Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə97/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   182
to\'plam tayyor

References:
1. Belchikov Ya.M., Birshtein M.M. “Business games”. - Riga: Avots, 1989 y.
2. Birshtein M.M. The main directions of development of business games// Business games in the world - SPb .: SPbIEI, 1992 y.
3. Gerasimov B.N. Game modeling of control processes. - Samara, 2006 y.
4. E. V. Zarukina, N. A. Loginova, M. M. Novik " Active methods of teaching: recommendations for development and application." 2010y.
Chet tillarini o‘qitishda til o‘rganuvchilarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish
N. Siddiqova, FarDU, Tabiiy yo‘nalishlar uchun
chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi
Xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish bugun har qachongidan ham ortgani chin. Buning bosh sababi - barcha chet davlatlar bilan muloqot qilishga yo‘l ochildi, yana bir omil esa axborot almashish ko‘lami va sur’ati tobora ortib bormoqda. Aslida, til o‘rganish hamisha muhim sanalgan. Avvalgi zamonlarda yaqin tevarakdagi xalqlarning tillarini o‘rganish keng yoyilgan bo‘lsa, hozir olismi-yaqinmi, bundan qat’i nazar, iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan millatlarning tilini o‘rganish urf bo‘ldi. Hozir chet tillarni o‘rganishga keng yo‘l ochildi.
Hozir esa til bilishning amaliy foydasini hamma ko‘rib turibdi. Albatta, foyda degani keng tushuncha. Shaxsiy foyda, jamoat va jamiyat foydasi kabi. Agar chet tilini o‘rganish faqat u yoki bu kishining shaxsan naf ko‘rishi uchun bo‘lsa, davlatning olamjahon mablag‘ sarflab, minglab talabalarni o‘qitishiga hojat bo‘lmasdi - kimga kerak bo‘lsa, marhamat, imkonini topsa, o‘rganib olaversin edi. Chet tillarni o‘qish va o‘qitish birinchi navbatda umumdavlat ahamiyatiga molik ish. Til o‘rganmoqchi bo‘lgan kishida bunga tug‘ma moyillik bo‘lishi lozim. Sozanda yo bastakorga musiqiy o‘quv qanchalik shart bo‘lsa, shu singari, chet tilini o‘rganishga bel bog‘lagan kishidan ham til o‘rganish qobiliyati talab qilinadi.
Chet tili o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘zaro fikr almashuviga, erkin muloqotga o‘rgatishdir. Hozirgi vaqtda chet tili darsining eng muhim bosqichi o‘rganilayotgan tilda gapira olish, o‘quvchilar o‘zaro muloqot o‘rnata olishi deb qaralmokda. Chet tilida muloqot o‘rnata olish talaffuzga, leksik va grammatik materialga, fikrni yozma bayon qilish, o‘zgalar nutqini tinglab tushunish, o‘qib tushunish kabi nutq faoliyati turlari bilan uzviy bog‘liqdir. Chet tilida tug‘ri talaffuz qila olmay , leksik va grammatik materialni tushunmay turib, fikrni yozma bayon qila olmay, tinglab tushuna olmay muloqotga kirishish mumkin emas. Har qanday metodni qo‘llashda birinchi navbatda o‘quvchining xotirasi, diqqati, qobiliyati o‘zlashtirish darajasi kabi sifatlarga e’tibor qaratish lozim. Muloqotni o‘rgatishda psixologik va metodik omillar juda muhimdir.
Xorijiy tilda fikrni og‘zaki bayon kilish ancha murakkab jarayondir. Bunda til materialini tanish, idrok kilish, fahmlash va uni nutq jarayonida qo‘llash kabi nutq dasturlarini birdaniga bajarishga to‘g‘ri keladi. Shu o‘rinda chet tilida muloqotni o‘rganish jumlalarni xotirada saqlab qolish, idok qilish, zarur vaziyatlarda fikr bildira olish, xato qilib quyishdan cho‘chimaslik kabi psixologik omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Barchamizga ma’lumki, chet tilida muloqotni o‘rgatish juft nutq va yakka nutq shaklida amalga oshiriladi. Masalaga psixologik va metodik nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, bu nutq turlariga o‘rgatishning psixologik va metodik xussusiyatlari turlicha ekanligini ko‘rish mumkin.
Juft nutq mavzu doirasida tashkil kilinsa, suxbatdoshlar o‘rtasida o‘zaro fikr almashiniladi, mavzuga oid salbiy va ijobiy fikrlar, tugallangan va tugallanmagan fikrlar bayon etiladi. Yakka nutq mavzu mantiqan yakunlangan, bir necha jumlalardan, nutq vaziyatlariga tayanilmagan nutk faoliyati bajariladi.chet tili muloqotini o‘rgatishda quyidagi metodik va psixologik talablarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir. Masalan: nutq materialining axborot shaklida bo‘lishi, o‘rganuvchilarning nutq faolligini rag‘batlantiruvchi usullardan unumli foydalanish, gapirishni o‘rgatishda har bir o‘quvchining individual xussusiyatlarini hisobga olish, nutq mavzusining dolzarbligi va qizikarli bo‘lishi, internet, bahs, munozara, muhokama til o‘rganuvchilarining muloqot layoqiyatini shakllantirishdir.
Chet tillarini o‘rganishda har bir o‘rganuvchining faol o‘quv faoliyatini ta’minlaydigan, erkin fikr bildira oladigan ijobiy psixologik muhit yaratish lozim. Bunda muloqot paytida chet tillarini o‘rganuvchilar o‘zlarini o‘zlari tanqid kilishlaridan, xato fikr bildirishdan chuchimay suzlashishga kirishish o‘rgatilishi muhim ahamiyatga ega. Chet tillarini o‘rganuvchilar guruhlararo muloqotga kirishsalar, o‘zaro dustona, beg‘araz yordam, o‘zaro hamkorlik ruy beradi. Odatda tinglovchi uchun chet elliklar tez gapiradiganga o‘xshab tuyiladi. Bunga sabab tinglovchi eshitayotgan nutkini takrorlashga ulgirmaydi. Natijada tinglayotgan kishi uchun nutq tushunarsiz va tez bo‘lib tuyiladi. Birok, nutk tezligi ko‘p jihatdan so‘zlovchining xusussiyati va kayfiyatiga bog‘lik. Shunday ekan, til o‘rgatishda o‘rganuchining ruhiy holati xam muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, chet tillarini o‘rganuvchilarning til tajribasini boyitish uchun ularning chet tili va ona tili buyicha tillararo bilimlarini boyitish, ularni bilish, til o‘rganishga qaratilgan malakalarini shakllantirish orqali erishish mumkin.
Amerikalik olimlar tadqiqot o‘tkazib, bir nechta tillarni biladigan kishilarga so‘zlarni tushunish bo‘yicha topshiriqlar berdi va ularning tomograflarini kuzatdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bunday odamlar faqat bitta tilda gapiradiganlarga nisbatan, o‘xshash so‘zlarni yaxshi aniqlay oladi. Ushbu qobiliyat turli chalg‘ituvchi omillarni bloklab, bitta vazifaga diqqatni qaratishga yordam beradi.
Xorijiy tilni o‘rganish mohiyati — boshqa odamlar bilan muloqotdan iborat. Suhbatlashish malakalarini takomillashtirish uchun esa, yaxshisi, shu tilda so‘zlashuvchi yoki bu tilni allaqachon o‘rganib bo‘lgan kishilar bilan shug‘ullangan ma’qul.
Foydalanilgan adabiyotlar:

        1. Badirovna, Siddikova Nargisa. "USING METHOD 635 IN FOREIGN LANGUAGECLASSROOMS FOR DEVELOPING WRITING AND SPEAKING SKILLS." Web of Scientist: International Scientific Research Journal

2. Birshtein M.M. The main directions of development of business games// Business
games in the world - SPb .: SPbIEI, 1992 y.
3. Gerasimov B.N. Game modeling of control processes. - Samara, 2006 y.
4. E. V. Zarukina, N. A. Loginova, M. M. Novik " Active methods of teaching:
recommendations for development and application." 2010y.
6 Kurbanov Sh.Ye, Seytxalilov Ye. A. Ta’lim sifatini boshqarish. – T.: Shark.
7.Zamonaviy axborot texnologiyalari.komphy.info.uz

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə