12
ularga hurmat ko’rsatishsin. Lekin aynan shu e’tibor talablik ortidan biz ko’pincha
e’tibordan chetda qolamiz.
O’ylab ko’rsa, odamdagi har qanday salbiy jihat – bu aqlning mevasi. Nafrat,
jirkanish, g’urur, kibr, hasad, rashk, gina kabi tuyg’ular; xudbinlik, xasislik,
tortinchoqlik, shoshqaloqlik, o’zbilarmonlik kabi fe’l-atvor jihatlari aql faoliyati
natijasi. Hayvonlarga bu narsalar begona – sher kiyikni yemoqchi bo’lib quvganda unga
nisbatan na g’azab va na nafrat his etadi. Ammo biz bu holatni ko’rsak, sherga nisbatan
g’azab, kiyikka nisbatan achinish tuyg’usini his etamiz. Nima ham qilardik – ongimiz
shunaqa tuzilgan. U har doim hamma narsaga o’z bahosini berishga ko’nikib qolgan.
Hech qachon hayotda xato qilishdan qo’rqmang – xato qilmaslik uchun hech narsa
qilmaslik kerak. Hech bir odam xato ishlardan sug’urta qilinmagan – beayb Parvardigor.
Biroq xatoning oldini olishning birgina muhim tamoyili bor: har qanday qaror qabul
qilinishida qalbingiz ishtirok etsin. Agar biror ishga ahd qilsangiz-u, ko’nglingiz bu
qaroringizdan notinch bo’lsa – bu ishdan voz kechganingiz ma’qul.
Hammasi shunchalar oson – ham qiyin. Qiyinligi shundaki, odamlar o’z qalbiga
quloq solish qobiliyatini yo’qotib bormoqdalar va yuqoridagi tavsiyalar amaliy foyda
bermasligi mumkin.
Bilasizmi, aql va qalb – ko’pincha har xil narsani istaganlari bilan – bir maqsadni,
ya’ni sizning farovonligingizni ko’zlaydilar. Faqat aql bunda ustunlikka intilaveradi.
Aslida esa qaror qabul qilishga qalb ixtisoslashgan – aql esa bu qarorni amalga oshirish
yo’llarini izlash bilan shug’ullangani ma’qul. Agar vazifalar shunday taqsimlanishiga
erisha olinsa, hayotda inson afsuslanadigan narsalar deyarli qolmaydi.
Aql bilan qalbni do’stlashtiring – ular ittifoqqa kirishsa, siz bu dunyoda qila
olmaydigan ish bo’lmaydi.
Ko’pchiligimiz birovning aqllilik darajasini uning bilimdonligi bilan o’lchaymiz.
Ammo aql – bu bilim, bilim esa – bu aql emas. Aqlli odam bilimsiz bo’lishi, bilimli
odam aqlsiz bo’lishi mumkin (bunga hayron bo’lmang). Qadimgilar bizdan oz narsa
bilishgan, lekin shu oz bilimdan ham unumli foydalanib yashashgan. Biz, axborot asri
odamlari, ulardan ancha ko’proq narsani bilamiz – ammo shundayam aqliy faoliyatda
ajdodlarimizchalik bo’lolganimiz yo’q.
Bilimga aqlsiz ham ega bo’lish mumkin. Sherdan qochayotgan kiyik yirtqich unga
yetib olsa, uning hayoti barham topishini biladi – garchi buni anglamasa ham. Bu
bilimni unga qalbi yetkazadi. Bu bilimni unga tabiat ato etgan.
Aslida qalb dunyo bilimlari maydoniga to’g’ridan-to’g’ri ulana oladi. Ko’ngilning
bu qobiliyatidan boshqa jonzotlar ustalik bilan foydalanadilar. Inson esa aqliga tayanib
atrof dunyoni o’rganishga shu darajada ko’nikib ketganki, buni qalbi orqali amalga
oshirish qobiliyatini sustlashtirib qo’ygan.
Intuitsiya (qalb bilimi) shu darajada to’g’ri ishlaydiki, ko’pchiligimiz bunga
shaxsan amin bo’lganmiz va buni rad eta olmaymiz. Biror ishga ko’nglingiz bo’lmasa,
biror joyga oyog’ingiz tortmasa yoki ichingizda nimadir sizga biror ishni buyurib qolsa
– siz bilan qalbingiz so’zlashyapti demak. Ona farzandi uzoq safardan qaytayotganini
sezib turadi. Ba’zi odamlar esa o’z hayotlari poyoniga yetayotganini avvaldan bilib,
bunga tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar.
13
Qalb bilishi mumkin bo’lgan narsalar na vaqtda va na fazoda cheklangan bo’ladi.
Aqlga esa ma’lumot olish uchun vosita kerak (ko’z, quloq va boshqa sezgi organlari
kabi). Ko’ngil bilmagan narsani aql bilishi mumkin emas – ammo aql bilmaganini qalb
biladi. Intuitiv bilimlar shuning uchun har doim to’g’ri bo’ladi.
Bu dunyoda boshqalardan ko’proq yoki ozroq biladigan odam yo’q – har
birimizda cheksiz bilim manbai – qalbimiz bor. Dunyo degan muallimdan saboq olib,
qalb degan darslikdan ko’proq mutolaa qilib tursak – baxt uchun ana shu yetarli.
Gaplarim xuddi telbalikni targ’ib qilayotgandek tuyulishi mumkin. Ammo mening
maqsadim sizda aqldan voz kechish istagini uyg’otish emas. To’g’ri, telba odam baxtli
yashaydi, chunki u g’am-tashvishni bilmaydi, anglamaydi. Ammo, unutmangki, u baxtli
hayot kechirayotganini ham anglay olmaydi.
Hayvon
va
o’simliklarning
buyukligi
shundaki,
ular o’z buyukliklarini
bilmaydilar
va
undan
mag’rurlanmaydilar.
Bizning
baxtimiz
shundaki,
biz
hayotimizning baxtli onlarini idrokan his eta olamiz, bunga shukrona keltira bilamiz.
Balki, bizning yagona buyukligimiz ham ana shundadir…
Bo’ldi. Endi kitobni yoping-da, kamida bir soat dam oling. Bu vaqtda bugunga
rejalashtirgan boshqa ishlaringizni qilib olishingiz mumkin. Faqat u qog’ozga tikilib
qilinadigan ish bo’lmasin. Ko’zingizga dam bering – sayrga chiqsangiz ham mayli. Bu
muddat sizdagi ishtiyoq darajasi biroz ko’tarilib olishi uchun zarur.
Bir soatdan so’ng ko’rishamiz.
Qamaldagi shaxsiyat
Keling, sizga bir ertak aytib beray.
Qadim-qadim zamonlarda bir shahar bo’lgan ekan. Uning bir zolim podshohi
bo’lib, u faqat o’z bilganicha ish tutar, na vazirlarining maslahatlariga va na shahar
aholisining arzlariga quloq solar ekan.
Uzoq o’lkalardan keluvchi savdogarlar shaharliklarga boshqa mamlakatlarda
odamlar qanday erkin yashashlari, madaniy rivojlanishda katta yutuqlarga erishgani, o’z
tabiatlarini ma’naviy yuksak qilib tarbiyalashgani haqida aytib berar ekan. Shaharliklar
bu gaplarni havas va nadomat bilan eshitar, borgan sari o’z shohlaridan norozi bo’lib
qolishar ekan.
Aholi orasida bunday norozilikni bartaraf etish va bo’lg’usi g’alayonlarning oldini
olish uchun makkor shoh o’z shahri darvozalarini batamom berkitib, shaharni tashqi
dunyodan uzib qo’yishga qaror qilibdi.
Bu qarori shaharliklarning kuchli noroziligiga sabab bo’lishini bilgan shoh
vaziyatdan chiqib ketishning juda ayyor yo’lini topibdi. U o’z askarlarining bir qismini
tunda yashirincha shahar tashqarisiga olib chiqib, ularni o’zga mamlakat askarlaridek
kiyintiribdi. Ularga tong otishi bilan shaharga hujum qilib, uni qamalga olishni
buyuribdi.
Ertasiga soxta lashkar shaharga hujum qilibdi. Shoh himoyalanish vaji bilan
shahar darvozalarini mustahkam berkitishni buyurib, har bir darvozaga qattiqqo’l soqchi
qo’yibdi. Kimki shahardan chiqishga harakat qilsa, u dushmanga sotilgan xoin sifatida
qatl etilishi e’lon qilinibdi.