Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Baliqlarni laboratoriyada tekshirish



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə91/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   182
to\'plam tayyor

Baliqlarni laboratoriyada tekshirish. Tutilgan baliqlarni tortadilar va o‘lchaydilar. Quyidagi o‘lchashlar asosiy hisoblanadi (1-rasm):

  1. hayvonning umumiy uzunligi (L — harfi bilan belgilanadi) — tumshug‘ining uchidan eng uzun dum suzgichining oxirigacha tana o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan (agar dum suzgichi geterotserkal tipda bo‘lsa);

  1. tana uzunligi (ι) — tumshug‘ining uchidan dum suzgichi asosigacha bo‘lgan tangacha qoplamigacha yoki tangachasiz baliqlarda dum suzgich shu’lalarining asosigacha bo‘lgan uzunlik;

  2. tana balandligi (h) — gavdaning eng baland qismi;

  3. baliq og‘irligi (ph).



O‘lchashlar etiketkaga tush bilan yozib qo‘yiladi (etiketkani pergament qog‘ozdan tayyorlagan ma’qul).
Baliqni o‘lchab va ta’riflab bo‘lgandan so‘ng, uni yaxshilab va ehtiyotlik bilan tangachalarni zararlamay shiliqdan tozalaydilar. Konservalovchi suyuqlik tana bo‘shliqlariga kirishi uchun katta baliqlarning qorin bo‘shlig‘ini kichikroq qilib kesadilar. Shundan keyin etiketkani olib yozilgan tomonini ichiga qilib, nay shaklida o‘raladi va uni yaxshilab qalin qog‘ozga o‘rab, baliqning og‘ziga yoki jabra qopqoqlari ostiga kiritib qo‘yadilar.
O‘rab qo‘yilgan qog‘ozning uchlarini to‘g‘rilab, og‘iz bo‘shlig‘i devorlariga tiraladi, bu uning tushib ketishidan saqlaydi. Shuningdek, o‘ralgan etiketkani tanaga, qorin bo‘shlig‘ining kesilgan joyidan igna bilan ip o‘tkazib tikib qo‘yish ham mumkin. Har bir baliq (agar uzoqqa olib borish zarur bo‘lsa) dokaga o‘raladi va tabiiy shaklini buzmagan holda konservalovchi suyuqlikka (konservalash usuli yuqorida ko‘rsatilgan) solinadi. Ishqalanish natijasida baliqlarni buzilishidan saqlash uchun idishga paxta to‘shaladi. Idishdagi fiksatsiyalovchi suyuqlikning hajmi, hayvon hajmidan taxminan 2 marta ko‘p bo‘lishi kerak. Mayda baliqlarni og‘zi paxta bilan bekitib qo‘yilgan spirt yoki formalin to‘ldirilgan katta idishlarga solingan probirka yoki bankachalarda saqlash mumkin. O‘quvchilar kuzatish olib borish va har xil tajribalar qo‘yish uchun kichikroq baliqlarni akvariumlarda saqlashlari ham mumkin.
Baliqlarni konservalovchi suyuqlikka solishdan oldin yon chizig‘i yuqorisidan va yelka suzgichi oldidan pinset yoki pichoq bilan bir necha tangachasi qirib olinib, 4-5 marta suyultirilgan novshadil spirtiga solinadi. Bir necha soatdan so‘ng tangachalarni suyuqlikdan olinib, yumshoq shchyotka yoki latta bilan shilliq va iflosdan tozalab, ikkita predmet oynasi orasiga joylashtiriladi va lupa yoki mikroskop ostida bir oz kattalashtirilgan holda ko‘riladi.
2-rasm. Yilllik halqalari ifodalangan vobla balig‘ining tangachasi: a, v, g, d- qishki halqa; b, e- yozgi halqa
Tangachadagi qishki halqalar tushayotgan yorug‘likda ingichka va tiniq, yozgisi keng, xira holda ko‘rinadi. Halqalarni sanash bilan baliqlarning yoshi aniqlanadi. (2-rasm).

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə