Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə92/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182
to\'plam tayyor

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Mirabdullayev I.M., Kuzmetov A.R., Qurbonov A.R. O‘zbekiston baliqlari xilma-xilligi. Toshkent: “Classic” nashriyoti, 2020.

  2. Pravdin I.F. Rukovodstvo po izucheniyu rib. Moskva: Izd-vo «Pishevaya promishlennost», 1966.

  3. Mirzakarim o‘g‘li, M. M., Sharopovich, N. M., Abdulfatto o‘g‘li, U. F., & Adxamovich, M. M. (2022). Shahrixonsoy ixtiofaunasi bo ‘yicha dastlabki ma’lumotlar. O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, 1(10), 202-206.

  4. Муқимов, М. К. А., Мирзахалилов, М. М. Ў., Назаров, М. Ш., & Шарипова, Б. С. (2022). Сравнительная оценка морфобиологических показателей амурского чебачка (pseudorasbora parva) как инвазивного вида. Science and innovation, 1(D2), 50-54.

  5. Мирзахалилов, М. М. Ў. (2022). Гидрохимический состояние прудов рыбоводных хозяйств и сезонные изменении их. International scientific journal of Biruni, 1(2), 108-113.

SHAHRIXONSOY IXTIOFAUNASI VAKILI CHIZIQLI TEZSUZAR (ALBURNUS TAENIATUS) NING MORFOBIOLOGIK XUSUSIYATLARI.
Mirzaxalilov M.M., Muqimov M.A., Nazarov M.SH.
Farg‘ona davlat universiteti;
Annotatsiya. Maqolada Farg'ona vodiysidan oqib o’tuvchi Shahrixonsoy suv havzasining qisqacha tavsifi, uning ixtiofaunasini o’rganish bo’yicha ma’lumotlar hamda u yerda uchraydigan chiziqli tezsuzar (Alburnus taeniatus) ning morfometrik, meristik va ba’zi biologik xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan.
Kalit so'zlar. Morfologiya, morfometriya, biologiya, ixtiofauna, endemik tur.
Аннотация. В статье приведено краткий очерк Шахрихансая протекающий по Ферганской долине и изучено некоторые морфобиологические, морфометрические показатели полосатой быстрянки (Alburnus taeniatus) распространенный в этом водоеме.
Ключевые слова. Морфологический, морфометрический, биологический, ихтиофауна, эндемический вид.
Farg‘ona vodiysidan boshlanuvchi Sirdaryo Norin va Qoradaryoning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Qoradaryoning ko‘p irmoqlari Farg‘ona tizmasidan boshlanadi. Kampirravot qishlog‘i yaqinida Qoradaryo vodiysi keskin torayib, daradan oqib o‘tadi. Bu yerda hozirda Andijon suv ombori qurilgan. Shahrixonsoy Andijon (Kampirravot) suv omboridan boshlanadi va dastlabki qismi Qirg‘izistonning O‘sh hamda O‘zbekistonning Andijon viloyatlari chegarasidan oqib o‘tadi. Shahrixonsoy Buloqboshi tumaniga qarashli Kulla qishlog‘i oldida Aravonsoy bilan qo‘shiladi va yanada yiriklashadi. Aravonsoyning asosiy qismi esa Qirg‘izistonning O‘sh viloyati hududidan oqib o‘tib Andijon viloyati hududiga 5-6 km kirgach Shahrixonsoyga qo‘shiladi.
Farg‘ona vodiysi suv havzalari ixtiofaunasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotchilar asosan Sirdaryo, Qoradaryo va Norin kabi yirik daryo hamda suv omborlari bo‘yicha ish olib borishgan. Shahrixonsoy ixtiofaunasini o’rganish bo’yicha esa tadqiqot ishlari olib borilmagan. Shundan kelib chiqib ushbu suv havzasining ixtiofauna tarkibi va baliqlarining morfobiologik xususiyatlarini o‘rganish dolzarblik kasb etadi.
Tadqiqot uchun materiallar Shahrixonsoyning Marhamat va Asaka tumanlari chegarasi hududidan yig‘ildi. Baliqlarni o‘lchash ishlari umumixtiologik metodlar yordamida amalga oshirildi [2]. Baliqlar taksonomiyasini Mirabdullayev I.M., Kuzmetov A.R., Qurbonov A.R. larning “O‘zbekiston baliqlari xilma-xilligi” [1], M.A.Yuldashov, T.V.Salixov, B.G.Kamilovlarning “O‘zbekiston baliqlari” [3] aniqlagichlaridan foydalanib aniqladik.
Chiziqli tezsuzar (Alburnus taeniatus) (Kessler, 1874) Tedjen, Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Chu, Norin va Qoradaryo daryolarining tog‘ oldi qismlarida kun kechiradi. Hayotining ikkinchi yilida jinsiy jihatdan voyaga yetadi. Urchish davri mart-may oylarida bo‘lib, ikki porsiyalidir. Uvildirig‘ini qirg‘oqoldi o‘simliklari ustiga tashlaydi. Serpushtligi 500-9000 tagacha uvildiriq tashlashi bilan izohlanadi. Asosan bentos, zooplankton turlar va suv o‘tlari bilan ovqatlanadi [1]. Shahrixonsoydan tutilgan chiziqli tezsuzar (Alburnus taeniatus) ning tana uzunligi 47,9 - 66,7 (o’rtacha 58,7) mm, og‘irligi 2,0-9,0 (o’rtacha 5,2) grammga teng bo’ldi. Og’zi tog’riga qaragan. Tanasi chozinchoq, yon tomonlaridan qisilgan. Oyquloq qopqog’i yuqori chetidan to dum suzgich qanotining shu’lasigacha, yon chizig’i tepa qismidan tortilgan qoramtir chiziq bilan xarakterlanadi. Orqa suzgich qanotida II 7, anal suzgich qanotida III 9-10 ta shu'la bor. Yon chizig’i 40-42 ta tangachadan iborat. Orol dengizi havzasi endemigi. Ovlanish ahamiyatiga ega emas.
Boshi tana uzunligining 24,0 - 25,8 (o’rtacha 24,8) % iga teng. Predorsal uzunlik umumiy tana uzunligining 55,8 (52,7- 56,9) % ini, preanal uzunlik 64,5 (62,6 - 67,2) %. Tumshuq uzunligi bosh uzunligining yarmidan kalta, boshning eni bosh uzunligining yarmidan sal uzun (1-jadval).

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə