Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə95/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182
to\'plam tayyor

4-sho‘ba. Xorijiy tillar:
LINGVOKULTUROLOGIYA VA UNING KELIB CHIQISHIGA OID QARASHLAR.
Xalilova Zarnigor
Farg’ona Davlat Universiteti
Tabiiy yo’nalishlar bo’yicha chet tillari kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kun tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat haqida fikr yuritiladi Shuningdek, mazkur tadqiqot ishida tilshunos olimlarning fikrlari tahlil qilinadi va ularga umumiy xulosalar beriladi.
Kalit so‘zlar: Til, tilshunsolik, madaniyat, inson, fan, tushuncha.
Har bir millat o‘zida ma’lum bir milliy an’analarni aks ettiradi. Ya’ni har bir xalqning, millatning o‘z milliy an’analari, urf-odatlari mavjud. Bu ma’noda har bir inson ana shu milliylikni o‘zida aks ettiuvchi muayyan madaniyat, til , tarix, adabiyotga aloqador bo‘ladi. Ma’lumki, tili jtimoiy hodisa bo‘lish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaro-madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning o‘zaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy o‘ziga xos ko‘rinishi kabi qator va madaniyatshunoslik o‘rtasidagi alohida spetsifik yo‘nalishi va predmetiga ega bo‘lgan yangi soha – lingvomadaniyatshunoslikning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda. XX asr oxirlariga kelib, til va madaniyat muammosini o‘rganishni maqsad qilgan – tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiya jadal rivojlandi.
Lingvokulturologiya tilshunoslik ilmiga xos bo'lgan qator yangi sohalardan biri bo'lmish kommunikativ tilshunoslik va matn lingvistikasi, matnni o'rganishdagi antroposentrik yondashuv, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, psixolingvistika. Sotsiolingvistika, etnolingvistika sohalariga oid masalalarni tahlil qilish yo'nalishidagi tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog'liq. Til va madaniyat har qanday millatning millat ekanligini tasdiqlovchi asosiy vositadir. Bu ikki tushuncha ajralmas va muntazam bir-birini taqozo etadi. Til o`zining har jabhasida madaniyatni aks ettiradi, madaniyat ham shu o`rinda tilsiz mukammal namoyon bo`la olmaydi.
Hozirgi kunda tilshunoslik ilmida yangi-yangi sohalarning yuzaga kelishi, matn muammosining o‘rganilishi bilan bog‘liq ishlar jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda matn tahlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika, kognitologiya, psixolingvistika, linvomadaniyatshunoslik kabi qator yo‘nalishlar qo‘lga kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko‘rmoqdalar. “Lingvokulturologiya” atamasi dastlab frazeologik maktab asoschisi V.N.Teliyava, V.V.Vorobyov, V.A.Maslovava boshqalarning ishlarida ko‘rindi. Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi haqida gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning ildizi V.F.Gumboldtga borib taqalishini ta’kidlaydilar . Ushbu adabiyotlarda bu sohaning rivojlanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glins, X.Xols, D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbiskaya, D.Xaymz kabi tilshunoslarning fikrlari muhim rol o‘ynaganligi ta’kidlanadi. Bu kabi qarashlar lingvistika sohasida XX asr oxirlarida atoqli rus olimlari qatorida chet el olimlari tomonidan ham tan olindi. Bunday qarashlarga ko‘ra, til nafaqat madaniyat bilan bog‘liq, balki u o‘zida madaniyatning o‘sishini ham ifodalaydi. Til bir vaqtning o‘zida yaratish quroli, madaniyatning rivojlanishi va saqlanishini ta’minlovchi uning bir qismidir, shuning uchun til yordamida ma’naviy madaniyat hamda borliqdagi ishlab chiqarish , materiallari real yaratiladi. Lingvokulturologiya – “til va madaniyat”ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini o‘zida aks ettirgan hodisalar – til-madaniyatni birgalikda o‘rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi. U madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o‘rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo‘lib, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri va bog‘liqligi, bu bog‘liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bir tomondan lingvomadaniyatshunoslikning insoniyatning madaniy til faktoridagi o‘rni, boshqa tomondan esa, til faktoridagi insonning o‘rnini o‘rganadi. Til – madaniyat tashuvchisi bo‘lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Yosh avlod ona tili barobarida ajdodlarning boy madaniy tajribasini ham o‘zlashtiradi. Til – madaniyatning quroli, vositasidir. U xalq madaniyati vositasida inson shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi. Ayni paytda til madaniyatning yaratilish vositasi, rivojlanishi, saqlanishi (matnlar ko‘rinishida) va uning tarkibiy qismidir. Chunki til vositasida madaniyatning moddiy va ma’naviy asarlari yaratiladi. Ana shu g‘oya asosida ming yillar davomida shakllangan lingvokulturologiya fanning yangi, maxsus sohasi sifatida XX asrning 90-yillarida vujudga keldi. Lingvokulturologiya tilshunoslikdagi antroposentrik paradigmaning mahsuli bo‘lib, u so‘nggi o‘n yilliklar davomida rivojlanib kelmoqda. XXI asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi yetakchi yo‘nalishlardan biriga aylandi. Lingvokulturologiya tilda va diskursda o‘z aksini topgan va mustahkamlangan xalq madaniyatini o‘rganadi. U birinchi navbatda, muayyan madaniyatning mif, afsona, urf-odat, an’ana, udum, taomil, ramzlarini va hokozolani tadqiq etadi. Mazkur konseptlar madaniyatga taalluqli bo‘lib, ular tilda maishiy va taomil muomalasi shaklida mustahkamlanadi.
Lingvokulturologiya tilni madaniyat fenomeni sifatida o‘rganuvchi fan bo‘lib, o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil qiladi. Binobarin, V.N. Teliya bu haqda shunday yozadi: “Lingvokulturologiya insoniy, aniqrog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shunibildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir”.G.G.Slishkinga ko‘ra, “Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog‘i, insondagi madaniyat omiliga yo‘naltirilgan. Lingvokulturologiyaning markazi madaniyat fenomenidan iborat bo‘lishi inson haqidagi fanning antropologik paradigmaga tegishli hodisa ekanligidan dalolat beradi”. N. Alefirenko lingvokulturologiyani quyidagicha tavsiflaydi: - lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, u sintezlovchi xususiyatga ega; - lingvokulturologiyaning asosiy e’tibori tilda izohlanadigan madaniy dalillarga qaratiladi; - lingvokulturologiya tilshunoslik fanlariga kiradi, shuning uchun uning tadqiqot natijalaridan ona tili va chet tillari o‘qitish jarayonida amaliy foydalanish mumkin; - lingvokulturologiya tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: a) lisoniy shaxs; - til madaniy qadriyatlarning semiotik gavdalantirish tizimi hisoblanadi.
Xulosa qilib ta'kidlay olish mumkinki, lingvomadaniyatshunoslik har ikkala soha, yani madaniyat va til haqidagi fandir. Bu bilimlarning shubhasiz birligini anglatib, millatning mentaliteti, madaniy xususiyatlari va ularning tilda namoyon bo'lishini ifodalaydigan bu sohaning birlamchi maqsadi tilni o’rganish, madaniyatni saqlash hamda ularni birlikda mujassamlashtirishdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Слышкин Г.Г. От текста к символу. Лингвокультурные концепты прецедентных текстов в сознании дискурса. –М.: Издательский центр «Академия», 2000.
2. Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно-смысловое пространство языка. Учебное пособие. –М.: Флинта, Наука, 2010.
3. Усманова Ш. Маданиятлараро мулоқот 2013.
5. Zarnigor Muhammadjon Qizi Xalilova. "Semantic-framic structure of family concept" Science and Education, vol. 3, no. 11, 2022, pp. 1349-1352.
6. Xalilova Z. OILA KONSEPTINING SEMANTIK-FRAMIK STRUKTURASI //Talqin va tadqiqotlar. – 2023. – Т. 1. – №. 21.
7. Abdusattorovich A. V. et al. EXPRESSION OF THE CONCEPT OF FAMILY IN PROVERBS AND SAYINGS IN THE UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2022. – Т. 2. – №. 24. – С. 286-289.
8. Xalilova Zarnigor. (2023, May 1). KOGNITIV LINGVISTIKA VA LINGVOKULTUROLOGIYA TILSHUNOSLIKNING YANGI YO'NALISHI SIFATIDA. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, London, United Kingdom. https://doi.org/10.5281/zenodo.7942125

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə