18
vahimaga tushishini o’ylab ko’ring. Tirik daraxt qarshisida bolta ko’targan kishi paydo
bo’lsa – daraxt his etgan qo’rquvni tasavvur qiling.
Men sizda shafqat hissini uyg’otmoqchi emasman. Albatta – hayotimiz ko’p
jihatdan boshqa jonzotlarning nobud etib, ular bergan ne’matlarni iste’mol qilishimizga
bog’liq. Ammo o’z mag’rurligiga ergashgan odamzod, nimagadir, uni o’rab turgan
dunyo va undagi barcha mavjudotlar faqatgina uning uchun yaratib qo’yilgan deb
o’ylaydi. Ko’pchiligimiz o’simlik va hayvonlarning birgina vazifasi odamning hayotini
ta’minlash degan xato tushuncha bilan yashaymiz.
Yaratgan hech bir joyda adolatsiz ish tutmaydi. Odamni ong bilan mukofotlagan
bo’lsa, boshqa mavjudotlarni o’zga qobiliyatlar bilan siylagan. Bizda burgutchalik
ko’rish, ko’rshapalakchalik eshitish, bo’richalik hid bilish qobiliyati yo’q. Biz ba’zi
jonzotlar kabi infraqizil yoki ultrabinafsha nurlarini ko’ra olmaymiz, ultratovushlarni
eshitmaymiz.
Ammo bizga olamshumul qurol berilgan – ong. Uning yordamida biz ko’p narsa
qilishimiz mumkin. Uning yordamida biz yaratish qudratiga egamiz. Faqat bu qurol
bizga emas, biz bu qurolga tobe bo’lib qolamiz gohi. Milliardlab odamlar o’z onglariga
qul bo’lib yashaydilar.
Siz – olamshumul zarrachasiz. Sizga dunyoni o’zgartirish qudrati berilgan.
Siz – bu sizning qalbingiz, ruhingiz.
Sizning aqlingiz – sizga vaqtinchalik berilgan rol, xolos. Siz – dunyo degan teatr
sahnasiga rol o’ynashga chiqqan aktyorsiz.
Siz hozir o’ynayotgan rol – bu sizning asl shaxsiyatingiz emas. Asl shaxsiyatingiz
– bu dunyoda vaqtincha qo’nim topgan qalbingizdir.
Bu dunyoda hamma mehmon, axir.
19
SESHANBA
Muhimlik
Hayotiy quvvat
O’zimizni tadqiq qilishni davom ettirishdan avval, keling, hayotiy quvvat
tushunchasi bilan tanishib olaylik. Bu tur energiya haqida odamlar yaqin-yaqingacha
ilmiy tushunchaga ega bo’lishmagan. Umuman – bu soha hali yaxshi o’rganilmagan.
Ammo biz uchun hozirgacha to’plangan bilimlar yetarli.
Har bir organizmda ikki xil quvvat mavjud – jismoniy (fizik) va hayotiy. Jismoniy
energiya, anglab turganingizdek, muskullar quvvati, tana harorati va biologik faollik
uchun zarur boshqa quvvat turlari.
Hayotiy energiya – bu sizning ruhiy holatingizni belgilab beruvchi kuchdir. Agar
sizda g’ayrat-shijoat to’lib turgan bo’lsa, hayotiy quvvatingiz juda yuqori demak. Agar
siz hech bir ishtiyoqsiz, hamma narsaga befarq yashayotgan bo’lsangiz – unda hayotiy
quvvatingiz o’ta tushib ketgan.
Hayotiy quvvat jo’sh urib turgan tana o’zini juda tetik va yengil his etadi. Kuchli
sevinch hissi hayotiy quvvat oqimini kuchaytirib beradi. Misol uchun, siz uzoq payt
ko’rmagan qadrdoningiz shaharga kelayotganini eshitib qoldingiz. Uni kutib olgani
borayotganda quvonchdan bosgan qadamingiz vaznini ham his etmaysiz.
Yoki katta xushxabar bemor odamni davolab qo’yishi mumkin. Va aksincha,
kuchli ruhiy zo’riqish hayotiy quvvatingizni shu darajada tushirib yuboradiki, bu
sog’lig’ingizga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Noxush xabardan odamning hushini
yo’qotishi bunga isbot.
Barchamiz tug’ilganimizda ma’lum miqdorda hayotiy energiya bilan dunyoga
kelamiz. Hayot davomida uni turli narsalarga sarf qilamiz va shu zahira tugashi bilan
hayotdan ko’z yumamiz.
Tashvishlar, diqqatpazlik, kuchli ruhiy zo’riqish, turli salbiy tuyg’ular – bularning
bari hayotiy quvvat kushandalaridir. Nisbatan uzoq umr ko’rganlardan so’rab bilsangiz,
ularning hayoti bir maromda, keskin burilishlar va katta muammolarsiz o’tgan bo’ladi.
Hayotiy energiya zahirasini to’ldirish juda qiyin. Buning hozirda bizga ma’lum
yagona usuli – bu zavqlanish. Tabiat go’zalligi, diltortar musiqa yoki sevimli
mashg’ulot kishiga zavq berish bilan uning hayotiy quvvat darajasini ko’taradi.
Tabiatga va san’atga shunchalik qattiq bog’langa nligimiz sababi ana shunda.
Kimdir Tangri yaratgan tabiat yoki inson yaratgan san’at na’munalaridan bahra
olsa, yana kimdir o’zi yaratuvchilik qilib maroqlanadi. Boshqa odamlarga yordam berib
zavqlanuvchi insonlar ham bor. Va aksincha
– boshqalarning tinchini buzib
zavqlanadiganlar ham bor. Bular quvvatxo’r odamlardir – ular sizning nozik
yeringizdan tutib, hayotiy quvvatingizni o’g’irlashtiradi. To’g’rirog’i, o’zingiz ularning
nayrangiga uchasiz va hayotiy quvvatingizni ularga berib qo’yasiz.
Hayotiy quvvatingizni ehtiyot qiling. Qitmir odamga duch kelsangiz – unga
nisbatan mutlaqo befarq bo’ling. U sizni u yoqdan bu yoqdan ilmoqchi bo’lib tirishadi –
ammo agar siz oxirigacha befarq qola bilsangiz, u sizni o’z holingizga qo’yadi.
20
Qaytanga, u sizning g’ashingizga tegish uchun quvvat sarflaydi-yu, hech vaqoga erisha
olmaydi.
Hayotni, tabiatni, san’atni sevish qobiliyati hayotiy quvvatingizni yuqori tutib
turish uchun juda foydali. Shunday ekan, dunyoning har qirrasidan bahra olib,
ko’nglingizni keng qilib yashang. Keng ko’ngilga o’ziga yarasha katta baxt beriladi.
Qalbi tor odam esa, yo’lidan qancha katta baxt chiqmasin – tor ko’ngliga siqqanini
ololadi, xolos.
Men Janobi Oliylari
“Shaxsiy muhimlik tuyg’usi insonning eng zolim va
makkor dushmanidir”
(Don Xuan, Karlos Kastanedaning ustozi)
Odamning tabiati erkinlikka intiluvchan qilib yaratilgan. Ammo eng qiziq holat
shundaki, bizni tobe etishi mumkin bo’lgan kuchlar ro’yxatida biz mutlaqo kutmagan
narsa birinchi o’rinda turadi. Bizni mudom bir narsaga majburlab, fikr-u-qudratimizni
o’ziga bo’ysundira oladigan bir tuyg’u borki, kamdan-kam kimsa unga qarshilik qila
oladi.
Bu tuy’gu siz nimani gapirishingiz, nima iste’mol qilishingiz, qayerga borishingiz,
kimlar bilan yaxshi, yana kimlar bilan yomon munosabatda bo’lishingiz – xullas, siz
qanday hayot kechirishingiz kerakligini uqtirib turadi. Siz uning so’zini ikki qilolmaysiz
– siz hatto uning amri bilan ish ko’rayotganingizni anglamasligingiz mumkin.
Ba’zida u o’z zulmida shu darajaga borib yetadiki, siz ortiq toqat qilolmaysiz –
erksevar tabiatingiz ustun kelib, unga qarshi qo’zg’olon ko’tarasiz. Ammo vaqt o’tib,
g’alayon bosiladi, tashvishlar unut bo’ladi va siz tag’in o’z tuyg’uyingizga tobe bo’lib
qolasiz.
O’zingiz haqingizdagi yana bir sirdan boxabar bo’lishga tayyormisiz? Esingizda
bo’lsin: shaxsiy muhimlik tuyg’usi – sizning birinchi raqamli dushmaningiz.
Shaxsiy muhimlik tuyg’usini ikki og’iz gap bilan ta’riflash yoki tushuntirish
qiyin. Aytaylik, sizni kimdir qattiq haqorat qildi. Yoki sizdan bir narsani qattiq talab
etishdi. Yoki siz o’zingizdan o’zingiz biror ish uchun xafa bo’lib ketdingiz. Bunday
holatlarda nimani his qilasiz? G’azab, gina, araz yoki norozilik tuyg’usi uyg’onishi
mumkin. Siz zarda qilishingiz, qasdlashishingiz, o’zingizni himoya qilishingiz yoki
birovga hujum qilishgacha borishingiz ham mumkin.
Ana shu xatti-harakatlar va ichki kechinmalar ortida shaxsiy muhimlik tuyg’usi
turadi. Sizdagi har qanday ichki kechinmalar, o’y-fikrlar, siz aytayotgan gaplar –
bularning bari sizning shaxsiyatingiz atrofida aylanaveradi. Bir kun davomida “men”
olmoshini gap-so’zlaringiz va fikrlaringizda necha marta uchrashiga e’tibor berib
ko’ring – va’da beraman, o’zingiz ham hayron qolasiz.
Aytaylik, birov sizni xafa qildi. Xayolingizdan taxminan quyidagicha savol o’tadi:
“U meni nega xafa qildi?” Bunda siz ma’no urg’usini har xil so’zga qo’yishingiz
mumkin.
“U meni nega xafa qildi?”
Dostları ilə paylaş: |