanqoqni qondiruvchi va og'riqni yengillashtiruvchi dori sifatida hamda qishloq xo’jaligida zararkunandalarga qarshi vosita sifatida keng foydalanilgan [9].
Ushbu dorivor o’simlik tarkibidagi fitokimyoviy moddalar ikkita asosiy guruhga bo'linadi I-birlamchi metabolitlar umumiy shakarlar, aminokislotalar, oqsillar va xlorofildan, II-ikkilamchi metabolitlarga esa alkaloidlar, flavonoidlar va taninlardan iborat [10]. Ushbu organik kimyoviy moddalar o’simlikning ildiz, poya, barg, gul, meva va urug'larining turli to'qimalaridagi hujayralarda saqlanadi. Uning tarkibidagi alkaloidlar qimmatbaho dorilarni kashf qilish uchun eng muhim birikmalardan biri hisoblanib juda samarali fiziologik ta’sirga ega. C.papaya da topilgan potentsial bioaktiv birikmalardan yana biri taninlar bo’lib, undan zamonaviy tibbiyotda hamda biologik aktiv qo’shimchalarni tayyorlashda foydalaniladi [11].
Saponinlar o'simliklarning yetmishdan ortiq oilasida aniqlangan glikozid hisoblanadi. Ushbu modda papayaning vegetativ va generativ organlarida ham topilgan. Undan asosan zararkunandalarga qarshi insektitsidlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. So’ngi tadqiqotlarda ushbu modda papaya o'simligini turli kasalliklarga chidamliligini oshirishda muhim rol o'ynashi isbotlangan [12].
C.papaya urug'i ekstrakti Bacillus subtilis, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Salmonella typhi, Proteas vulgaris, Pseudomonas aeruginosa va Klebsiella pneumonia kabi ko'plab enteropatogenlarga qarshi bakteriostatik faollikni ko'rsatdi. Bundan tashqari, gram-manfiy bakteriyalar ushbu ekstraktga ko'proq sezgir ekanligi aniqlandi [13].
Antioksidant xususiyatlari. Bizga ma’lumki erkin radikallar, "reaktiv kislorod turlari" sifatida ham tanilgan. Elektronlarning juftlashmagan holda bo'lishi kuchliroq bo'lganligi sababli, erkin radikallar boshqa atomlardan elektronlarni tanib oladi va boshqa atomlarni ikkilamchi erkin radikallarga aylantiradi va shu bilan biologik shikastlanishga olib kelishi mumkin bo'lgan zanjir reaktsiyasini amalga oshiradi. Erkin radikallar hujayra lipidlari, oqsillar va nuklein kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi, bu mahalliy shikastlanishga va organlarning disfunktsiyasiga olib keladi [14]. Tirik tizimda lipid peroksidatsiyasi erkin radikallar va reaktiv kislorod turlari tomonidan qo'zg'atiladi, natijada hujayralarga zarar etkaziladi. Odam organizmi o’z to’qima va hujayralarini radikallarning zararli ta'siridan antioksidantlar deb ataladigan moddalardan foydalangan holda tozalaydi.
O'simliklar fotonlar va kislorod tufayli kelib chiqadigan oksidlovchi stressni bartaraf etish uchun antioksidantlar ishlab chiqarganligi sababli, ular antioksidant faollikka ega bo'lgan yangi birikmalarning potentsial manbai hisoblanadi. Antioksidant birikmalarni inson organizmini erkin radikallardan zararsizlantirish xususiyati tufayli hozirda organizmning himoya funksiyani ta’minlovchi eng muhim birikmalar sifatida o’rganilishiga sabab bo’lmoqda. Antioksidantlar inson tanasini ishemiya, astma, artrit, turli yallig'lanish, neyrodegeneratsiya, Parkinson kasalligi, qarish jarayoni va boshqa ko’plab patologik holatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan erkin radikallardan himoya qiluvchi tozalash vositalari hisoblanadi[15]. Karotinoidlar, flavonoidlar, foliy kislotasi, askorbin kislotasi va tokoferol kabi moddalar o'simliklar tomonidan ishlab chiqariladigan antioksidantlar qatoriga kiradi. Ushbu antioksidantlar barcha o'simliklarda mavjud bo'lgan polifenol birikmalaridir [16].
Farmakologik xususiyatlari. So’ngi yillarda papayaning turli qismlaridan an'anaviy va zamonaviy tibbiyotda foydalanish ko’lamini kengaytirish maqsadida juda ko’plab ilmiy tadqiqotlar o'tkazildi. Ushbu tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha C.papaya antigelmentik, anti-protozoa, antibakterial, antifungal, virusga qarshi, yallig'lanishga qarshi, gipertenziv, gipoglikemik, turli yaralarni davolash, o’roqsimon anemiya, neyroprotektiv kabi ko’plab kasalliklarni davolashda foydalanish mumkinligini ko’rsatdi. Rey va Husainlar o’z tajribalari orqali papayaning yetilmagan mevasi tarkibidagi sutsimon (lateks) shirani Candida albicans deb nomlanuvchi patogen qo’ziqorin faolligini 60 % gacha pasaytirishi mumkinligini isbotlab berdi[17]. Bundan tashqari xona haroratida quritilgan papaya urug'larining maydalangan kukunlari 71,4% dan 100% gacha inson ichak parazitlarini nojo'ya ta'sirlarsiz davolash uchun hamda yetilmagan mevalaridan olingan lateks (sutsimon shira) Heligmosomoides polygyrus deb nomlanuvchi nematodaga qarshi samarali ta’sir ko’rsatuvchi yangi sinf dori preparatlari ishlab chiqarish uchun tavsiya qilingan[18].
Otsuki va boshqalar tomonidan C.papaya lateksi (sutsimon shira) dan olingan papain kislota sekretsiyasini blokirovka qiladi va kalamushda gistaminlar orqali kelib chiqadigan yaralardan himoya qilishda samarali ekanligi asoslab berilgan. Papaya lateksi (sutsimon shira) ning asosiy komponenti papain pH 3,0-12,0 bo’lgan muhitda turli darajada shikastlangan to'qimalarni singdirishga qodir bo'lgan nonspesifik sistein proteinazani o'z ichiga oladi. Bundan tashqari ushbu modda o’lgan to’qima va hujayralarni so’rilishida, mikroblarga qarshi va antioksidant sifatida juda samarali ta’sirga ega ekanligi ko’plab tadqiqotlarda o’z isbotini topgan[16].
Ilmiy manbalardan ma’lumki, Xitoylik tabiblar tomonidan 3000 yildan ko'proq vaqt davomida saraton kasalligiga qarshi o'simlik terapiyasining muqobil davolash usuli joriy etilgan. Hindistonda saratonga qarshi davolash uchun Ayurveda o'simlik dori vositalaridan hozirgi kunga qadar foydalanib kelinadi. JSST hisob-kitoblariga ko'ra, dunyo aholisining qariyb 80 % birlamchi tibbiy yordam uchun an'anaviy tibbiyotga tayanadi. Hindiston Milliy Saraton Instituti (NCI) 20 dan ortiq mamlakatdan 35 000 dan ortiq dorivor o'simlik namunalarini to'pladi va saratonga qarshi faol ta’sir ko’rsatadigan taxminan 114 000 ekstraktni tekshirdi. Ushbu tekshirishlar natijasida bugungi kunda mavjud bo'lgan bir nechta muhim saratonga qarshi birikmalar sintezlanib olindi.
Bugungi kunga qadar papaya meva ekstraktining saraton kasalligiga ta'sirini baholash uchun in vivo va in vitro tadqiqotlari yakunlangan bo’lsada, ushbu dorivor o’simlikning yuqori antioksidant xususiyati va saratonga qarshi faol ta’sir etuvchi dorivor vosita ekanligi to'g'risida doimiy munozaralar mavjud, garchi shunday bo’lsada hozirgacha hech qanday aniq ilmiy dalillar taqdim etilmagan. Shu sababli, kelgusida olib boriladigan tadqiqotlar papaya tarkibidagi bioaktiv birikmalarni saratonga qarshi ta'siri va antioksidant xususiyatlarini baholashga qaratilishi lozim.
Garsiya-Solis va boshqalar tomonidan papayaning meva ekstrakti MCF-7 ko'krak saratoni hujayralariga ta'sirini o’rganib chiqdi. Tadqiqotlar natijasida mualliflar mevalardagi b-karotin, polifenollar va flavonoid kabi antioksidantlarni o’rgandilar va ular ushbu ekstrakt faqat ko'krak bezi saratoni hujayralarining o'sishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishini aniqladilar [19].
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, papaya (Carica papaya L.) butun dunyoda o'zining ajoyib va shifobaxsh xususiyatlari bilan tanilgan juda mashxur dorivor va oziq-ovqat o’simligi hisoblanadi. An'anaviy tibbiyotda papaya o'simligining barglari, urug'lari, pishgan, pishmagan mevalari va ularning sharbatlari keng qo'llaniladi. Dorivor papaya o’simligi tarkibidagi biologik faol moddalarni o’rganish bo’yicha juda katta ishlar amalga oshirilgan. Garchi shunday bo’lsada uning kimyoviy tarkibi va farmakodinamikasi, kinetikasi va to'g'ri standartlashtirish bo'yicha keng ko'lamli tekshiruvlar, shuningdek, turli kasalliklarga qarshi terapevtik qo'llanilishini o'rganish uchun tajriba sinov ishlarini o’tkazish zarur.
Bundan tashqari ushbu o’simlikning anorganik (makro, mikro va ultramikroelement) tarkibini o’rganish ham dolzarb masalalardan biri desak xato bo’lmaydi. Chunki ushbu o’simlik ayrim mikroelementlarni (masalan; Zn) vegetativ va generativ organlarida juda katta miqdorda to’playdi. Bu esa uning giperakumulyatorlik xususiyati borligini ko’rsatadi [20, 21, 22, 23,24].



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə