Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


YAPON SAFORASI (SOPHORA JAPONICA L.) URUG’LARINING UNUVCHANLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə88/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182
to\'plam tayyor

YAPON SAFORASI (SOPHORA JAPONICA L.) URUG’LARINING UNUVCHANLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
Tuychiyeva Xilola Zokirjon qizi
Farg’ona davlat universiteti o’qituvchisi
Rustamova Shoxsanam Xursanaliyevna
Farg’ona davlat universiteti Sirtqi bo’lim biologiya yo’nalishi 3-bosqich
20.55-guruh talabasi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada manzarali daraxt sifatida e’tirof etilgan yapon saforasining bioekologik xususiyatlar, ko’paytirish usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Yapon saforasi asosan urug’lari yordamida ko’paytiriladi. Urug’lari dorivor tarkibga ega bo’lib, ularning zararkunandalari ham mavjud. Urug’larning unuvchanligi asosan tashqi muhit iomillarga , tuproq unumdorligi va urug’larning sifatiga bog’liq. Maqolada aynan yapon saforasi urug’larining unuvchanligiga oid fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: ixota, ekologik sharoit, ekologik omil, ildiz bachkisi, urug’, bruchophagus sophorae, zararlilik darajasi, lichinka, zararkunanda.
Yapon saforasi dukkakdoshlar oilasiga mansub sharsimon shaklli, har qanday sharoitda o’sa oladigan chidamli manzarali daraxt hisoblanadi. Yapon saforasi balandligi 15-25 metrgacha boradiga yirik serhosil manzarali, ixota daraxti bo’lib, asosan ko’kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi.Yapon saforasining kelib chiqish maydoni Sharqiy Osiyoda – Markaziy Xitoy , Kareya bo’lib, bu daraxtni dunyoning iliq mintaqalarida keng tarqalgan. Yapon saforasi asosan quyoshdan himoyalangan sharoitda yaxshi o’sadi. Yapon saforasi soyaga chidamli soya hosil qiluvchi keng shox-shabbali daraxt bo’lib, uning barglari, gullari , urug’lari chiroyli manzara kasb etadi. Qumloq shag’alli tuproqda qurg’oqchilikka chidamli, sovuqqa chidamli daraxt hisoblanadi. Kuzatishlarga ko’ra odatda sovuq qishda yosh nihollar va yirik daraxtlarning yosh novdalari sovuq urib ketadi. Yapon saforasi ifloslangan muhitda ham o’sa oladi. Xlorofill floresansini o'lchash natijalariga ko'ra, Sophora japonica L. o'zgargan ekologik sharoitlarga juda yaxshi toqat qiladi. Yapon saforasi O’zbekiston sharoitida iyun oyidan gullashni boshlaydi, kech kuzda mevalar hosil bo’ladi. Eng qiziqarli jihati shundaki, bir vaqtning o’zida yapon saforasida gullagan, g’unchalagan, meva hosil qilgan shoxlarni ko’rish mumkin. Yana o’tgan yilgi hosil ham daraxt shoxlarida saqlanadi.
Farg’ona vodiysi sharoitida kuzatilgan yapon saforasi daraxtlarida noyabr oyining oxiriga qadar gullash va meva hosil qilish prossesini ko’rish mumkin. 2022-yil noyabr oyi oxirida Quvasoy shahri hududida saforaning gullash jarayoni davom etganini kuzatish mumkin. Odatda yapon saforasi urug’lari yordamida ko’paytiriladi. Yapon saforasi ildiz bachkisidan ham ko’payadi. Yapon saforasi urug’lari qishda daraxt shoxlarida saqlanib qoladi. 4 yillik tajribalarga asosan yapon saforasi urug’idan yaxshi ko’payadi. Urug’larning unuvchanligi har yili har hil bo’ladi. 2022-yil 200 dona urug’ ekilganda 40 dona urug’ unib chiqdi. 2023-yil 200 dona urug’ ekilganda 1 dona urug’ unib chiqdi. Bu esa o’z navbatida urug’ning unuvchanligiga ta’sir e’tuvchi omillarga qiziqish uyg’otadi. Shunga muvofiq yapon saforasi urug’lariga zarar yetkazuvchi zararkunandalar haqida qiziqish uyg’onadi.
1988 yilda zararkunanda bruchophagus sophorae Slovakiyaning janubi-g'arbiy o'nta joyidagi yapon saforasi daraxtlarida kuzatilgan va bu hasharot yapon saforasi urug’lariga jiddiy zarar yetkazgani aniqlangan.Zararkunanda lichinkalar Sophora japonica urug'ini yeb, jiddiy zarar yetkazadi.(1-rasm)



1-rasm.Bruchophagus sophorae

2-rasm. Bruchophagus sophorae zarar yetkazgan yapon saforasi urug’larining ko’rinishi
Zararkunandalarning lichinkalari oq, boshi noaniq rivojlangan, ammo yuqori jag'i kuchli xitinlangan. Lichinkalar tanasining oxirgi segmentida xitinlangan yorliqlar mavjud. Ular urug'lar ichida yashaydilar va oziqlantirishdan keyin ular urug'larda qoladilar. (2-rasm)
Xulosa qilib aytganda yapon saforasini urug’larini zararkunandalardan himoya qilish usullarini ishlab chiqish urug’larning zararlanishini oldini oladi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə